Kompyuter tarmoqlarining turlari: mahalliy, mintaqaviy, global


Download 26.03 Kb.
bet1/2
Sana28.12.2022
Hajmi26.03 Kb.
#1015685
  1   2

Mavzu-Kompyuter tarmoqlarining turlari: mahalliy, mintaqaviy, global.
Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish
yoki boshka kompyuterlar bilan umumiy ulanish kerak bo'ladi.
Kompyuterlarning o'zaro axborotalmashish imkoniyatlarini beruvchi 
qurilmalar majmuiga kompyuter tarmoqlari deyiladi.Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog'liq.Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona,
fondlar, ma'lumotlar ombori va boshka axborot tizimlaridagi hujjatlar 
yig'indisi tushuniladi. 
Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida 
kirish mumkin. Jamiyatning hozirgi bosqichda axborot texnologiyalarining rivojlanishini kompyuter tarmog'isiz 
tasavvur qilib bo'lmaydi.Kompyuter tarmog'i - bu aloqa kanallari orqali yagona 
tizimga bog'langan kompyuter va terminallar majmuidir. Tarmoq axborotni ishlab 
chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob'ektlar tarmoq ob'ektlari deyiladi. Tarmoq ob'ektlari alohida kompyuter, kompyuter kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo'lishi mumkin. Axborotni territorial joylashuviga qarab kompyuter 
tarmoqlarini 3 ta asosiy sinfga ajratish mumkin: 


1. Global tarmoqlar. 

 2. Regional (mintaqaviy) tarmoqlar. 

 3. Lokal (mahalliy) tarmoqlar 
Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda turli qit'alarda joylashgan 
obonentlarni birlashtiradi. Obonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon 
aloqa liniyalarida, radio aloqa, sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi. 
Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzoqda joylashgan biror bir 
mintaqaga tegishli obonentlarni birlashtiradi. Misol: biror shahar ichidagi yoki 
iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan obonentlarni 
birlashtiruvchi tarmoq.Lokal tarmoq kichik bir hududda joylashgan obonentlarni 
birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog'langan bo'ladi. Misol: biror 
korxona yoki tashkilotga mahallliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan cheklash 
mumkin.Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba'zan, telefon 
tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa 
ulangan kompyuterlardagi ma'lumotlarni birgalikda qayta ishlash va 
ma'lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa 
qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishadi.Shuning uchun, 
bittadan ko'p kompyuterga ega bo'lgan firmalar o'z kompyuterlarini lokal 
tarmoqqa birlashtiradi. 
Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo'lganligi bois, telefon 
kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin.Lokal 
tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va selektsiyalash lozim 
buladi.Marshrutlash bu - kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo'lini aniqlash 
jarayonidir.Selektsiyalash - tegishli manzildagi axboroni saralash demakdir. 



Download 26.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling