"kompyuter tashkil etilishi"


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/50
Sana25.06.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1654843
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50
Bog'liq
Kompyuter tashkil etilishi

AMD K-6 protsessori  
P5 (Pentium) ning protsessorlar uchun tizimli platasida o‘rnatiladigan 
yo‘qori unumdorli oltinchi avlod protsessoridir. Unumdorligi jixatidan u


87
Pentium va Pentium II orasidagi o‘ringa joylashgan. Bu protsessor 5-avlod 
protsessorlari va tizimli platalari uchun mo‘ljallangan Socket 7 tipli uya 
uchun ishlanganligi uchun, u xaqiqiy oltinchi avlod protsessoridek ishlay 
olmaydi, chunki Socket 7 xotira va keshning imkoniyatini jiddiy 
chegaralaydi. Biroq AMD-K6 Pentium ning jiddiy raqobatchisi hisoblanadi. 
AMD-K6 protsessorida sanoat standarti bo‘yicha, multimediya 
buyruqlarining yangi tizimi (MMX) amalga oshirilgan, u esa AMD K6-2 
protsessorlarida yangilandi va 3Dnow atala boshladi. AMD firmasi Socket 7 
tip uyali protsessorni ishlab chiqdi. Bu esa kompyuter ishlab chiqaruvchilar 
uchun, modernizatsiyalash oson bo‘lgan tizimlarni yaratishga imkon beradi.
AMD-K6 protsessori texnik harakteristikalari:
• oltinchi avlod ichki arxitekturasi, 5-avlod tashqi interfeysi;x86 
buiruqlarni RISC buiruqlarga translyatsiya qiluvchi ichki RISC-yadro;
• buyruqlarning bajarilishida superskalyar modullari (yetti);
• dinamik bajarilishi;
• o‘tishlarni oldindan aytish;Oldindan bajarilishi;
• 64 Kbaytli katta kesh (32 Kbayt sig‘imdagi buyruqlar uchun, 
qo‘shimcha ma’lumotlar uchun 32 Kbayt sig‘imdagi teskari yozuvli ikki 
portli kesh);
• siljuvchi vergulli sonlar ustida amallarni bajarish uchun ichki 
modul (FPU);
• MMX buiruqlarini qo‘llashga sanoat standarti;
• SMM rejimi;
• Ceramic Pin Grid Array (CPGA) konstruksiyasining Socket 7 
tipli uyasi;
• 5 qavat 0,35- va 0,25-mikronli texnologiyani tayorlshda 
foydalanish K6-2 protsessoriga quyidagilar qo‘shilgan:
• Ancha yuqori takt chastotalari;
• 100 MGts (Super 7 uyali tizimli platalar uchun) tizimli shinani 
qo‘llash;


88
• 3DNow deb nomlangan, grafika va multimediya bilan ishlash 
uchun yangi 21-tuzilma;
• K6-3 protsessoriga, uning chastotasida ishlovchi, 256 Kbayt 
sig‘imdagi ikki bosqichli kesh –xotira qo‘shilgan. K6-3 ni bunday 
mukammallashtirish Celeron va Pentium II.darajasida turuvchi uning 
unumdorligini oshirdi.
AMD-K6 protsessori arxitekturasiga ko‘ra x86 bilan ikkilik kod 
bo‘yicha mutanosib, ya’ni MMX buyruqlari bilan birgalikda, u Intelning 
barcha dasturiy ta’minotini bajaradi, Socket 7 tipli uyalar tuzilmasi bilan 
shartlashilgan, etarli darajada quyi bo‘lgan,ikkinchi bosqichli kesh-
xotiranining unumdorligini oshirish uchun, AMD birinchi bosqichli ichki 
kesh –xotiraning umumiy si’g‘imini 64
Kbaytgacha orttirdi (ya’ni uning sig‘imi Pentium II ga qaraganda ikki marta 
katta ). Bunga dinamik bajarilish imkoniyatini qo‘shadigan bo‘lsak K6 
protsessorini tezligi bo‘yicha Pentium bilan, unumdorligi bo‘yicha Pentium 
II ning berilgan takt chastotasi bilan qiyoslasa bo‘ladi. AMD-K5 va K6 
protsessorlari Socket 7 tipli uyaga o‘rnatiladi.Biroq, zarur kuchlanishni 
o‘rnatish va BIOS parametrlarini o‘zgartirish uchun ba’zi bir tuzatishlar 
kiritish talab qilinadi. Agar tizimli plata mos kuchlanishda tursa AMD-K6 
ning ishonchli ishi ta’minlanadi.
5-rasm. Protsessorlarning shikastlanish sabablari


89
Ko‘p 
hollarda 
kompyuter 
ishining 
muammolari 
boshqa 
qurilmalarning, aybi bilan paydo bo‘ladi.Protsessor muhim qurilmalardan 
biri bo‘lganligi uchun,uning ishlash qobiliyati,tezda butun tizim ishiga ta’sir 
qiladi . Protsessorning shikastlangan joyini, ikkinchi ishchan protsessorning 
yordami bilan aniqlash mumkin.
Biroq, bu holda, masalan tizimli platada ta’minot ulovchilari noto‘g‘ri 
o‘rnatilgan bo‘lsa ishchan protsessorni ‘kuydirib ’olish mumkin. Protsessor 
bilan barcha harakatlarni extiyotlik bilan amalga oshirish kerak, kompyuter 
ta’minotini esa, protsessorning va tizimli platalardagi mos ulovchilarning
uyaga to‘g‘ri o‘rnatilganligini takror tekshirilganligidan so‘ng ulash lozim.
Protsessorlar bilan ishlasda muammo paydo bo‘lishining keng 
tarqalgan sababi,ishchi parametrlarga mos bo‘lmagan parametrlarni 
o‘rnatishdir.Bu esa o‘z navbatida protsessorning qizib ketishiga va uning 
ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi.Temperatura rejimini bevosita radiatorga 
qo‘l tekkizib yoki dasturiy vositalar yordamida nazorat qilish mumkin.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling