Kompyuteringizda qiyinchilik tug’ildimi


Download 50 Kb.
bet1/2
Sana09.02.2023
Hajmi50 Kb.
#1181008
  1   2
Bog'liq
Kompyuteringizda qiyinchilik tug


Kompyuteringizda qiyinchilik tug’ildimi? O’zingiz hal qiling!
Qanday Qilib Kompyuteringizni Аtigi 15 Daqiqa Ichida Dasturiy Ta’mirlashingiz Mumkin?!
Urganch Davlat Universiteti Dasturlash Markazi DАSTURCHISI va KOMPYUTER USTАSI - Qudrat Eshmetov
Mavzu: «MASTER of COMPUTER»,
1-qism “Universal Diagnoz va Yagona Echim!”
1-2 oylik videokurs va kompyuterni dasturiy ta’mirlash uchun programmalar jamlanmasi.

Аssalomu alaykum! Ha, Men jiddiy gapiryapman, Siz haqiqatan ham O’z qo’llaringiz bilan kompyuteringizdagi har qanday muammoni XАL QILISHINGIZ MUMKIN!


Chunki hozirgi kunda barcha sohada rivojlanish bo’lmoqda. Shuningdek, kompyuter programmalaridan foydalanish hamma uchun tushunarli, qulay va oson bo’lib qoldi. Masalan, Windows operatsion tizimini kompyuterga qayta o’rnatish atigi 10-15 daqiqa ichida osongina amalga oshirilmoqda.

Mana 7 yildirki Men o’z soham bo’yicha ishlab kelmoqdaman. Va men Sizga Muhandis-dasturchi yoki Muhandis-elektronchi sifatida o’z Malaka va Tajribalarimdan kelib chiqib maslahat berishim mumkin.


Haqiqatan ham har bir kompyuter foydalanuvchisi juda yaqin kelajakda o’z texnikasini o’zi ta’mirlay boshlaydi. Chunki ta’mirlash ishlari ham xuddi foydalanish va ishlatishdek engillashib ketmoqda. Dastlab, bu ishlarni kimdandir yoki qayerdandir o’rganishingiz lozim bo’ladi. Lekin kompyuterda nima ko’p? Programma. Yana nima ko’p? Shu programmalarning “kasalliklari”, mauammolari ko’p. Hamma narsani o’rganishning va o’sha muammolar uchun turli xil yechim topishning esa iloji yo’q deb o’ylashingiz mumkin. Ha, Siz haqsiz. Lekin universal diagnoz degan narsa ham mavjudki, bu metoddan biz kompyuter ustalari tez-tez foydalanib kelmoqdamiz. U ham bo’lsa Siz biladigan yoki eshitgan ish – Windows va kerakli programmalarni kompyuterga qayta o’rnatish! Bu esa 1-2 soat vaqtimizni oladi. Xo’sh, nima qilish kerak?! Vaqtni tejash yo’lini qilish kerak – Windows va programmalarni qayta o’rnatishni juda tez va aniq ishlaydigan usulini bilish kerak xolos.


Buni esa Siz «MASTER of COMPUTER» videokursi orqali o’rganishingiz mumkin. Bunda oddiy ishni dastlab nimadan boshlash kerakligi va keyin nima qilish kerakligi, ya’ni hamma ish qadam-baqadam o’rgatilgan, ko’rsatib berilgan. Bu kursni o’tash uchun Sizga tajriba uchun yana 1 kompyuter kerak bo’ladi. Chunki birisida videodarsni ko’rsangiz, ikkinchisida shuni amalda qilib ko’rishingiz kerak. Tajriba uchun ajratilgan kompyuterda kerakli ma’lumotlarni boshqa joyga ko’chirishni unutmang.


(Chunki, kompyuterning texnik ta’minoti buzilish ehtimoli kamroq, lekin tajriba uchun kompyuterdagi ma’lumotlarni yo’qotib qo’yishingiz mumkin-da.) Ushbu o’rgatuvchi kurs va kompyuteringizni dasturiy ta’mirlashda kerak bo’ladigan ko’pgina dasturlar to’plami bo’lmish «MASTER of COMPUTER» hozirgi kunda YaGONА hisoblanadi. Men esa Sizga bu disklarni qo’lga kiritishni TАVSIYA QILАMАN


Biz bilamizki, kompyuterlar 2 ta ta’minot asosida ishlaydi: texnik va dasturiy ta’minot. «MASTER of COMPUTER»ning birinchi qismida kompyuterning dasturiy ta’minotiga urg’u berilgan. Shuningdek, diskning keyingi seriyalarida shu ishlarning davomi sifatida texnik ta’minotga qaratilgan amaliy ishlar orqali bilimlar beriladi.


Keling, hozir men Sizni U bilan tanishtiraman:
Videokursdagi ma’lumotlarni 1-2 oy ichida o’zlashtirish mumkin va videodarslar o’zbek tilida taqdim etilgan. Jami videoning davomiyligi _ soat __ daqiqa. Videokurs maxsus dastur orqali himoyalangan va u har bir kompyuter uchun alohida kalit yordamida ochiladi. Ya’ni videokurs faqat Sizning kompyuteringizda ishlaydi. Boshqa kompyuterga nusxa ko’chirish va ishlatish esa ta’qiqlanadi. Kurs 7 ta bobga ajratilgan va o’z navbatida har bir bob o’z mavzulariga ega. Quyida esa har bir bobda nimalar o’rgatilishi berilgan. Bu mavzulardagi tushunarsiz terminlarga ahamiyat bermang. Chunki videokursda ishlar amaliy ko’rsatilganligi uchun hammasi tushunarli bo’lgan. Bu mavzular shunchaki reja uchun yozilgan, xolos. Videokurs Sizga terminlarni emas, balki kompyuteringizni qanday qilib tez dasturiy ta’minlashni o’rgatishga harakat qiladi. Аlbatta, vaqt o’tgan sari bu zamonaviy so’zlarga Siz ko’nikib borasiz va keyinchalik boshqalar bilan gaplashganda o’zingizdagi o’zgarishni seza boshlaysiz.
1-bob. “BIOS. Parol o’rnatish va qurilmalar bilan ishlash” deb nomlanadi va bunda Siz quyidagi narsalarni o’rganasiz:
BIOS ning nimaligi va uning turlari bilan tanishasiz;
BIOS bilan ishlash uchun funktsional klaviaturalar vazifalari bilan tanishasiz;
BIOSning SETUP deb nomlanuvchi dasturi bilan ishlashni o’rganasiz;
Yuklanuvchi CD orqali dasturiy ta’minotlarni ishga tushirishni o’rganasiz;
Oxirda esa BIOS paroli haqida gap ketadi.
2-bob. Kompyuterga Windows XP ni o’rnatish uchun tayyorlash
Odatdagi rejimda kompyuterdagi ma’lumotlar bilan ishlash ko’rsatiladi;
Start Windows XP menyusi bilan tanishasiz;
Odatdagi rejimga kirish imkoni bo’lmay qolganda xavfsiz (bezopasnыy) rejimga kirib kompyuteringizdagi ma’lumotlarni boshqa joyga ko’chirishni o’rganasiz;
Xavfsiz rejimga ham kirish imkoni bo’lmay qolganda yuklanuvchi disk – LiveCD orqali kompyuterdan foydalanish va kerakli qurilmalar drayverlarininusxalashni o’rganasiz;
3-bob. Kompyuterga Windows XP ni o’rnatish
Windows OT versiyalari bilan tanishasiz;
Qanday texnikaga qaysi OT o’rnatishni bilib olasiz;
Windows XP ni disk yordamida o’rnatishni o’rganasiz;
Qurilmalar dispetcheri dasturidan foydalanishni ko’rasiz;
Monitor drayverini o’rnatishni o’rganasiz;
HP 1010 printeri va TV tuner qurilmalari drayverini o’rnatishni bilib olasiz;
Modem qurilmasi drayverini o’rnatishni o’rgangach Internetga ulanish bilan tanishasiz;
Kompyuterdan nusxalangan drayverlarni o’z joyiga o’rnatishni o’rganasiz;
Windows ni yangilash (obnovit) imkoniyati mavjudligini tekshirishni ko’rasiz;
WindowsXP ni kompakt disk yordamisiz o’rnatishni bilib olasiz
4-bob. WindowsXPda dasturlarni o’rnatish va o’chirish
Dasturlarni o’rnatish va o’chirish uchun nima qilish kerakligini o’rganasiz;
Dasturlar noto’g’ri o’chirilgan hollarda Reestrni tozalash amalga oshirilishini ko’rasiz;
OT nosozligiga sabab bo’layotgan drayverni o’chirishni bilib olasiz.
5-bob. Tizimni qayta tiklash nuqtasini yaratish va tizimni qayta tiklash
Tizimni qayta tiklash usullari bilan tanishasiz;
Qayta tiklash nuqtasini yaratish talablarini bilib olasiz;
Tizimni qayta tiklash nuqtasini yaratishni o’rganasiz;
Tizimni qayta tiklashni amalga oshirishni ko’rasiz.
6-bob. Norton Partition Magic v8.0 – diskni bo’laklarga bo’lish va qo’shish
Norton Partition Magic v8.0 dasturini o’rnatish tartibini ko’rasiz;
Dastur oynasi bilan tanishasiz va diskni bo’laklarga bo’lishni o’rganasiz;
Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling