Kompyuter tarmoqlarining texnik vositalari. Kompyuter tarmoqlarining dasturiy vositalari
Konnektorlarni ulash harakatlari tartibi
Download 0.67 Mb.
|
1 AMALIY MASHG’ULOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Simlarning rangli ketma-ketliklari
- Tarmoq kartasi Standart bo‘yicha kommutator: T568B
- Tarmoq kartasi Tarmoq kartasi (Кроссовер кабель)
- Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining dasturiy vositalari. Topshiriqlar. Tarmoq orqali taqdim etiladigan xizmatlar nimalar kiradi
- Kompyuter va foydalanuvchi boshqaruvi xizmati.
- Kabel yordamida bog’lash
- Simsiz aloqa Bluetooth Tarmoqda axborotlarni uzatish va qabul qilish qanday bajariladi
- Bit/sekund
- Aloqa muhitlari deganda nimani tushunasiz
Konnektorlarni ulash harakatlari tartibi: Kabel uchini tekis qilib kesib oling, bu ishni asbobga kiritilgan pichoq bilan bajarish yaxshi bo‘ladi. Kabel izolyatsiyasini olib tashlang. O‘rama juftlik izolyatsiyasini tozalash uchun maxsus pichoqdan foydalanish mumkin, pichoqning o‘tkir tig‘i izolyatsiya qalinligida chiqib turadi, shuning uchun simga zarar yetkazmaydi. Agar maxsus pichoq bo‘lmasa, oddiy pichoqdan yoki qaychidan foydalanish mumkin. O‘rama juft izolyatsiyasini tozalash uchun pichoq. Simlar o‘ramini yeching va ajrating, ularni bir qator qilib tekislang, ularning ranglari ketmaketligiga amal qiling. Simlarni bir santimetrdan ozgina uzunroq qilib kesing. Simlarni RJ-45 razyomiga qo‘ying. Simlarni to‘g‘ri joylashtirganligingizni tekshiring. Simlar razyomga to‘la kirganligini va uning old devoriga tiralganligiga ishonch hosil qiling. Juftlik sim o‘rnatilgan konnektorni qisqichga joylashtiring, so‘ng tekis, ammo qattiq kuch bilan siqing. Simlarning rangli ketma-ketliklari Juftliklar bo‘yicha ranglarni joylashtirish ikkita keng tarqalgan standartlari mavjud: Siemon kompaniyasining T568A va AT&T kompaniyasining T568B standartlari. Bu ikki standartlar bir xil. Tarmoq kartasi <> Standart bo‘yicha kommutator: T568A Shunday joylashtirilganda axborotni quyidagi o‘tkazgichlar: Oq-yashil, Yashil, Oqish olov rang, Olov rang simlar yetkazadi. Tarmoq kartasi <> Standart bo‘yicha kommutator: T568B Shunday joylashtirilganda quyidagi o‘tkazgichlar: Oqish olov rang, Olov rang, Oq-yashil, Yashil simlar axborot yetkazadi. Tarmoq kartasi <> Tarmoq kartasi (Кроссовер кабель) Shunday ulangan o‘rama juft sizga ikki holatlarda kerak bo‘lishi mumkin: Kommutatorsiz 2 kompyuterlarni ulash uchun. (2 kompyuterli tarmoq) Ikki yoki undan ortiq Hub/Switch ulash uchun. Ikki va undan ortiq kompyuterlarni tarmoqqa ulash uchun kommutatordan (switch) foydalanish zarur. Shunda kompyuterlar tarmoq adapterlari interfeyslari kommutator portlari bilan ulanadi. Yagona hisobga olinishi kerak bo‘lgan tomoni, bu kabelni qanday ulash kerakligi hisoblanadi. Tarmoqda ulash variantlaridan birini yoki 568A, yoki 568V qo‘llash zarur, aralashtirish mumkin emas! ADSL-texnologiyasi bo‘yicha internetga ulanish uchun foydalanuvchilardan hech bo‘lmaganda bittasi (ular ko‘proq bo‘lishi ham mumkin) birorta internet-provayderga ulangan bo‘lishi kerak. Shunday holatlarda boshqa foydalanuvchilarga Internet "tarqatish" qiyinchilik tug‘dirmaydi – ADSL-modemni tarmoq kommutatoriga ulash yetarli bo‘ladi. Shundan so‘ng tarmoqning har bir shaxsiy kompyuteridagi IP-protokoli sozlash ishlarida, shlyuz sifatida ADSLmodemining IP-manzili yoziladi. Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining dasturiy vositalari. Topshiriqlar. Tarmoq orqali taqdim etiladigan xizmatlar nimalar kiradi? Kompyuter tarmoqlari axborotlarni elektr signallari ko’rinishida uzatish va qabul qilishga ixtisoslashgan muhit. Tarmoq xizmatlariga quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin: Fayl server xizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyuterlar asosiy kompyuterning (server) ma’lumotlaridan foydalanish yoki o’z ma’lumotlarini aso-siy kompyuter xotirasiga joylashtirish mumkin; Print server xizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyuterlar o’z ma’lu-motlarini xizmat joriy qilingan kompyuter boshqaruvi orqali qog’ozga chop qilishi mumkin; Proksi server xizmati. Bunda tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar xizmat joriy qilingan kompyuter boshqaruvi orqali bir vaqtda Internet yoki boshqa xizmatlardan foydalanishi mumkin; Kompyuter va foydalanuvchi boshqaruvi xizmati. Bunda tarmoqqa ulan-gan barcha kompyuterlarning va ularda qayd qilingan foydalanuvchilarning tarmoqda o’zini tutishi hamda faoliyat yuritishi belgilanadi va nazorat qilinadi. Kompyuterlarni bir-biri bilan bog’lash qanday bajariladi? Kompyuterlar orasida ma’lumot almashish va umumiy masalalarni birgalikda yechish uchun komyuterlarni bir-biri bilan bog’lash ehtiyoji paydo bo’ladi. Kompyuterlarni bir-biri bilan bog’lashda ikki xil usuldan foydalaniladi: Kabel yordamida bog’lash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, o’ralgan juftlik kabeli (UTP) yoki optik tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata yordamida bog’lanadi. Simsiz bog’lanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar yordamida, ya’ni radio to’lqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth texnolo-giyalari yordamida bog’lanadi. Simsiz aloqa Bluetooth Tarmoqda axborotlarni uzatish va qabul qilish qanday bajariladi? Tarmoq har doim bir nechta komp’yuterlarni birlashtiradi va ulardan har biri o’z axborotlarini uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega. Axborot uzatish va qabul qilish komp’yuterlar o’rtasida navbat bilan amalga oshiriladi. Kompyuterlar tarmoqlari tashkil etilgandan so’ng undagi barcha kompyuter-larning manzillari belgilanadi. Chunki axborotlarni tarmoq orqali bir kompyu-terdan boshqasiga uzatish kompyuter manzillari orqali amalga oshiriladi. Jo’natilayotgan axborotga oddiy hayotimizdagi xat jo’natish jarayoni kabi uzatuvchi va qabul qiluvchi manzillari ko’rsatiladi va tarmoqqa uzatiladi. 4. Axborot muhitida tezlik tushunchasi, birliklari va axborot kanallari sig’imi qanday bajariladi? Ma’lum vaqt oralig’ida aloqa muhitlari orqali uzatiladigan axborot hajmiuning uzatilish tezligini belgilaydi. Axborotni uzatish tezligi birliklari: Bit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan bitlar soni; Kbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan minglab yaxli-tlangan bitlar soni; o Mbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan millionlab yaxlitlangan bitlar soni; o Gbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan milliardlab yaxlitlangan bitlar soni. Axborot kanallarining sig’imi ular orqali ma’lum vaqt oralig’ida uzati-ladigan axborot hajmi bilan belgilanadi. Bu o’z navbatida axborot kanalla-rining o’tkazish qobilyatini anglatadi. Aloqa muhitlari deganda nimani tushunasiz? Simli aloqa tarmoqlari. Simsiz aloqa tarmoqlari. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling