«Kompyuterda loyihalash» va «Kompyuter grafikasi» fanlari arxitektura
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
3d modellashtirish uslubiy
Faskali silindr
1. Create (yaratish) panelidagi Geometry (Geometriya) tugmasini bosib, ro‘yxatdagi Extended Primitives (muharrirlangan primitivlar) variantini tanlang va Chamfer Cyl (faskali silindr) tugmasini bosing. Shu ketma-ketliklarni bajarib, silindr, silindr sektori va ko‘p qirrali prizmani qurish mumkin. Aylananing bir chetidan boshqa chetiga diametr bo‘yicha cho‘zib, silindrning asosini qurish uchun, 2. Creation Metod (qurish usuli) bo‘lagini o‘chirib-yoquvchini Edge (chetidan) holatiga qo‘ying. Asosini o‘rtasidan, ya’ni radius bo‘yicha qurish uchun, Center (o‘rtadan) holatiga o‘tish kerak. 3. Proyeksiyalar oynalaridan birortasiga ChS ni bosib, silindr asosining boshlang‘ich nuqtasini belgilaymiz, tugmani qo‘yib yubormasdan, kursorni asos bo‘yicha suramiz, asos radiusi kerakli o‘lchamga ega bo‘lgandan keyin, tugmani qo‘yib yuboramiz. Asos radiusini o‘zgartirish uchun Parameters, (Parametrы) bo‘lagidagi Radius (Radius) parametrining kattaligini o‘zgartirish kerak. 4. Tugmani qo‘yib yuborgandan keyin, kursorni tepaga ko‘tarib yoki pastga tushirib, silindrning balandligini o‘rnatamiz. Balandlikni o‘rnatish uchun ChS ni bosamiz. Sichqon tugmasini bosgandan keyin, kursorni surib, ChS ni bosamiz. Kursorning surilish masofasi 45 gradus qiyalikdagi faskaning kengligiga teng bo‘ladi. 5. Parameters (Parametrlar) bo‘lagidan quyidagi parametrlar qiymatini bering. • Height (balandlik) — silindr balandligi; • Height Segments (balandlik bo‘yicha segmentlar) — balandlik yuzasi bo‘yicha segmentlari; • Cap Segments (asosining halqalari) — radius bo‘‘yicha segmentlar soni; • Fillet (Faska) — faska kattaligi; • Fillet Segs (faska bo‘yicha Segmentlar) — faska bo‘yicha segmentlar soni. Silindrni qurillish natijasi 1.4 rasmda ko‘rsatilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling