Kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlarni bilan ishlash. Reja


Internet - global kompyuter tarmog’ining paydo bo’lish tarixi


Download 22.74 Kb.
bet2/4
Sana25.02.2023
Hajmi22.74 Kb.
#1229971
1   2   3   4
Bog'liq
Kompyuter tarmoqlarida ma

Internet - global kompyuter tarmog’ining paydo bo’lish tarixi
1957 yil ARPA (Advanced Research Projects Agency) tashkiloti to’zildi. 60-yillar oxirida DARPA (Defense Advanced Research Project Agency) ARPANet tajriba tarmog’ini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Ilk bor tarmoq 1972 yilda namoyish etildi. U 40 ta kompyuterdan iborat bo’lib, asosiy to’zilish printsipi tarmoqdagi barcha kompyuterlarning teng huquqli bo’lishi edi.
1975 yil ARPANet tajriba tarmog’i maqomini harakatdagi (amaliy) tarmoq maqomiga o’zgartirdi.
80-yillar boshida tarmoqda mashinalarning o’zaro ta’sir protokollari standartlashtirildi. Boshlang’ich variant TCP/IP (Transfer Control Protocol/Internet Protocol). BBN kompaniyasi bilan shartnoma to’zildi, bu esa TCP/IP ni UNIX OT safiga kiritdi.
1983 yilda-Internet tashkil etildi. ARPANet 2 ta qismga bo’lindi: MILNet va ARPANet, ularga NSFNet va boshqa tarmoqlar ulandi. 1989 yil - ARPANet mustaqil almashish imkonini yaratdi. Biroq bir necha yil ilgari uning resurslariga faqat faylga murojaat qilishga muljallangan dasturiy ta’minot yordamidagina kirish mumkin edi.
Gipermatnli inqilob 1965 yil Nelson gipermatn so’zini qo’lladi. Van Dam va boshqalar 1967 yilda gipermatn taxrirlovchisini to’zib chiqdi. Nelson 1987 yil ma’lumotlarning gipermatn taxrirlovchisini to’zib chiqadi. Jeneva TCERN (CERN) da ishlovchi fizik Tim Bernes Li 1990 yil gipermatnli loyixani taklif etadi. Bu loyixa fizik olimlarga Internet orqali tadqiqot natijalarini o’zaro almashish imkonini berar edi. Shunday qilib, Halqaro axborot tarmog’i - World Wide Web (WWW) ga poydevor qo’yildi. 1993 yil Mark Anderson raxbarligida birinchi gipermatnli Mosaic grafik brouzeri ishlab chiqildi va u Netscape korporatsiyasiga utib Netscape brouzerini ishlab chiqdi. 90 yillar o‘rtalarida Internet biznes-ishlovlar bilan ishlash uchun qo’llanila boshlandi. Biroq, bu borada turli muammolar, ya’ni tarmoq kanallarini ortiqcha yuklash va axborotni himoyalash mavjud edi.

Internetning statistik ma’lumotlari quyidagicha:

1981 y. - Internet ga 213 ta kompyuter ulangan;

1983 y. - Internet ga 562 ta kompyuter ulangan;

1986 y. - 5089 ta kompyuter ulandi;

1992 y. - 727000 kompyuter ulandi;

1995 y. - 20-40 million kompyuter birlashdi;

2000 y - 70 millionga yaqin;

2005 y - 90 milliondan oshiq kompyuterlarning ulanishi kutilmoqda.


Internetga ulanish.

Internetga ulanish uchun asosan quyidagi jihozlar talab qilinadi:

-tashqi modem uchun ketma-ket portga ega bo‘lgan kompyuter;

-telefon;

-modem;

-kommunikatsion dasturlar;

-Slip yoki PPP qaydnomalar dasturiy ta’minoti;

-Internet provayderida (Internet hizmatini ko‘rsatuvchi tashkilot) almashish qaydnomasi (Slip yoki PPP);

-ro‘yxatdan o‘tkazish PPP-Point to Point Protocol) (nuqtama-nuqta qaydnoma).



Download 22.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling