Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari
Download 122.17 Kb. Pdf ko'rish
|
Internet-tarmogidan-foydalanish
8 bog’lanish uzoq masofalarda ham aloqani ta’minlaydi (provaydergacha bo’lgan masofa 50 km gacha bo’lishi mumkin). Ma’lumotlarni uzatish tezligi 11 Mbit/sekundga yetadi. Sarkor — Telekom provayderi shu usuldan foydalanadi. SLIP va RRR orqali bog’lanish oddiy telefon tarmoqlarida standart modem yordamida ishlovchi Internet dastur ta’minotidir. Bunda siz oddiy telefon tarmog’idagidek ishlaysiz. Ish seansini tugatgandan so’ng telefon tarmog’ini bo’shatasiz va unda boshqa foydalanuvchi ishlashi mumkin bo’ladi. Bunday bog’lanishning yutugi shundaki, ular internetga tog’ridan-tog’ri kirishga imkon beradi. SLIP — bu oddiy telefon tarmog’i va modemdan foydalanadigan Internet bayonnomadir. RRR — bu SLIP ga uxshash va undan keyinrok yaratilgan bayonnoma. Uning imkoniyatlari SLIP ga nisbatan ko’proq. «Chaqiruv» asosida bog’lanish internetga kirishga imkon beradi. Bunda foydalanuvchi mantiqiy nom va parol yordamida internetga tog’ridan-tog’ri kirib ishlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Bunday tarmoqdan bir nechta foydalanuvchi foydalanadi va shuning uchun tarmoqning tezligi sustroq bo’ladi. Internet bilan bog’lanish davomida uning imkoniyatlaridan mumkin kalar tularok foydalanish lozim. Chaqiruv bo’yicha bog’lanishni o’rnatish juda oddiydir. Bu usulning narxi kamroq bo’lganligi tufayli undan foydalanuvchilar ko’p. Bu usulda honadonlardagi kompyuterlarni ham internetga ulash va foydalanish qulay. «Chaqiruv» asosida bog’lanishning sifatli usuli ISDN dir. ISDN (Integrated Service Digital Network) — bu raqamli telefon tarmog’idir. U odatdagi telefon tarmog’idan ma’lumotlarni uzatish tezligi bilan fark qiladi. Bu tezlik telefon tarmog’iga qaraganda 4,5 barobar oshadi va 120 |
ma'muriyatiga murojaat qiling