Kompyuter tarmoqlari Xalqaro standartlar. Standartlashtirish bo‘yicha tashkilotlar
Download 155.48 Kb.
|
16 yanvar dars mashg\'ulotlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- IZOH: Daftarga bugungi sana bilan yozib oling.
Raqamli texnika 16.01.2023
Sinxron hisoblagich Integral mikrosxema ko’rinishidagi asinxron, sinxron hamda aralash (asinxron-sinxron) turdagi bir qancha hisoblagich sxemalari mavjud. Ushbu sxemalar orqali yig’ilgan hisoblagichlarning ko’pchiligi ishlaganda natijani oddiy ikkilik kod ketma-ketligi ko’rinishida taqdim qiladi. Ixtiyoriy sanoq modulli hisoblagich sxemalaridan ma’lumki, hisoblagichlarning sanash ketma-ketligini oson o’zgartirish mumkin. Shuningdek ba’zida hisoblagichlar oddiy ikkilik kod ketma-ketligida emas, balkim turli xil ixtiyoriy ketma-ketlikda sanashi kerak bo’ladi. Masalan 000, 010, 101, 001, 011, 000 va shunga o’xshash. Bu kabi ixtiyoriy ketma-ketlikdagi sanashni amalga oshiruvchi hisoblagichlarni loyihalashning bir qancha usullari mavjud. Quyida JK -triggeri bazasida ana shunday ixtiyoriy ketma-ketlikda sanashni amalga oshiruvchi sinxron hisoblagichni loyihalashning oddiy usulini ko’rib chiqamiz. Ushbu usulni D- triggeri bazasida yig’iladigan hisoblagich qurilmalari uchun ham qo’llash mumkin. Ushbu uslub ketma-ket qurilmalarni ishlab chiqish deb atalib, kombinatsion turdagi raqamli mantiqiy sxemalarni loyihalash jarayonlari kabi bir qancha bosqichlarni o’z ichiga oladi. Sinxron hisoblagichlarni yig’ishda ishlatiladigan triggerlarning barchasi sinxron kirishlari orqali bir vaqtda taktlanadi. Triggerlarning kerakli holatga maqsadli o’tishlarini ta’minlash uchun bevosita J va K kirishlarida kerakli signallarni o’rnatish uchun mantiqiy o’zgartirishlardan foydalaniladi. Masalan har bir taktlash impulsi davomiyligida sinxron hisoblagich triggerlari 1-jadvaldagi kabi trigger 1 holatdan 0 holatga, trigger 0 holatdan 1 holatga, trigger esa 1 holatdan 1 holatga (ya’ni trigger o’z holatini o’zgartirmaydi) o’tishi kerak bo’ladi. Bu erda ikkilik kod ko’rinishidagi hisoblagichning oldingi holati qiymati, esa ikkilik kod ko’rinishidagi hisoblagichning keyingi holati qiymati. 1-jadval. Sinxon hisoblagich qurilmasining bir holatdan ikkinchi holatga o’tish jadvali.
Sinxron hisoblagich sxemasini ishlab chiqish jarayoni J va K kirishlarning har biriga mantiqiy signal berish uchun hisoblagichning o’zgaruvchan holatini dekodlovchi mantiqiy sxemalar ishlab chiqish bosqichlarining biriga aylanadi. Bunda Sinxron hisoblagich triggerlari chiqishlari dekodlovchi mantiqiy sxemalar orqali bevosita J va K kirishlarga beriladi. J va K kirishlarning har biriga dekodlash sxemasini ishlab chiqish uchun JK triggeri ishini tahlil qilish kerak. Bunda JK triggerning qo’zg’otish jadvalidan (2-jadval) foydalaniladi. Bu jadvalning chap ustuni hisoblagich triggerlari chiqishning barcha mumkin bo’lgan o’tishlari mantiqiy sathlarini tasvirlaydi. 2-chi va 3-chi ustuni esa mos ravishda triggerlarining joriy holatidan keyingi holatiga o’tishini tasvirlaydi. Oxirgi ikkita ustun har bir holat o’zgarishi uchun zarur bo’lgan J va K triggerlarni mantiqiy sathlarini ko’rsatib o’tadi. 2-jadval. JK triggerning qo’zg’otish jadvali.
0→0. 0 – triggerning joriy holati bo’lib, trigger sinxron kirishiga taktlash impulsi berilgandan keyin ham saqlanib qoladi. Ma’lumki JK triggeri ikkita ish rejimida ushbu holatda bo’ladi. Ya’ni saqlash (J = K = 0) rejimida hamda triggerga “0” ni (J = 0, K = 1) yozish rejimlarida bo’lganda. Bundan ko’rinib turibdiki ushbu ikkita ish rejimlarida JK triggerning J kirishi J=0 holatda hamda K kirish saqlash rejimida 0 holatda, “0” ni yozish rejimida 1 holatda turibdi. Demak K kirish istalgan holatda (0 yoki 1) bo'lishi mumkin. Shu sababli JK triggerning qo’zg’otish jadvalida ning qiymati 0, ning qiymati X qilib ko’rsatilgan. X simvoli “befarq” (istalgan holat, 0 yoki 1) degan ma'noni anglatadi. 3-jadval. JK triggerning haqiqiylik jadvali.
0→1. Ushbu o’tishda joriy holat 0 bo’lib trigger 1 holatga o’tishi kerak. Ushbu o’tishlar ham JK triggerning ikkita ish rejimida sodir bo’ladi. Ya’ni triggerga “1” ni yozish (J = 1, K = 0) rejimida hamda sanoq (J=1, K = 1) rejimida bo’lgan paytda sodir bo’ladi. Shunday qilib, bu o'tishni amalga oshirish uchun J kirish 1 holatida va K kirish istalgan (0 yoki 1) holatda ya’ni X bo'lishi mumkin. 1→0. Ushbu o’tishda joriy holat 1 bo’lib trigger 0 holatga o’tishi kerak. Ushbu o’tishlar ham JK triggerning ikkita ish rejimida sodir bo’ladi. Ya’ni triggerga “0” ni yozish (J = 0, K = 1) rejimida hamda sanoq (J = 1, K = 1) rejimida bo’lgan paytda sodir bo’ladi. Shunday qilib, bu o'tishni amalga oshirish uchun K kirish 1 holatida va J kirish istalgan (0 yoki 1) holatda ya’ni X bo'lishi mumkin. Ma’lumotlar ombori 16.01.2023 Amaliy dasturlarda SQL tilidan foydalanish. IZOH: Daftarga bugungi sana bilan yozib oling. Download 155.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling