Kompyuterda loyihalash usullari
mm (mm lar yozilmaydi) terib kiritiladi va «Enter»
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Autocad
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ob’ektlarni burish buyrug‘i va undan foydalanish algoritmi
- Ob’ektlarni masshtabini o‘zgartirish buyrug‘i va undan foydalanish algoritmi
mm (mm lar yozilmaydi) terib kiritiladi va «Enter» bilan qayd etiladi. Natijada, ob’ekt berilgan
masofaga suriladi. 1- rasmda ob’ektni yangi joyga ko‘chirib kelingan, lekin «Sichqon» bilan qayd etilamagan. Agar, bu amal bajarilsa, naqsh yangi joyda tasvirlanib qoladi, ya’ni dastlabki joyidan butunlay ko‘chib keladi. 1- rasm Ob’ektlarni burish buyrug‘i va undan foydalanish algoritmi Ekrandagi biror ob’ekt quyidagi algoritm asosida berilgan burchakka buriladi: 1. Ob’ekt ajratiladi va buyruq tugmasi yuklanadi. Shunda, tayanch nuqasini- burish markazini kiritish yoki belgilash so‘raladi va bunday nuqta ko‘rsatiladi. 29 7- rasm 2. Muloqotlar oynasida burchak qiymatini kiritish so‘raladi va u qiymat masalan, 45 kiritiladi va «Enter» tugmasi yuklanadi. Natijada, ob’ekt 45 gradusga soat strelkasi yo‘nalishiga teskari burilib qaladi, 7-rasm. Chunki, kompyuter burchak kiymatini shu yo‘nalish bo‘yicha o‘qiydi. Agar, manfiy qiymat, masalan, -45 kiritilsa, ob’ekt soat strelkasi yo‘nalishida 45 gradusga burilib qoladi. Ob’ektlarni masshtabini o‘zgartirish buyrug‘i va undan foydalanish algoritmi Kompyuterda bajariladigan tasvirlarning masshtablarini, chizib bo‘lgandan keyin ham osongina o‘zgartirish mumkin: 1. Ob’ekt ajratiladi va buyruq tugmasi yuklanadi. Shunda, muloqotlar oynasida tayanch nuqasini kiritish yoki belgilash so‘raladi va bunday nuqta ko‘rsatiladi. 2. Navbatdagi so‘rovda masshtab koeffitsientini kiritish so‘raladi. U butun yoki kasr ko‘rinishida, ya’ni 1 dan katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. Agar, 2 raqami kiritilsa, ob’ekt ikki marta kattalashib tasvirlanadi, 8-rasm. 8-rasm Uzaytirish buyrug‘i va undan foydalanish algoritmi Bu buyruqdan yuqori aniqlikda grafik yasashlar bajarishda foydalaniladi. Masalan, berilgan aylanani AV va SD vatarlarining kesishgan E nuqtasini topish masalasi qo‘yilgan bo‘lsin. Bu nuqtani uzaytirish buyrug‘idan foydalanib quyidagicha topiladi: 1. Izlanayotgan nuqtadan uzoqroqda bu vatarlar bilan kesishadigan ihtiyoriy to‘g‘ri chiziq o‘tkaziladi. 2. Buyruq tugmasi «Sichqon» bilan yuklanadi va «Enter» bilan qayd etiladi. Shunda, ekrandagi barcha to‘g‘ri chiziqlarni uzaytirish holati qayd etiladi. 30 3. Shunda, ekranda kvadrat nishoncha paydo bo‘ladi va uni AV vatarni V uchiga keltirib qo‘yib, «Sichqon»ning chap tugmasi bilan yuklansa, V uchidan boshlab AV kesma o‘tkazilgan ihtiyoriy to‘g‘ri chiziqqacha uzayib qoladi. Bu amalni qayta-qayta SD to‘g‘ri chiziq uchun bajarib, AV va SD to‘g‘ri chiziqlarning kesishuv E nuqtasi aniqlanadi, 9-rasm. 9-rasm Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling