Kompyuter tarmoqlari vazifalari Kompyuter tarmogʻi nima?
Download 478.06 Kb.
|
Kompyuter tarmoqlari vazifalari
OSI ning etalon modeli
«Open Systems Interconnection Basic Reference Model — Ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘lanish etalon modeli deb nomlangan model dastlabki ko’rininshida hujjat bo’lib ro‘yxatdan o‘tkazilan. 1978-yilda u OSI /ISO tarmoq protokollari stekining tarmoq modeli hisoblandi. Modelning maqsadi har bir pog‘onada hozirda mavjud yoki mavjud bo‘lmagan har xil texnologiyalar ishlashiga qaratilgan. 1978-yil (28.02.-2.03) OSI qo‘mitasining birinchi yig‘ilishi, ya’ni modelni «xomaki varianti» qabul qilinadi. 1983-yilda CCITT (hozirda Xalqaro Telekommunikatsiya Ittifoqi yoki ITU-T telekommunikatsiya standartlashtirish sektori deb nomlanadi) va ISO hujjatlari birlashtirilib, Ochiq tizimlarning o'zaro aloqasi uchun asosiy etalon modeli yaratildi, odatda Open System Interconnection Reference Model, OSI Reference Model yoki shunchaki OSI modeli deb nomlanadi. 1984 yilda u ISO tomonidan ISO 7498 standarti bilan, hamda ITU-T tomonidan X.200 standarti sifatida nashr etilgan. OSI ikkita asosiy tarkibiy qismga ega, bu tarmoqning abstrakt modeli bo'lib, u "Asosiy etalon modeli" yoki "yetti pog’onali model" deb nomlangan va o'ziga xos protokollar to'plami. OSI mos yozuvlar modeli tarmoq kontseptsiyalarini o'qitishda katta yutuq bo'ldi. U tarmoq qurilmalari va dasturiy ta'minot o'rtasidagi o'zaro muvofiqlikni belgilaydigan protokol pog’onalarining izchil modeli g'oyasini ilgari surdi.OSI modeli. OSI pog’onalari, ularning vazifasi. Seans pog‘onasi (Session Layer) xar xil komp'yuterlardagi ikki qo‘llanish dasturlari orasida seans deb ataluvchi bog‘lanishni o‘rnatish, foydalanish va yakunlash imkonini beradi. Ushbu pog‘onada tarmoqdagi ikki qo‘llanish dasturlar aloqasi uchun zarur bo‘lgan nomlarni tanib olish va himoya vazifalari bajariladi, o‘zaro bog‘lanish jarayonlar o‘rtasida dialogni boshqarishni ta'minlaydi, ya'ni tomonlardan qaysi biri qachon va qancha vaqt uzatish bajarishini boshqaradi. Taqdimot pog‘onasi (Presentation Layer) tarmoq komp'yuterlari o‘rtasida ma'lumotlar almashuvi shaklini belgilaydi. Qo‘llanish pog‘onasidan kelib tushgan ma'lumotlar yuboruvchi-komp'yuterda umumlashtirilib oraliq shaklga o‘tkaziladi. Qabul qiluvchi-komp'yuterda oraliq shakldan ushbu komp'yuterning qo‘llanish pog‘onasida ishlatiladigan shaklga aylantirish bajariladi, ya'ni takdimot pog‘onasi tarmoqda uzatilayotgan axborotning tarkibini o‘zgartirmagan holda uni kasb etish shakli bilan ishlaydi Amaliy pog‘onasi (Application Layer) - modelning eng yuqori pog‘onasi bo‘lib, qo‘llanish jarayonlarining tarmoq xizmatlariga kirish uchun imkon yaratadi. Bu pog‘ona amalda turli xil protokollar to‘plami bo‘lib, ular yordamida tarmoq foydalanuvchilari printerlar yoki gipermatnlar kabi resurslarga ruxsat oladilar, shuningdek elektron pochta protokollari yordamida birgalikda ishlashini tashkil etadilar. Amaliy pog‘onasi faoliyatidagi ma'lumotlar birligi odatda ma'lumot (message) deb ataladi. Tarmoqning protokol modeli. Protokol modeli axborotni uzatish va qayta ishlashda asosiy jarayonlarni amalga oshirishda obyekt va mantiqiy modullar o‘zaro ta'sir pog‘onasida tarmoq ishi qoidalarini tasvirlab beradi. Modelda o‘zaro ta'sirning hamma qoidalari (protokollari) funksional ma'nosiga ko‘ra alohida guruhlargaprotokol bloklarga birlashadi. Protokol bloklar iyerarxik tartibda joylashgan va ulardan har biri ba'zi pog‘onadagi ob'ektlar o‘zaro ta'sir protokollar ro‘yxatidir. N pog‘onadagi vazifani N-ob'ektlar bajaradi, ular mazkur pog‘onaning mahalliy funksiyalariga ega. Protokol bloklar pog‘onalar bo‘yicha shunday bo‘lganki, N pog‘ona vazifalarini bajarishiga avvalgi (N-1) pog‘ona ob'ektlari ishtirokiga to‘liq tobe va to‘liq ishtiroki bilan ta'minlanadi. Shunday qilib, har bir quyi pog‘ona yuqori pog‘onaga xizmat ko‘rsatadi. N pog‘onadagi har qanday ob'ekt faol holatga o‘tganda quyidagilarni beradi: OSI modelida pog’onalarning o’zaro bog’lanishi va xizmatlari. Protokollar – bu qandaydir aloqani amalga oshiradigan qoidalar to‘plami va protseduralar. • Ular ko‘pdir. Afzalliklari va kamchiliklari bor. • OSI RM ning har xil sathlarida ishlaydi. Agar, protokol fiziki sathda ishlalasa, demak, u paketlarni adabter platasi orqali tarmoq kabeliga o‘tishini ta'minlaydi. • Bir nechta protokollar birgalikda ishlashlari mumkin. Download 478.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling