kompyuter tarmoqlari va tizimlarining himoyalanganlik darajasini aniqlash vositalari. Reja
SSS (System Security Scanner) dasturi haqida
Download 153.15 Kb.
|
8-maruza
SSS (System Security Scanner) dasturi haqidaUshbu dastur Unix operatsion tizimi urnatilgan kompyuterlarda xavfsizlik xolatini tekshirish va operatsion tizimning tashki hamda ichki zaif qismlarini aniqlashga yunaltirilgan. Bundan tashqari u kirish xukuklarini, fayllarga egalik qilish xukuklarini, tarmoq zaxiralarini konfiguratsiyalashni, autentafikatsiyalash dasturlarini va boshqalarni tekshirishi mumkin. Dasturning quyidagi imkoniyatlari mavjud: konfiguratsiyani tekshirish, ya‘ni ruxsatsiz kirishlarning oldini olish maqsadida konfiguratsiyani tekshirish. Bunga quyidagilar kiradi: konfiguratsiya fayllari, operatsion tizim versiyasi, kirish huquqlari, foydalanuvchilarning zaxiralari, parollar; tizimdagi xavfli oʻzgarishlarni tekshirish. Ruxsatsiz kirishlar oqibatida tizimda sodir boʻlgan oʻzgarishlarni kidirishda qoʻllaniladi. Bunday oʻzgarishlarga quyidagilar kiradi: fayllar egallagan xotira xajmining oʻzgarishi, ma‘lumotlarga kirish huquqi yoki fayldagi ma‘lumotlarning oʻzgarishi, foydalanuvchilarning zaxiralarga kirish parametrlarining oʻzgarishi, fayllarni ruxsatsiz boshqa bir tashqi kompyuterlarga uzatishlar; foydalanuvchi interfeysining qulayligi. By interfeys yordamida nafaqat dastur bilan qulay ishlash ta‘minlanadi, balki bajarilgan ishlar boʻyicha hisobotlar ham yaratiladi; masofadan skanerlash. Tarmoqdagi kampyuterlarni tekshirish va aloqa jarayonida ma‘lumotlarni shifrlash imkoniyati ta‘minlanadi; hisobotlar tuzish. Bajarilgan ishlar boʻyicha toʻliq, hisobotlar yaratiladi. Ushbu hisobotlarda tizimning aniqlangan zaif boʻg‗inlarining izohi keltiriladi va ularni tuzatish boʻyicha koʻrsatmalar beriladi. Hisobot HTML yoki oddiy matn koʻrinishida boʻlishi mumkin. Tarmoq xizmatlarining himoyalanganligini taxlil qilish boʻyicha birinchi boʻlib ishlab chiqarilgan dasturlardan biri bu SATAN dasturidir. Bu dastur 20 ga yaqin tarmoq xizmatlaridagi zaifliklarni aniqlay oladi. Download 153.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling