Kompyuterli boshqarish tizimlari
Asosiy tushunchalar, iboralar va qoidalar
Download 56 Kb.
|
Kompyuterli boshqarish tizimlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtomatik rostlash
- Avtomatlashtirish
- Birinchi davr
- Ikkinchi davr
Asosiy tushunchalar, iboralar va qoidalar
Hozirda texnologik jarayonlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish. Avtomatik nazorat - texnologik jarayon haqida operativ ma'lumotlarni avtomatik ravishda qabul qilish va uni qayta ishlash uchun kerakli bo'lgan sharoitlarni ta'minlaydi. Avtomatik rostlash - texnologik jarayonlarning tegishli parametrlarini avtomatik rostlovchi asboblar yordamida talab kilingan sathda saqlanishini nazarda tutadi. Bu holda odam faqat avtomatik rostlash tizimining (ART) turi ishlashini nazorat qiladi. Avtomatik boshqarish - texnologik operasiyalarni belgilangan muttasilligining avtomatik ravishda bajarilishini va boshqaruv ob'ektiga nisbatan bo‘ladigan ta'sirlarning muayyan muttasilligini ishlab chiqishdan iborat. Avtomatlashtirish - texnologik jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqaradigan texnik vositalarni joriy etish demakdir. Avtomatlashtirish - ishlab chiqarish jarayonidagi odam ishtirok etmagan sanoatning yangi bosqichi bo‘lib, bunda, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish funksiyasini avtomatik ko‘rilmalar bajaradi. Avtomatlashtirishni joriy etish ishlab chiqarishning asosiy texnika-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga, ya'ni ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymati va sifatining oshishi hamda tannarhining kamayishiga olib keladi. Zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarining ko‘pchiligi to‘lik avtomatlashtirilganligi bilan harakterlanadi. Avtomatlashtirish barcha uskunalarning avariyasiz ishlashini ta'minlaydi, baxtsiz hodisalarning va atrofmuhitning zaharlanishini oldini oladi. Shuningdek, kimyo va oziq- ovqat sanoatlarida portlash hamda yong‘in chiqish havfi ko‘pligi ham jarayonlarni maksimal darajada avtomatlashtirishni talab qiladi. Ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirilishi hozirgi vaqtda uch davrga bulinadi. Birinchi davr - ayrim texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish bilan harakterlanadi. Jarayonning ayrim parametrlari avtomatlashtirilgan agregat yakinida yirik gabaritli asboblarning ko‘rsatishiga muvofiq avtomatik ravishda rostlanadi. Bunda, asboblarni mashina va apparatlar yaqiniga joylashtirish deyarli kiyinchilik tug‘dirmaydi. Avtomatlashtirishning bu davrida shkalasi yaxshi ko‘rinadigan yirik gabaritli asboblar ishlatiladi. Bunda bir korpusga o‘lchash asbobi, rostlagich va zadatchik joylashtiriladi. Ikkinchi davr - ayrim jarayonlarning kompleks avtomatlashtirilishidir. Bunda rostlash alohida shitga o‘rnatilgan asboblar boyicha olib boriladi. Yirik gabaritli asboblardan foydalanish - shitni bir necha metrga cho‘zilib ketishiga olib keladi va shitni nazorat qilish qiyinlashadi. Avtomatlashtirishning bu davrida shitdagi asboblarning hajmini kichiklashtirish zarurati paydo bo‘ladi. Bu masalani hal qilish uchun kichik gabaritli ikkilamchi asboblar ishlatiladi. Download 56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling