Kompyuterning tizimli bloki Reja: Tizimli blok va uning tuzilmasi
Kompyuterning ishlash printsipi va tashkil etuvchilari
Download 0.89 Mb.
|
14 Kompyuterning tizimli bloki
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi.
Kompyuterning ishlash printsipi va tashkil etuvchilari. Ixtiyoriy kompyuterning ishlash printsipini birinchi boʻlib ingliz olimi Charlgʻz Bebich va uning gʻoyasini mukammallashgan koʻrinishini Djon Fon Neyman taklif qilgan. Uning printsipi dastur asosida boshqariladigan avtomatik ravishda ketma-ket ishlash gʻoyasidan iborat. Hozirda koʻp rusumli kompyuterlar shu gʻoya asosida ishlaydi. Lekin keyingi paytlarda koʻp protsessorli kompyuterlar, yahni bir vaqtda dasturning boʻlaklarini ketma-ket emas, parallel bajaradigan kompyuterlar ham yaratilganligini eslatib oʻtish joizdir. shunday qilib, kompyuter avvaldan tuzilgan dastur asosida ishlaydi. Oʻz navbatida dastur qoʻyilgan masalani kompyuterda yechish uchun qandaydir dasturlash tilida yozilgan buyruqlar (operatorlar) ketma-ketligidir. dasturlash tilida tuzilgan dasturlar maxsus tarjimon dasturlar yordamida kompyuter tiliga oʻtkaziladi. Kompyuter tili 0 va 1 lardan tashkil topgan, mahlum qoidalar asosida yoziladigan ketma-ketliklardan iborat. Djon Fon Neyman printsipi boʻyicha avtomatik ravishda bajariladigan dastur avval kompyuterning xotirasiga kiritiladi (yuklanadi). Xotirada turgan dastur asosida dasturni tashkil etuvchi har bir operator ketma-ket bajariladi. Boshqaruv qurilmasi deb ataluvchi maxsus qurilma hozir qanday operator bajarilishi va undan keyin qaysi operator bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatadi va uni bajarilishini tahminlaydi. Amal (arifmetik-mantiqiy) esa protsessor deb ataluvchi qurilmada bajariladi. Dastur ishlash natijasi toʻgʻridan-toʻgʻri ekranda yoki tashqi qurilma (chop qiluvchi mexanizm, grafik chizuvchi qurilma, video qurilma va boshqalar) deb ataluvchi qurilmada koʻrilishi mumkin. Odatda kompyuter ikki qismdan: hardware (kompyuterni tashkil etuvchilari - kompyuterning qattiq qismlari) va Software (kompyuterning dasturiy tahminoti - kompyuterning yumshoq qismlaridan) tashkil topgan deyiladi. Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi. Shaxsiy kompyuterlar quyidagi asosiy qurilmalardan tashkil topgan: tizim bloki; monitor; klaviatura; sichqoncha. IBM firmasiga taalluqli shaxsiy kompyuterlar, inglizcha IBM PC kompyuterlari atamasida yuritiladi va ular hozirgi kunda eng keng tarqalgandir. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling