Kompyuteringiz eskimi?Seshanba, 06 mart 2012
Download 46.5 Kb.
|
2. Компьютер ишлаш тезлиги нималарга боглик
Kompyuteringiz eskimi?SESHANBA, 06 MART 2012Kompyuter – kunda almashtirsa bo‘ladigan o‘yinchoq emas. Ko‘pchilik 5-10 yilsiz yangisini olishni xayoliga keltirmaydi. Boshqa tomondan, kompyuter ham eskiradi. Yillar o‘tgan sayin sekinroq ishlay boshlaydi. Quyidagi maslahatlarimiz ana shunday kompyuter egalari uchun. Ammo, ularni boshqalar ham inobatga olib qo‘yishsa, foydadan xoli bo‘lmaydi.
Pentium 3 va undan odingi protsessorli, tezkor xotirasi 128 Mbdan kam bo‘lgan kompyuter uchun eng yaxshi ish stoli – toza ish stolidir. Kompyuteringiz sekin ishlayaptimi – animatsiyali oboylar va yirik ikonkalar qo‘ymang! Ish stolidagi ikonkalarning ko‘pligi, «allambalo» oboylar (ayniqsa, animatsiyali, turli effeklarga ega oboylar) tizim xotirasining katta qismini egallab oladi. Har qanday harakatlanuvchi «oliftagarchiliklar», hatto sichqoncha kursorining nostandart shakllaridan ham voz keching. 2. Effektlar sonini kamaytiring Buning uchun quyidagi amallarni bajarish lozim: Sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan «Мой компьютер» ni bosing va «Свойства» punktini tanlang. «Свойства системы» (Tizim xususiyatlari) darchasidagi «Допольнительно» (Qo‘shimcha) sahifachasini oching va undagi «Быстродействие» (Tezkorlik) bo‘limidagi «Параметры» (O‘lchamlar) tugmasini bosing. «Параметры быстродействия» (Tezkorlik o‘lchamlari) dagi «Визуальные эффекты» (Vizual effektlar) sahifachasida bir qancha effektlarning uzun ro‘yxatini ko‘rasiz. Ular faqat Windows XP da ishlashning chroyli bo‘lishi uchungina xizmat qiladi. Ularni o‘chirib qo‘yilishi tizim ishchanligiga zarar keltirmaydi. Lekin eski kompyuterning tezligini ancha yaxshilaydi. Tez-tez yangi dasturlar o‘rnatib, yoqmay qolganlarini o‘chirib turasizmi? Yangi fayllar yaratish, u papkadan bunisiga ko‘chirish, o‘chirib tashlash siz uchun odatiy holmi? Shunday bo‘lsa, disklarni tez-tez defragmentatsiyalab turishni unutmang. Agar defragmentatsiyani kamdan-kam amalga oshiradigan bo‘lsangiz yoki shu paytgacha hyech qilmagan bo‘lsangiz, defragmentatsiyadan so‘ng kompyuter ishchanligi sezilarli oshganligini darrov payqaysiz. 4. Zaruriyati yo‘q bo‘lgan tizim xizmatlarini o‘chirib qo‘ying. Kompyuter tizimiga kiruvchi bir qancha xizmatlar borki, ular har doim ham ishlashi talab etilmaydi. Ana shunday paytlarda ularni vaqtincha to‘xtatib turish kompyuterning tezroq ishlashiga yordam beradi. 5. Kompyuter ishchanligini oshiruvchi dasturlardan foydalaning. Hozirda bunday dasturlarning turli xillari tarqalgan. XP Tweaker, Tweak-XP bunga misol bo‘la oladi. Ular kompyuter xotirasini sozlashga yordam beradi. Bunday dasturlar haqida kelgusi sonlarda batfsil to‘xtalamiz. Download 46.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling