“Kompyuterni tashkil etish” fani 1-Blok savollari


Download 38.27 Kb.
bet3/7
Sana17.10.2023
Hajmi38.27 Kb.
#1706740
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kompyuterni tashkil etish fani 1-Blok savollari-fayllar.org

Statik TXQ (Static RAM - SRAM). Bu xildagi xotira D-triggerlar asosida quriladi. (ko‘pincha ikkinchi sath keshxotirasi sifatida ishlatilmoqda)

Dinamik TXQ (Dynamic RAM - DRAM). Bu xildagi xotirani qurishda triggerlar ishlatilmaydi. Dinamik TXQ tranzistorlar va juda kichik kondensatorlardan qurilgan, yacheykalar to‘plamidan iborat bo‘ladi.
  1. Tezkor va doimiy xotira qurilmalari.




SSD disk — bu qattiq diskning(nakopitel) bir turi bo'lib, kontroller va mikrosxemalardan tashkil topgan bo'ladi. Uning ichida HDD ichida joylashgan qandaydir harakat qiluvchi disklar bo'lmaydi. SSD disklarning 2 turi mavjud bo'lib, ulardan biri SSD flesh, ikkinchisi SSDRAM deb nomlanadi. O'qish va yozish tezligining yuqoriligi. Ulanish texnologiyasi SATA III hisoblanadi va bu orqali ma'lumotlarni yozish tezligi 3-6 Gb/s ga yetadi.



Qayta yozish. Eng asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Bu qurilmaga fayllarni yozish, ularni o'chirish davomiyligi chegaralangan, ya`ni 10000 marotaba yozib-o'chirish amalga oshganidan so'ng, bu SSD diskni ishlatib bo'lmaydi.

Vinchesterlar HDD(Hard – qattiq, Disk – disk, Drive – dvigatel) germetik (butunlay havo o’tkazmaydigan) yopiq korpusga joylangan, magnitlana oladigan qatlamga ega disklardir.
  1. SIMM xotira modullari.


SIMM (Single Inline Memory Module) – ulanish nuqtalari bir tomonda joylashtirilgan xotira modullari;


  1. DIMM xotira modullari.


DIMM (Dual Inline Memory Module) - ulanish nuqtalari ikki tomonda joylashtirilgan xotira modullari.


  1. Qattiq disklarning texnik parametrlari.


HDD va SSD disklarning texnik parametrlari:


- Hajmi (500 Gb, 1Tb, 2 Tb);
- Qo'llab-quvvatlanadigan standartlar ("qattiq diskda" texnologik interfeyslarning. IDE, EIDE, ATA, PATA, SATA, USB1,2,3);
- Disklarning aylanish tezligi (optimal - daqiqada 7200 ayl/min);
- Bufer hajmi - bufer - o'qish / yozish tezligi va interfeys orqali uzatishni farqlash uchun mo'ljallangan qidiruv xotira. Zamonaviy disklarda odatda 8 MB dan 64 MB oralig'ida bo'ladi.
  1. PATA va SATA intrfeyslari va ularning asosiy ko`rsatkichlari.


PATA va SATA interfeysi:


PATA interfeysi SATA interfeysidan 4 marotaba kattadir. PATA shinasining eng yuqori tezligi 133 MB/s bo'lsa, bu ko'rsatkich SATA1 dan ham past natija. SATA – Serial ATA – ketma ket ATA interfeys hisoblanadi. Bu interfeys PATA(ATA) ga nisbatan ixcham va tezligi bilan afzaldir. Uning bugungi kunga kelib SATA1, SATA2 SATA3 kabi versiyalari mavjud. SATA1 ning shina tezligi 1,5 Gbit/s(150MB/s), SATA2 niki 3 Gbit/s (300MB/s) va nixoyat SATA3ning shina tezligi 6 Gbit/s(600MB/s) gacha o'tkazuvchanlik qobiliyatiga ega.

  1. Tizimli platalar va ularning turlari.


Asosiy plata va uning tarkibi:


Kompyuterning asosiy qurilmasi uning mikroprosessoridir. Qolgan qurilmalar unga xizmat qiladilar. Asosiy plata esa ularni bir-biriga bog’laydi. Odatda yangi mikroprosessor ishlab chiqilganda, u uchun mo’ljallangan asosiy platada foydalanish uchun yangi mikrosxemalar ham yaratiladi. Bu mikrosxemalar birgalikda chipset (mikrosxemalar to’plami) deb ataladi.
Odatda asosiy plata tarkibiga quyidagi qo’shimcha qurilmalar ham kiradi.
1. Ovoz platasi; 2. Videoplata; 3. Mahalliy tarmoqqa kartasi (LAN card).
• Ona plataning form-faktori — bu ona plataning xajmi, mahkamlash joylari, protsessorning qay tartibda oʻrnatilishini aniqlovchi standart.
• Eskirgan: Baby-AT; Mini-ATX; LPX.
• Zamonaviy: ATX; microATX; FlexATX; NLX; WTX, CEB.
• Kiritilayotgan: Mini-ITX; Nano-ITX; Pico-ITX; BTX, MicroBTX va PicoBTX

  1. ISA, PSI shinalari va ularning funksional vazifalari.



PCI (Peripheral Component Interconnect) – tashqi tashkil etuvchi qurilmalarni o‘zaro birgalikda ishlashini ta’minlovchi shina.



  1. Kiritish/chiqarish tizimlari.


Kiritish-chiqarish tizimini tashkillash:


Biron bir qurilma o’ziga xizmat ko’rsatilishini hoxlasa, u boshqarish shinasiga talabga ko’ra uzilish signalini jo’natadi. Bu signalni olgan mikroprosessor o’z ishini to’xtatib unga xizmat ko’rsatadi. Har bir qurilmaning o’z drayveri (unga xizmat ko’rsatuvchi dasturi) bo’lib, uzilish paytida shu drayver ishga tushadi.

  1. BIOS interfeysi va uning funkisonal vazifasi.



  1. USB portlarni tashkil qilish.


USB shinasida ma’lumotlarni uzatish – kompyuter tarmoqlaridagi kabi, kadrlarni almashinish asosida amalga oshiriladi. USB shinasining asosiy konsentratori har bir millisekund oralig‘ida, unga ulangan qurilmalarga uzatib turadigan kadrlari keltirilgan.


USB 1.0 . U ikki rejmda Low-speed -1,5 Mbit/s va Full-speed - 12 Mbit/s qobilayati mavjud edi.
USB 2.0 uch rejmda: Low-speed, 10—1500 Kbit/s (klaviatura, sichqoncha, djoystik, geympad), Full-speed, 0,5—12 Mbit/s (audio-, videoqurilmalar) va High-speed, 25—480 Mbit/s (videoqurilmalar, axborot saqlash qurilmalari) o’tkazuvchanlik qobiliyatida ishlaydi. USB 2.0 port 4 o’tkazuvchanlik tarkibida ishlaydi.
SuperSpeed (USB 3.1 Gen 1) o`tkazish tezligi 5 Gbit/s, USB 3.0;
SuperSpeed+ (USB 3.1 Gen 2) o`tkazish tezligi 10 Gbit/s, USB 3.0.
  1. Tarmoq kartasi va uning texnik parametrlari.



  1. Video kartalar va ularning texnik ko`rsatkichlari.


Videoprotsessor: Zamonaviy kompyuterlar uch o’lchovli grafika, yuqori sifatli video bilan ishlaydi. Bu ulardan ekranga chiqariladigan murakkab axborotni tezda qayta ishlay olishini talab qiladi.


Videoprosessorlarning asosiy parametrlari bu uning razryadlari soni, videoxotirasi sig’imi va bir sekundda nechta triangel (uch o’lchovli tasvirning eng kichik bo’lagi)ni qayta ishlay olishidir.
Video kartaning asosiy parametrlari:
  1. Takt chastotasi;


Radeon HD 6670 = 840 MGs-1500 MGs


GeForce GTX 560 = 822 MGs × 32 = 26304 Meg piksel/s; 822 MGs × 64 = 52608 Meg piksel/s;
2. Xotira hajmi. 1Gb-4 Gb;
3. Shina kengligi; 128, 256, 384 va 512 razryadli;
4. GDDR2, GDDR3, GDDR4, GDDR5. 2,5GGS
  1. Monitorlar va ularning turlari.


Hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan monitorlarning deyarli barchasi suyuq kristalli


monitorlardir. Dastlab, bundan qirq yil oldin elektron soatlar va kalkulyatorlarda foydalanilgan suyuq kristallar hozir deyarli barcha tasvirlarni aks ettiruvchi qurilmalarda
ishlatiladi. LCD (Liquid Crystal Display – cuyuq kristalli displey) deb ataluvchi bu monitorlar
foydalanuvchilar orasida o’zining tashqi o’lchamlari sababli yassi monitor deb ham ataladi.
So’nggi paytda yarim o’tkazgichli fotodiodlardan foydalanadigan monitorlar keng ishlab
chiqarila va narxlarning pasayishi sababli ommaviylasha boshlandi. Bunday monitorlar LED (Light Electronic Diode – yarim o’tkazgichli fotodiod) deb nom olgan.

  1. Ma`lumotlarga konveyer ishlov berish va prinsipi



  1. Magnitli disklar – vinchesterlarning mexanik strukturasi.


Magnit disklar.


Yo‘lka (rus tilida – dorojka) deganda, disk to‘liq bir marotaba aylanishi natijasida, unga yozilgan bitlar ketma-ketligi tushuniladi. Har bir yo‘lka ma’lum bir uzunlikdagi sektorlarga bo‘lingan.(HBY-512 bayt)
Yo‘lkada ma’lumotlardan avval, yozish-o‘qish qurilmasini sinxronlash uchun mo‘ljallangan preambula (preamble) joylashgan bo‘ladi.
Ma’lumotlardan keyin esa, xatolarni to‘g‘irlash kodi ECC (Error-Correcting Code) yozib qo‘yiladi. Hozirgi disklarda 5000 dan 10 000 tagacha yo‘lkalar bo‘lishi mumkin, ya’ni har bir yo‘lkaning kengligi 1 mikrondan - 2 mikrongacha bo‘lishi mumkin (1 mikron=1/1000 mm).

  1. Kompyuter xotira ierarxiyasi.


Xotira ierarxiyasi: Ierarxiya bo‘ylab yuqoridan pastga qarab, uchta ko‘rsatgichni o‘zgarib borishini ko‘rishimiz mumkin.


1. Xotiraga murojaat qilish vaqti;
2. Xotira xajmi o‘sib boradi ;
3. Xotira qurilmalarining narxi;
Xotira elementlariga murojat qilish vaqtlari ierarxiyasi:
Registrlar – 1 ns;
Kesh xotira -10 ns;
Asosiy xotira -10-20ns;
Magnit disklar -10 mks;
  1. Xotiraning asosiy parametrlari






Download 38.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling