Kompyuter tizimida ro‘yxatga olingan har bir subyekt (foydalanuvchi yoki foydalanuvchi nomidan harakatlanuvchi jarayon) bilan uni bir ma’noda indentifikatsiyalovchi axborot bog‘liq
Download 24.8 Kb.
|
xatolik
Kirish Kompyuter tizimida ro‘yxatga olingan har bir subyekt (foydalanuvchi yoki foydalanuvchi nomidan harakatlanuvchi jarayon) bilan uni bir ma’noda indentifikatsiyalovchi axborot bog‘liq.Bu ushbu subyektga nom beruvchi son yoki simvollar satri bo‘lishi mumkin. Bu axborot subyekt identifikatori deb yuritiladi. Agar foydalanuvchi tarmoqda ro‘yxatga olingan identifikatorga ega bo‘lsa, u legal (qonuniy), aks holda legal bo'lmagan (noqonuniy) foydalanuvchi hisoblanadi. Kompyuter resurslaridan foydalanishdan avval foydalanuvchi kompyuter tizimining identifikatsiya va autentifikatsiya jarayonidan o'tishi lozim. Identifikatsiyalashning yagona tizimi — har xil hukumat agentliklariga va fuqarolik vebsaytlariga kirish imkoniyatini beradigan yagona akkount bilan taʼminlaydi. Yagona identifikatsiya tizimi (YAIT) OneID davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tijorat tashkilotlarining turli veb-saytlari va portallariga barcha foydalanuvchilar uchun qulay foydalanish uchun mo‘ljallangan. Foydalanuvchilar turli xil veb saytlar uchun turli xil akkountlar yaratishiga toʻgri kelmaydi va ular oʻzlarining elektron raqamli imzo orqali yagona identifikatsiya tizimiga javobgar idoralarga tashrif buyurmasdan roʻyhatga kirishlari mumkin. Foydalanuvchi yagona identifikatsiya tizimi ga kirgandan soʻng, u yagona identifikatsiya tizimiga bogʻlangan veb saytlarga qaytadan kirishiga oʻrin qolmaydi. Foydalanuvchining bir akkaunti bilan barcha davlat e-hukumat tizimlariga E-hukumat tizimlari bilan Yagona identifikatsiya tizimi integratsiya boʻlgani sababli, barcha tegishli resurslarga kirish uchun bir akkaunt bilan foydalanish imkonini beradi. Yagona identifikatsiya tizimi qonun bilan mustahkamlangan. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 17 dekabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan.“Elektron hukumat” foydalanuvchilarini identifikatsiya qilishning yagona tizimi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, Yagona identifikatsiya tizimidagi foydalanuvchilar to‘g‘risidagi maʼlumotlar ishonchli hisoblanadi. 3 7-rasm.Biometrik autentifikatsiya usullari. Biometrik autentifikatsiyalash usullari an'anaviy usullarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: biometrik alomatlarning noyobligi tufayli autentifikatsiyalashning ishonchlilik darajasi yuqori; biometrik alomatlarning sog'lom shaxsdan ajratib bo'lmasligi; biometrik alomatlarni soxtalashtirishning qiyinligi. 19 Download 24.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling