Kompyuterlarning rivojlanishi


Download 381.12 Kb.
bet11/15
Sana18.06.2023
Hajmi381.12 Kb.
#1582281
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Individual loyiha

Kompyuter arxitekturasi
IBM PC turidagi shaxsiy kompyuterlar ananaviy mikroprotsessor tizimining arxitekturasiga ega bo‘lib, odatdagi funksional qurilmalarni o‘z ichiga oladi: protsessor, doimiy va operativ xotira, kritish/chiqarish qurilmasi, tizimli shina, energiya manbai (1.8-chizma). Shaxsiy kompyuter arxitekturasining asosiy xususiyatlari asosan apparatlarni joylashtirish tamoiliga va shuningdek tanlangan tizimli apparat vositalar to‘plamiga keltiriladi.
Kompyuterning asosiy qurilmalarining vazifalari quydagilar:
Markaziy protsessor – bu barcha zarur yordamchi mikrosxemalarga ega bo‘lgan mikroprotsessor va shu jumladan tashqi kesh – xotira va tizimli shina kontrolleriga egadir. Ko‘pchilik xolda aynan markaziy protsessor tizimli shina orqali axborot almashuvini amalga oshiradi.
Operativ xotira protsessor xotirasining manzillanadigan deyarli barcha xududini egallashi mumkun. Ammo ko‘pincha uning xajmi ancha kam. Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarda tizimli xotiraning standar xajmi odatda 512 Mbayt dan 4 Gbayt gachan bo‘ladi. Kompyuterning oprativ xotirasi dinamik xotira mikrosxemalarida amalga oshiriladi va shuning uchun qayta tiklash talab etiladi.
Doimiy xotira (ROM BIOS – Base Input/Output System) katta bo‘lmagan xajimga ega (64 Kbayt gachan), dastlabki ishga tushirish dasturini, tizim konfiguratsiya bayonini va shuningdek tizimli qurilmalar bilan muloqot uchun drayverlarni (quyi bosqich dasturlari) saqlaydi.


1.8-chizma. IBM PC turidagi shaxsiy kampyuterning arxitekturasi.




Uzulishlar kontrolleri tizimli magistralning apparat uzulishlarini protsessorni apparat uzulishiga o‘zgartirib beradi va uzulish vektorining manzilini beradi. Uzulish kontrollerining barcha vazifalarini bajarish ish tartiblarini protsessor tomonidan ish boshlanishidan oldin dasturiy beriladi.
Xotiraga bevosita ega bo‘lish (XBEB) kotrolleri XBEB so‘rovlarini tizimli magistraldan qabul qiladi, uni protsessorga uzatadi, so‘ng protsessor tomonidan magistral berilgach xotira bilan kiritish/chiqarish qurilmasi o‘rtasida axborot jo‘natish amalga oshiriladi. XBEB kontrollerining barcha vazifalarini bajarish ish tartiblarini protsessor tomonidan ish boshlanishidan oldin dasturiy beriladi. Kompyuterlarda joylashtirilgan uzulish va XBEB kontrollerlarini ishlatilishi kengaytirish platasida qo‘llaniladigan apparatlarni jiddiy soddalashtirishga imkon beradi.

Download 381.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling