Kompyuter tizimlari arxitekturasi. Yakuniy nazorat savollari
Download 190.23 Kb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter tizimlari arxitekturasi. Yakuniy nazorat savollari
- Bu sahifa navigatsiya:
- И, ИЛИ
KOMPYUTER TIZIMLARI ARXITEKTURASI. YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI 1.Kompyuter arxitekturasini, bir nechta sathlar ierarxiyasidan iborat ko‘rinishda ifodalab o‘rganish deganda nima tushuniladi va bu bilan nimaga erishish mumkin bo‘ladi? 2.Kompyuter arxitekturasining olti sathdan iborat tuzilishga ega ko‘rinishda ifodalangan chizmasi keltiring va uni izohlab bering. 3.Mikroarxitektura sathi haqida tushuncha bering. Ma’lumotlar trakti deganda nima tushuniladi va u qanday amalga oshiriladi? 4.Kompyuter arxitekturasi va uni ko‘p sathli tashkil qilinishi deganda nima tushuniladi? 5.Kompyuter arxitekturasiga oid zamonaviy g‘oya va ishlanmalarga o‘zining katta ta’sirini ko‘rsatgan kompyuterlar va ularning tuzilshilari haqida ma’lumot bering. 6.Zamonaviy kompyuterlarning qanday turlarini bilasiz va ular bir biridan nimalari bilan farq qiladilar? 7.Mikrokontrollerlar qanday tuzilgan va hamda ularni ishlab chiqarishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan jihatlar qaysilar? 8.Ishchi stansiyalardan iborat komplekslar, meynfremlar kabi kompyuterlar qanday tuzilgan va nima uchun mo‘ljallangan? 9.Kompyuterlarda ifodalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning qanday xillarini bilasiz? Misollar bilan tushuntiring.
10.Raqamli va raqamli bo‘lmagan ma’lumotlarning qanday xillarini bilasiz? Misollar bilan tushuntiring. 11.Buyruqlarning qanday formatlari va xillarini bilasiz? Misollar bilan tushuntiring. 12.Adreslash, boshqarish oqimi va uzilishlar haqida, misollar asosida tushuntirishlar bering. 13.Kompyuter texnikasida ventil deganda nima tushuniladi va ularning qanday xillarini bilasiz? 14.Trigger, registr deganda nimalar tushuniladi va ular nima uchun ishlatiladi? Chizmalar asosida tushuntiring. 15.Qaysi mantikiy elementlar kompyuter texnikasida asosiy elementlar hisoblanadi va ularning haqiqat jadvallari qanday tuzilgan? 16.Haqiqat jadvali deganda nima tushuniladi? Misollar bilan tushuntiring. 17. И, ИЛИ va НЕ mantiqiy elementlari asosida uncha katta bo‘lmagan mantiqiy sxemalarni amalga oshirish ketma-ketligini misol bilan tushuntirib bering. 18.Kompyuterlarda mantiqiy sxemalarni amalga oshiruvchi integral sxemalarni qurish qaysi mantikiy elementlar asosida amalga oshirilgan va ular nima deb ataladi? 19.Asosiy raqamli mantiqiy sxemalarning nomlari va ularni bajaradigan vazifalarni aytib bering. 20. НЕ (NOT) - inkorlash amalini bajaruvchi element sxemasi qanday tuzilgan va u qanday ishlaydi? 21.Ikkita kirishga ega НЕ-И (NOT-AND) – mantiqiy ko‘paytirish va inkorlash amallarini bajaruvchi element sxemasi qanday tuzilgan va u qanday ishlaydi? 22.Ikkita kirishga ega НЕ-ИЛИ (NOT-OR) – mantiqiy qo‘shish va inkorlash amallarini bajaruvchi element sxemasi qanday tuzilgan va u qanday ishlaydi? 23. Kompyuterning asosiy xotirasi qanday tuzilgan va u nima uchun
mo‘ljallangan? Asosiy xotirada adreslash qanday amalga oshiriladi? 24. Baytlarni to‘g‘ri va teskari tartibda joylashtirish nima ekanligini
tushuntirib bering. 25. Asosiy xotiraga murojaat qilish qanday amalga oshiriladi? Asosiy
xotiraga murojat qilishning qanday rejimlarini bilasiz, ularni mohiyatini tushuntirib bering. 26. Pentium protsessorli kompyuterlar asosiy xotirasining tuzilish chizmasini keltiring va uni tuntirib bering. Download 190.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling