Korporativ tarmoqlar korxona masshtabi tarmoqlari deb ham ataladi. Ingliz tilidagi adabiyotlarda bu xil tarmoqlarni belgilashda ishlatiladigan «enterprise — wide — networks» atamasining aynan tarjimasiga to‘g‘ri kelinadi.
Korxona masshtabidagi tarmoqlar (korporativ tarmoqlar) alohida korxonalarning barcha hududlaridagi kompyuterlarni birlashtiradi. Ular murakkab tarzda bog‘langan bo‘lishi va shahar, mintaqa yoki qit’ani qoplashi mumkin. Foydalanuvchilar va kompyuterlar soni minglar bilan, serverlar soni esa, yuzlar bilan o‘lchanadi. Alohida hududlar orasidagi masofa global bog‘lanishdan foydalanishni taqozo etishi mumkin (9.3-rasm). Korporativ tarmoqda masofadagi lokal tarmoqni alohida kompyuterlar bilan bog‘lash uchun turli kommunikatsion vositalardan. xususan, telefon, radioliniyalardan, yo‘ldosh orqali aloqadan foydalaniladi. Korporativ tarmoqni telekommunikatsion muhitda suzuvchi «Lokal tarmoqlar orolchalari» ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin.
Bunday murakkab va yirik masshtabli tarmoq yuqori darajali geterogenlikka ega, ya’ni bir xil programma va apparat vositalari yordamida minglab foydalanuvchilar ehtiyojlarini qondirib bo‘lmaydi. Korporativ tarmoqda kompyuterlarning turli xillari — meyn-freymdan tortib to shaxsiy kompyutergacha, operatsion sistemalarning bir necha xillari va turli ilovalar to‘plami ishlatiladi. Korporativ tarmoqning bir jinsli bo‘lmagan qismlari foydalanuvchilarga kerakli resurslardan imkoni boricha ochiq foydalanishga sharoit yaratgan holda bir butun sifatida ishlashi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |