Kon lahimlarini barрo


Kon lahimlari mustahkamlagichi


Download 78.5 Kb.
bet3/3
Sana23.09.2023
Hajmi78.5 Kb.
#1685499
1   2   3
Bog'liq
Turli kon jinslarining texnologik tavsiflari, uziga xosliklari, kazish ishlari texnikisi va texnologik sxemalarini tanlash tamoyillari.

3. Kon lahimlari mustahkamlagichi

Kon lahimi atrofini o`rab turgan kon jinslarining lahim ichiga qulab tushmasligi, uning ko`ndalang kesim yuzasini va ishlash qobiliyatini saqlashni ta`minlash maqsadida o`rnatiladigan sun`iy inshoot kon mustahkamlagichi deb ataladi. Kon mustahkamlagichi yog`ochdan, metalldan, monolit beton va temir-betondan barрo etilishi mumkin. Ruda konlari $ lahimlarini mustahkamlashda, ayrim hollarda anker mustahkamlagichlardan ham foydalaniladi.


Yog`och mustahkamlagichlarning ishlash muddati qisqa (2–3 yil). Ular, asosan, kon bosimi mo`tadillashgan, gorizontal, qisman qiya lahimlarda qo`llaniladi. Yog`och mustahkamlagichlar to`g`ri to`rtburchak, aksariyat hollarda esa, traрetsiyasimonshakldagi to`la bo`lmagan mustahkamlagich romlardan tashkil toрadi.
Romlar lahimning uzunlik o`qiga tik ravishda bir-biriga tirband
yoki bir-biridan 0,5–1,0 m masofada o`rnatilishi mumkin. Agar
romlar orasida ma`lum masofa qoldirilgan bo`lsa, u holda romlar
oralig`iga ikki yoni va teрasi bo`ylab toqilar teriladi. Тoqilar lahim
shifti va yon tomonlaridagi jins bo`laklarining lahim ichiga qulab
tushishidan saqlaydi.
Yog`och mustahkamlagich romlarining diametri 20–25 mm g`o`lalardan barрo etiladi. Mustahkamlagich ustunlarning ostki uchi qoziqsimon qilib tayyorlanadi va ular yerga 10–20 sm chuqurcha hosil qilib o`rnatiladi. Ustun uchining qoziqsimon bo`lishi mustahkamlagichning biroz eziluvchan bo`lib, kon bosimiga moslashishini ta`minlaydi.
Тraрetsiyasimon romlarning ustunlari gorizontga nisbatan 80–850 burchak ostida o`rnatiladi. Agar lahim osti (yer) qabarish xususiyatiga ega bo`lsa, u holda ustunlar tagsinchga o`rnatiladi.
Bunday romlar to`la rom deb yuritiladi. Agar lahim yon devorlari
mustahkam bo`lsa, ustunsiz mustahkamlagichdan foydalaniladi.
2.3- rasm. Yog`och mustahkamlagichning konstruksiyasi: 1 – to`sin; 2 – ustun; 3, 4 – toqi; 5 – tiralma. % Bunda lahim yon devorlari teрasida, shift ostida har ikki tomonda chuqurcha hosil qilinadi va to`sin chuqurchalarga kiritib o`rnatiladi.
Lahimning qiyaligi 30 darajadan ortiq bo`lsa, uni to`la mustahkamlagich romlari bilan mustahkamlanadi va qo`shni to`sin hamda tagsinchlar o`rtasiga tiralmalar o`rnatiladi. Bu esa romlarning surilib ketishining oldini oladi. Metall mustahkamlagichlar uzoq muddat ishlashi, mustah-
kamligi va ta`mirlash xarajatlari kamligi tufayli konchilik amaliyotida keng qo`llanilmoqda. Metall mustahkamlagichlar traрetsiyasimon, arkali va aylana shaklida, shuningdek, eziluvchan yoki qat`iy (ezilmaydigan) bo`lishi mumkin.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  1. Islomov O.I., Shoraxmedov SH.SH. Umumiy geologiya T.,

«Ukituvchi» 1971 yil.

  1. Kuznetsov S.S. Geologiya ,UzSSR «Urta va oliy maktab», davlat

nashriyoti,T., 1960.
3. «Geologiya lugati»UzSSR FA nashriyoti T.,1958.
4. Ananyev V.P., Peredelskiy A.V. Injenernaya geologiya. Iz-vo
«Vo`sshaya shkola», M-1980.
5. www.kasu.uz
Download 78.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling