Kompyuterning tizimli bloki Reja: Tizimli blok va uning tuzilmasi


Download 0.89 Mb.
bet3/3
Sana21.04.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1372056
1   2   3
Bog'liq
14 Kompyuterning tizimli bloki

Tizimli bloki
Ti zimli bloki odatda desktop (yassi) yoki town (minora) koʻrinishida ishlab chiqariladi.
Kompyuterning asosiy qismlari tizimli blokida joylashgan boʻlib, ular quyidagilardir:

Tezkor xotira (RAM-Random Access Memory-ixtiyoriy kirish mumkin boʻlgan) mikroprotsessor, qurilmalar nazoratchilari, (yahni kontrollerlar, adapterlar, elektr manbai bilan tahminlash bloki), yumshoq disk yurituvchi qurilmasi (FDD-Floppy Disk Driver), qattiq disk yurituvchi qurilmasi (hDD-hard Disk Driver), faqat oʻqish uchun moʻljallangan (CD ROM-Compact Disk Read Only Memory) yoki uning oʻrniga xozirda xam oʻqish xam yozish uchun hizmat qiladigan lazer disk yurituvchi qurilmasi (CD RW yoki DVD RW) boʻlishi xam mumkin, shinalar, modem va boshqa qurilmalar. Tizim blokiga uning parallel (LPT) va ketma-ket (COM) portlari orqali koʻplab tashqi qurilmalarni ulash mumkin.


Mikroprotsessor. Mikroprotsessor kompyuterning amal bajaradigan qismi boʻlib, u ma’lumotlarni berilgan dastur asosida qayta ishlaydi. Mikroprotsessor 140 ta atrofida turli arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. IBM rusumli kompyuterlarda Intel tipidagi (shu nomli firma ishlab chiqqan) mikroprotsessorlar ishlatiladi. Bu firma oʻz faoliyati mobaynida Intel-8080, 80286, 80386, 80486, pentium, pentium pro (professional) mikroprotsessorlari ishlab chiqargan boʻlib, hozirda faqat zamon talablariga javob beradigan pentium-III, pentium-IV protsessorlarini bozorga chiqarmoqda. Shuni aytish joyizki, bu protsessorlar faqat Intel firmasida ishlab chiqarilishi shart emas. Uning litsenziyasi asosida bunday mikroprotsessorlar, ishchi kuchi arzon boʻlgan, Janubiy- sharqiy Osiyo mamlakatlarida koʻplab ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari, IBM kompyuterlariga moslik shartini bajaradigan boshqa firmalar: AMD, Cyrix, Celeron va hokazo ishlab chiqqan mikroprotsessorlar ham keng qoʻllaniladi. Ammo boshqa firmalar ishlab chiqqan mikroprotsessorlar Intel-pro­tsessorlardan umuman aytganda kuchsizroq hisoblanadi. Hozirda MMX-protsessorli kompyuterlar keng qoʻllaniladi. Protsessorlarning tezligi megagertslar (Mgts) sekundda o’lchanadi.
MMX pentium protsessori. Intel firmasining keyingi avlod protsessori sifatida 1997 yil yanvar oyidan boshlab chiqarilayotgan MMX (Matrix Multiplication Extension) pentium protsessorini aytish mumkin. Dastavval bu protsessor matritsalarni koʻpaytirish uchun kengaytma nomi bilan atalgan boʻlsa, keyinchalik MultiMedia Yextension-multimedia uchun kengaytma deb atala boshladi. Bu yangi protsessorni ishlab chiqishdan maqsad, keyingi yillarda ommaviy qoʻllanilib borilayotgan kompyuterning mulgʻtimedia (ovozi, grafik, tasvir) imkoniyatlarini har tomonlama barkamollik darajasiga koʻtarish multimedia amaliyotlarni tez bajarishni tahminlashdan iborat. Bu amallar qatoriga, jumladan mulgʻtimedia berilganlarini, ikki va uch oʻlchovli grafikalarni tez bajarish kiradi. Shu bilan birga bu protsessor koʻpaytirish va qoʻshish amallarini koʻproq ishlatadigan amaliy dasturlarda amallarni tezroq bajarishga qaratilgan. shuning uchun ham uni koʻproq matematik soprotsessorni talab qilmaydigan, butun sonlar bilan ishlash bilan bogʻliq masalalarni yechishda qoʻllash maqsadga muvofiq boʻlsada, tajribalar uning har tomonlama ustunligini koʻrsatadi.
Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling