Kompyuterni viruslardan tozalash. Fayllarni arxivlash. Matnlima`lumotlar yaratish


Kompyuter va boshqa tashkiliy texnikalarda ishlovchilar uchun me'yorlar va sanitariya qoidalari


Download 1.82 Mb.
bet11/12
Sana24.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1061893
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kompyuterni viruslardan tozalash. Fayllarni arxivlash. Matnlima`lumotlar yaratish.

Kompyuter va boshqa tashkiliy texnikalarda ishlovchilar uchun me'yorlar va sanitariya qoidalari
1. Umumiy qoidalar
Ushbu sanitariya qoida va me'yorlari har xil tarmoqlarda keng ishlatiladigan kompyuter (KT) va tashkiliy texnika (TT)larda ishlovchilarning mehnatini tashkil etib, qulay mehnat sharoitini yaratib berishga yunaltirilgan. Talab va qoidalarning amalda bajarilishi mehnat sharoitini qulaylashtirib, ish qobiliyatini oshirish va ishlovchilarning sog'lig'ini saqlab qolishga yordam beradi.
KT si ma'lumotlarni kiritish (to'plash), uni ishlash va natijani (uzatish)ga, TT ma'lumotlarning nusxasini olishga mo'ljallangan.
KT va TTda ishlovchilar aqliy mehnat qiluvchilar toifasiga kiradi. KT da ishlaydiganlarga quyidagilar kiradi: matematik-programmalovchi, boshqaruvchilar, muhandis-elektronchilar, texnik sozlovchilar, rejalashtirish va hisob-kitob operatsiyalari (hisob-kitobchilar, iqtisodchilar) bilan band bo'lganlar.
2. KT va TT ishlarining tarkibi
2.1. KT si bilan ishlaydiganlar ishlab chiqarish muhitini zararli va xavfli omillari hamda mehnat jarayoni ta'siriga uchrashi mumkin:
— elektromagnit maydoni — EMM (radiochastota, past quvvatli rentgen nurlanishi, ultrabinafsha va infraqizil nurlanish);
— elektrostatik maydonlarining kuchlanganligi;
— havoning ionizatsiyalanishi;
— kimyoviy omil, azon, lazerli printerlar ishlatilganda toner
bo'yoq moddasining changi;
— meteorologik omil: joy iqlimining o'ziga xosligi, yil fasli, ventilyasiya hamda isitish tizimi va boshqalar;
— mexanik va elektr qurilmalarida ishlaganda hosil bo'ladigan shovqin;
— elektr tokidan jarohatlanish xavfi;
— ruhiy hissiyotlar zo'riqishining ortib ketishi;
— ko'rish analizatorining zo'riqishi;
— barmoqlar va panjaning muskuli hamkorligida tez sur'atda bajariladigan bir xil chegaralangan harakat;
— tananing majburiy, bir xil ishchi holatda turishi, gipokeneziya.
TT lar bilan ishlashda havoning ionlashuvi, elektromagnit maydonlarining kuchlanganligi, azon, bo'yoq moddalarining changi, majburiy ishchi holat zararli va xavfli omillar hisoblanadi.
2.2. Texnikaning vazifasi va kasbga qarab, mehnat tartibi ishning alohidaligini inobatga olgan holda har xil bo'lishi mumkin (bir yoki ikki smenali va sutka mobaynida). Bir smena davomiyligi 6 soat, 36 soatlik haftalik smena mobaynida ovqatlanish uchun tanaffus 40 daqiqadan kam bo'lmasligi kerak. Smena mobaynida mikrotanaffuslar kiritish lozim, ular ish vaqtiga kiritiladi.
2.3. Mehnat sharoiti va mehnat tartibi, aqliy mehnatning zo'riqishi va boshqa yuklanishlar KT va TT da ishlaydiganlarning markaziy asab tizimi funksional holatining o'zgarishiga, tayanch-harakat apparati va qo'l panjalarining o'ta zo'rqishiga olib kelishi mumkin. Gipokineziya va ishning bir xilligi ishchining umumiy toliqishini (ish qobiliyatining pasayishi) vujudga keltiradi. Bundan tashqari, displey ekrani oldida uzoq vaqt bo'lish ko'rish analizatorining zo'riqishiga hamda toliqish va ko'rish qobiliyatining susayishiga olib keladi. Ishchilarda tez-tez asabiylashish, uyquning buzilishi, charchoq, ko'z, bel, bo'yin atrofi, qo'l va boshqa a'zolarda og'riqlar paydo bo'lishi mumkin.
2.4. Kompyuter texnikasida ishlovchilar mehnati og'irligi va zo'riqishi bo'yicha asosan 2-darajali zararli va zo'riqish mehnatiga kiradi (Mehnat sharoitlarining ko'rsatkichlari bo'yicha gigiyenik tasnifi O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan 1996-yil 19-martda tasdiqlangan). .
3. Kompyuter va tashkiliy texnika qurilmalarini rejalashtirish, joylashtirish va ishlatishga qo'yiladigan talablar
3.1. KT va TT ni ishlatishga mo'ljallangan korxona va tashkilotlarning ma'muriy va maishiy binolari QM va Q shuningdek, quyidagi qoidalarni hisobga olgan holda loyihalanadi.
3.2. KT va TT ishlatiladigan laboratoriyalar, bo'limlar, sexlar, uchastkalar alohida xonalarda joylanmog'i lozim. Smenada ishlaydigan ishchilarning ko'pligini hisobga olgan holda xonaning yuzasi bir kishi hisobiga 6,0 m2, hajmi 20,0 m3. dan kam bo'lmasligi kerak.
Yuqorida qayd qilingan xonalarni vertulalarda joylashtirishga yo’l qo'yilmaydi.
3.3. Xonalarni joylashtirishda bajarilayotgan ishlarning bir xilligiga e'tibor berish, ishchilarning mehnat sharoitini yaxshilash maqsadida xonalarga videomonitorlar o'rnatish lozim. Nusxa ko'chirish qurilmalari va disklar uzoq muddat saqlanadigan xonalar himoyalangan bo'lmog'i kerak.
3.4. KT va TT ning konstruktiv va texnologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ish va o'tish joylari quyidagi o'lchamlarda bo'lmog'i lozim:
— ikki qatorli joylashtirishda old tomondagi pult va qurilma boshqaruv paneli orasi 1,2 m. dan kam bo'lmasligi;
— orqa va yon tomonida olinadigan panel va boshqa qurilmalariga ega bo'lgan KT siga xizmat ko'rsatish oralig'i 0,8 m. dan kam bulmasligi;
— displeylarga ega bo'lgan ishchi o'rinlari orasidagi masofa 1,5 m. dan kam bo'lmasligi;
— KT bir qatorlama joylashtirilganda devor orasidagi masofa 1,5 m. dan kam bo'lmasligi shart.
3.5. Yangi ishga topshirilayotgan korxonalarning KT va TT o'rnatilgan bo'limlari, sex, laboratoriyalari, uchastkalari ish boshlashdan oldin maxsus komissiya tomonidan SanQ va M no 0007-94 talablari va amaldagi qoidalar hisobga olingan holda qabul qilinishi lozim.
3.6. Komissiya ob’yektning ishga qabul qilinganligi to'g'risida ishni boshlashga ruxsat beruvchi hujjat dalolatnoma tuzadi. Dalolatnomaning bir nusxasi SES ga beriladi, ikkinchisi shu ob’yektda qoladi.
3.7. KT va TT lar bilan ish bajariladigan xonalarda qulay ish sharoiti yaratilgan bo'lishi lozim. Zararli va xavfli omillarning maqbul darajasi sanitariya me'yori qoidalari va O'zbekiston Respublikasining gigiyenik normativlariga muvofiq kelishi shart.
3.8. KT va TT larda ish boshlashdan oldin xonalarda mehnat sharoitini tashkil etish va nazorat qilish hamda javobgar shaxs tayinlanishi lozim.
3.9. KT va TT larda ishlovchilarning mehnat sharoiti bo'yicha zararlanish va xavfliligi darajasini baholash ish joylarini baholanish (attestatsiya) ma'lumotlariga asosan, ya'ni xo'jalik rahbarining buyrug'i asosida tuzilgan komissiya bergan ma'lumotlarga qarab olib boriladi.
3.10. SanQ va M No 0,009-94 ga asosan, nurlangan shaxslarning toifaga kiritilishi, SES bilan kelishilgan holda baholash (attestatsiya) komissiyasi tomonidan ish joyida rentgen nurlanish miqdori, quvvati va himoyalanish darajasini hisobga olingan holda aniqlanadi.
4. Xonalarda ishchi o'rinlarini tashkil etish
4.1. KT va TT ishlari olib boriladigan xonalarda ishchi o'rinlarining tashkil etilishi SanQ va M NeOO 1-94 ga asoslangan holda olib borilishi kerak.
Ishchi mebelining konstruksiyasi ishchining bo'yi va gavdasiga mos bo'lishi lozim. Tez-tez ishlatib turiladigan mehnat predmetlari va boshqarish organlari ishchi uchun qulay bo'lishi kerak.
4.2. Ish stolining balandligi 580—760 mm oralig'ida saqlanishi lozim, agar bunga imkon bo'lmasa, stolning balandligi 720 mm bo'lishi kerak; stol ustining eng qulay ishchi o’lchami 1600x900mm hisoblanadi. Ish stolining tagida balandligi bo'yicha 600 mm, eni bo'yicha 500 mm va chuqurligi bo'yicha 650 mm. dan kam bo'lmagan oyoq harakati uchun erkin bo'shliq bo'lishi kerak. Ish stolining ustida hujjatlarni joylashtirishga maxsus joy mo'ljallanmog'i kerak, ko'z bilan uning oralig'i, ko'zdan klaviaturagacha bo'lgan masofadek bo'lishi lozim, bu ko'rishdagi toliqishni ancha kamaytiradi.
4.3. Ish stuli (kreslo) ko'tariladigan - buriladigan, o'tiriladigan va suyaniladigan qismi balandligi bo'yicha sozlanishi, shuningdek, uning kontruksiyasi suyanchiq burilish burchagining o'zgarishini ta'minlovchi moslama bilan jihozlangan bo'lishi kerak. Kreslo tirsak qo'ygichga ega bo'lishi, har bir parametrlari yengil sozlanishi va mustaqil bo'lmog'i lozim.
O'tiriladigan qism yuzasining balandligi 400—500 mm oralig'ida saqlanishi, eni 400 mm, chuqurligi 380 mm dan kam bo'lmasligi lozim, uning gorizontal tekislikdagi egilishi 400 mm suyanchiqning qiyalik burchagi o'tiriladigan qism tekisligiga nisbatan 90—110° oralig'ida o'zgarishi darkor.
Ish stulining ustki qismidagi qoplama materiali kirlanishdan oson tozalanishi, yarim yumshoq, sirpanmaydigan, elektrolizatsiyalanmaydigan va qoplamasi havo o'tkazuvchan bo'lishi maqsadga muvofiq.
Xulosa
Bitiruv malakaviy ishimdan shuni xulosa qildimki, kompyuterni viruslardan ximoyalash uchun kompyuterga birinchi navbatda tashqi xotira qurilmalardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak.
Elektron pochtadagi, ayniqsa, notanishlardan kelgan xabarlarga ham judayam ehtiyotlik bilan yondashib, sal shubhalangan xabarlarni ham ochmasdan olib tashlang va xabarni jo’natgan shaxs bilan bog’laning va u jo’natgan xabarda virus yo’q bo’lishiga ishonch hosil qiling. Shuningdek, antivirus dastur hamma elektron pochta orqali kelayotgan xabarlarni tekshirayotganligiga amin bo’lish kerak.
Antiviruslarni yaxshi tarafi shundaki, sifatli yaratilgan dastur hamma ma’lum bo’lgan viruslarni aniqlash xususiyatiga ega. Lekin virusning ma’lumotlar bazasini tez-tez yangilab turish kerak, chunki antivirus dasturi yangi chiqib kelayotgan zararali dastur kodlari bilan qanday kurashish kerakligini bilishi shart.
Bundan tashqari, o’z funksiyalarini avtomatik ravishda bajaradigan antivirus dasturiy ta’minotdan foydalanganda, komyuterda talab qilgan ishlarni bajarish zarur. «Tekin» yuklanish dasturlarni tekshirib turing va kompyuterni o’chirganda disketalarni qoldirib ketmang, chunki keyinchalik kompyuterni yoqganda yuklanish disketadan bajarilmasin, chunki bu harakatda kompyuter fayllarini zararlantirish mumkin.
Kompyuter viruslari bilan kurashish o’ta muhim va dolzarb masaladir, negaki viruslar kompyuterlarning normal ishlashini buzibgina qolmasdan, balki undagi hamma bor ma’lumotlarni buzishi va xatto bu ma’lumotlarni yo’qotishi mumkinligi yanada qo’rqinchlidir. Kompyuterning viruslari bilan buzilgan ish qobilyatini virusga qarshi dasturlarni ishlatib xar doim tiklash mumkin, ammo yo’qotilgan ma’lumotlarni xar doim xam tiklash imkoniyati yo’q.



Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling