Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti, intellektual muhandislik tizimlari kafedrasi
Download 445.5 Kb.
|
7-Ma\'ruza Mutaxassisliklarga ixtisoslashgan dasturlar
from metodlar import * print('Summa:',Summa(n)) print('Faktarial',Faktorial(n))
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, moduldagi barcha funksiyalarni bunday tarzda global nomlar fazosiga import qilish kolliziyaga olib kelishi mumkin. Masalan, agar joriy faylda ham import qilinayotgan moduldagi funksiya nomi bilan ayni mos tushadigan funksiya yoki o‘zgaruvchilar bo‘lsa kolliziya holati bo‘ladi va dastur ishga tushirilganda xatolikka olib kelishi mumkin. Shuning uchun odatda bu tarzda modulni ulashga maslahat berilmaydi. Modul nomi. 5-rasmdagi keltirilgan dasturda misol.py fayli asosiy modulni ifodalab, unga metodlar.py moduli ulangan edi. misol.py ni ishga tushirganda barcha zarur ishlar bajariladi. Shuningdek, metodlar.py ning yakka o‘zi ishga tushirilsa hech qanaqa ish bajarilmaydi va konsolga hech nima chiqmaydi. Chunki ushbu modulda faqatgina funksiyalar aniqlangan va boshqa ish bajarilmagan. Lekin metodlar.py ga shunday o‘zgartirishlar kiritish mumkinki, uning alohida o‘zi ham bajarilishi yoki u boshqa modulga ulanishi ham mumkin bo‘ladi. Modul bajarilganda muhit uning nomini aniqlaydi va uning nomini __name__ (oldin va keyin ikkita tag chizig‟i mavjud) global o‘zgaruvchisiga yuklaydi. Agar modul bajariluvchi bo‘lsa, uning nomi __main__ (har ikkala tomonida ikkita tag chizig‟i bor) ga teng bo‘ladi. Agar modul boshqa modulda ishlatilayotgan bo‘lsa, u holda bajarilish paytida uning nomi mos ravishda fayl nomi bilan bir xil bo‘ladi (faqat .py kengaytmasisiz). metodlar.py fayliga quyidagicha o‘zgartirishlar kiritamiz:
Download 445.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling