Kon mashinalarining yuritmalari
Download 30.13 Kb.
|
KON MASHINALARINING YURITMALARI
KON MASHINALARINING YURITMALARI Kon mashinalari va komplekslarining yuritmalari kuch beruvchi uskuna, uzatuvchi mexanizm, tezligini tartibga soluvchi va ishchi organi yonalishini ozgartiruvchi moslama hamda boshqarish sistemalaridan iborat. Kon mashinalari har xil ishchi organlari yuritmalarining maxsus sharoiti va ishlash rejimi ularga turli talablarni qoyadi. Olayotgan energiyasining turidan, ishlash sharoitidan va rejimidan qatiy nazar ishchi organlarining yurit- malari quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak: portlashga xavfsiz bolishi; uni ishlatayotgan ishchiga xavfsiz bolishi; ish rejimiga mos keluvchi quvvati va tartibga solishga mos ishchi tavsifga ega bolishi; ishlash sharoiti va rejimida yuqori ishonchli bolishi; ishlatishda, yigishda va bolaklarga bolishda qulay bolishi. Kon mashinalarining kuch beruvchi organlariga meyoridan kop yuk kotarish qobiliyatini oshirish va katta dinamik rejimda ishga tushish momentining oshib ketishi, katta qarshiliklarga duch kelgan holda, shuningdek, katta qarshiliklarda ishni inkor et- masdan shu holatdan chiqib ketishi uchun maxsus talablar qoyiladi. Qazib oluvchi yoki lahim otuvchi kombaynlarning yuqori sa- maradorlikda ishlashini taminlash uchun qirqish va uzatish tez- ligini ozaro tartibga solinishini taminlash muhim vazifa hi- soblanadi. Kon mashinalari boshqa hamma ishchi organlarining yurit- malari shu mashina ishchi organining nazariy unumdorligini taminlashi kerak. Yuritmalarning ishchi organlari bilan ozaro joylashishiga qarab ikkita asosiy sxemani: bitta yuritmali va kop- yuritmali sxemani alohida ajratish mumkin. Kopgina foydali qazilma qazib chiqaruvchi kombaynlar bitta yuritmaga egadirlar. Kopyuritmali sxema, asosan, lahim otuvchi kombaynlar (ÏÊ10 kombayni onta yuritmaga ega)da qollaniladi. Bitta tashqi yuritmasi (nasos stansiyasi) bolgan holda nafaqat mustahkamlovchi komplekslar, balki mexanizatsiyalashtirilgan mustahkamlovchi komplekslar ham kopyuritmali sistema hisob- lanadilar, hattoki ularning har qaysi seksiyasi ikkita gidroyurit- ma shitni boshqaruvchi element va chiziqli qozgatuvchi elementga ega. Kopyuritmali sistemalarda tez-tez hamma yuritmalarni masalan, kombayn gusenitsalarining yuritmasi, bitta yoki kop- yuritmali sistemalar halqasimon qirgich qurilmasi, kopyuritmali konveyerlar va boshqalarni sinxronlashtirish masalasi paydo bolib turadi. Yuritmalar oladigan energiyalariga qarab elektr (ozgarmas yoki ozgaruvchan tok), gidro, pnevmo va dizel yuritmalar bolishi mumkin. Kopincha, elektrgidroyuritma va elektrpnevmoyuritma kabi kombinatsiyali yuritmalar uchrab turadi. Strukturali kompanovka boyicha ikkita asosiy yuritma sxemasi mavjud: kuch beruvchi yuritma va uning uzatuvchi mexanizmi (masalan, yuritma reduktor, yuritma ishga tushiruvchi mufta va boshq.) va uzatuvchi mexanizmisiz (kuch beruvchi silindr, gidroyuritma ishchi val va boshq.) sxema. Odatga kirib qolganligi va yuqori tejamkor bolganligi uchun elektryuritmali qazib oluvchi, lahim otuvchi va boshqa mashinalar kop qollanib kelinmoqda. Gidroyuritmalar kichik geometrik olchamlari, bir tekisda va katta diapazonda tezlikni ozgartirishlari hisobiga yangidan-yangi konstruksiyali mustahkamlovchilarda qollanilayapti. Pnevmo- yuritmalar elektr energiyani xavfsizlik qoidalari boyicha qollash mumkin bolmagan konlarda qollanishi mumkin. Pnevmoyuritma ishlatishda eng xavfsiz, oddiy va ishonchli yuritma hisoblanadi, lekin siqilgan havo energiyasining narxi boshqa energiyalarga nis- batan qimmat, pnevmoyuritma kerakli quvvatni bera olmaydi. Shunga qaramay, qazib oluvchi kombaynlardan tashqari, pnev- moenergiya burgilash mashina va qurilmalarida keng qollanib kelinmoqda. Dizel yuritmalar, asosan, ruda konlari sharoitida va ochiq kon- larda ishlatiladi. Kon mashinalariga yuritma tanlashda birdan-bir hal qiluvchi sharoit, yuritma mexanik xarakteristikasi ishchi mexanizmining mexanik xarakteristikasiga mos kelishi hisoblanadi. Kon mashinalarida ozining tejamkorligi va ishlatishda qulay- ligi natijasida elektryuritmalar nisbatan kop qollanib kelinmoqda. Kon mashinalarining kuch berish uskunalarida asosan aylanib ish bajaradigan, ozgaruvchan va ozgarmas tokda ishlaydigan, rotor- lari qisqa tutashgan, qozgaluvchan kontaktlari bolmagan, sodda konstruksiyali va ishlatishda ishonchli asinxron yuritma (dvigatel)- lar qollaniladi. Ozgarmas tok yuritmalarining geometrik olchamlari nisba- tan katta, ishlashi uchun maxsus ozgarmas tok olish uchun togri- lovchilar va kollektorlarni katta tokdan himoya qiluvchi himo- yalovchi elementlar talab qiladi. Shuning uchun bu yuritmalar mashina-mexanizmlarning tezligini rejalashtirish va ularni ravon, asta ishga tushirish lozim bolgan hollarda qollaniladi. Kon mashinalari uchun asinxron yuritmalar uchta variantda portlashdan himoyalangan holda RB klemmasi bilan tayyorlanadi: birdan-bir seriya BАО (quvvati 1000 kVt gacha), konveyerlar uchun flansli seriyasi КОФ(quvvati 160 kVt gacha) va kom- baynlar uchun seriyasi EDK, EDKO, EKB (soatbay quvvati 180 kVt gacha). Dvigatellar uch fazali, ozgaruvchan, kuchlani- shi 660/380 V bolgan tok manbayidan ishlaydi. Qolda ishlati- ladigan asboblar 127 V, chastotasi 50200 Gs bolgan tok manba- yidan ishlaydi. Keyingi vaqtda kon mashinalarining elektryuritma- larini 1140 V kuchlanishga otkazish borasida ilmiy izlanishlar olib borilayapti. Elektryuritmalarning aylanish chastotasi, odatda, 147014851/min, 200 Gs gacha chastotada ishlaydigan elektryuritmalarning chastotasi 12000 1/min gacha boradi. EDK turkumidagi kombayn elektryuritmalari parallelepiped shaklidagi korpusga ega bolib, ularning ichida stator chulgamlari va qisqa tutashgan ikki tomonga chiqqan oqli rotori bor. Rotorlar portlash tolqinini ochiruvchi halqasimon oraliq bilan jihozlan- gan. Yuritmaning korpusi portlash vaqtida hosil bolgan gaz bosimining 3 mPa kuchiga hisoblangan. Elektryuritma korpusiga markazdan qochma ventilator va havo almashuvi uchun ariqchalar o’rnatilgan. Elektr kabeli dvigatelga germetik ulanadi. Kombaynlarning elektryuritmalari korpusining balandligi boyi- cha moslashtirilgan bolib, 5 xil olchamli: 310, 350, 400, 450 va 500 mm li, yuritmaning eni boyicha ikki xil olchamli 780 va 1400 mm li. BAO seriyali elektryuritmalar silindr korinishidagi korpusli bolib, kombayn yuritmalaridan mexanik xarakteristikasi bilan farq qiladi. Asinxron elektryuritmalarining xarakteristikalari meyoridan ortiq yuklamada ishlaganlarida barqaror ishlay olmasligini, ishga qiyin tushishini va rejalashtirilmaydigan ishchi chastotaga ega ekanligini korsatdi. Asinxron elektryuritmalarining pasport korsatkichlarida nomi- nal ishga tushish va maksimal momentlari, oqining nominal va maksimal momentlaridagi aylanish chastotasi, FIK va quvvat koeffitsiyentining nominal rejimdagi qiymatlari, rotorning inersiya momenti, geometrik olchamlari, ulanish joyining ol- chamlari va massasi korsatiladi. Asinxron elektryuritmalarining kon mashinalari yuritmasida qollanishi ular yetarli avtonomliligi- ning kamligi, inersionliligi, portlashga xavfliligi, tezligini reja- lashtirish cheklanganligi, ularni ishlatayotgan ishchiga xavfliligi tomonidan cheklanadi. Pnevmoyuritmalar portlashga xavfli sharoitlarda va zarb bilan tasir etuvchi mashinalarda ishlatiladi. Pnevmoyuritmalar elektr yuritmalari bilan olchamlari va ulanadigan olchamlariga kora moslashtirilgan. Sanoat elektr va pnevmoyuritmalar bilan birga ishlaydigan mashinalar ishlab chiqaradi. Pnevmoyuritmalar portlashga va yon- ginga xavfsiz, aylanish chastotasini keng kolamda rejalashtirish mumkin va yaxshi ishga tushirish xarakteristikasiga ega. Pnev- moyuritmalar borib-qaytuvchi tasir etuvchi, shuningdek, zarb be- ruvchi, konstruksiyasi sodda, kichik tezliklarda qizib ketmaydigan mashina hisoblanadi. Pnevmoyuritmani qollash elektr toki bilan tasirlanishni man etadi. Kon mashinalarining yuritmalarida pnevmoyuritmalarning ay- lanuvchi harakatdagi shestenali (45-rasm, a ), porshenli ( b ) va plastinkali ( d ); borib-qaytuvchi harakatlanadigan ( e ) va zarb beruvchi ( f ) xillari qollaniladi. Shesternali yuritmalar ikkita ozaro tishlashishda bolgan kor- pus bilan malum kichik masofada joylashgan shesternadan iborat (45-rasm, a ). Aylanish tomonini ozgartirish lozim bolgan 45-rasm . Pnevmoyuritmalarning sxemasi: a shesternali; b porshenli; d plastinkali; e borib-qaytuvchi harakatlanadigan; f zarb beruvchi; g statik tasir qiluvchi pnevmoyuritmalar. www.ziyouz.com kutubxonasi 116 yuritmalarda qiya tishli (êîñîçóáûå) shesternalar, faqat bir tomonga aylanuvchi yuritmalarda qiyaligi ikki tomonga yonal- tirilgan (shevronli) shesternalar qollaniladi. Porshenli yuritmalar yulduz shaklida joylashgan, ichida porshenlarning borib-qaytuvchi harakati sodir bolgan silindrlar- dan iborat (45-rasm, b ). Harakat porshendan krivoshipli shatun- larga otadi. Krivoshipning oqi bilan taqsimlovchi qattiq qotiril- gan, taqsimlovchi silindrga navbatma-navbat havoni berib turadi. Plastinkali yuritmalar silindrik kamerali korpusdan, uning ichida ekssentrik joylashgan rotordan iborat (45-rasm, d ). Rotorning radiusi boyicha joylashgan oyiqlariga prujina yordamida siqilib turuvchi plastinkalar ornatilgan. Aylanish momenti plastinkalar yordamida siqilgan havo tasirida hosil boladi. Borib-qaytib hara- kat qiluvchi yuritmalarda ichida havo bosimi yordamida harakat qiluvchi porshen yoki membranalar xizmat qiladi (45-rasm, e ). Zarb beruvchi yuritmalarda zarb beruvchi funksiyasini porshen orqali, statik tasir qiluvchi yuritmalarda tasir kuchi shtok orqali uzatiladi (45-rasm, f , g ). Hajmli gidroyuritmalar tezlikni aniq boshqarish yoki mexanizm- ni uzatish qiymatini uzoq vaqt davomida aniq belgilash, shuning- dek, yuqori bosim va moment talab qilinganda qollaniladi. Gidro- yuritmalar konstruksiyasi jihatdan pnevmoyuritmalardan kam farq qilib, blokli, alohida yuritmali mexanizmlardan tashkil topgan mashinalarda qollaniladi. Aksial porshenli gidroyuritmalar yuqori aylanish soni bilan ishlaydi. Radial porshenli gidroyuritmalar kichkina aylanish miq- dori va yuqori aylanish momenti kerak bolganda qollaniladi. Mashinalarning uzatish mexanizmlarida oqdagi aylanish momenti 5 kNm gacha bolgan yuritmalar qollaniladi, hatto aylanish momenti 100 kNm li yuritmalar ham malum. Dizel yuritmalar (ÄÂÑ turkumli) kon mashinalarining asosiy avtonom yuritmalari hisoblanadi. Dizel dvigatellari klapanli silindr bloklaridan, havo berishni taqsimlovchi, yoqilgi nasosi, porshen- larni borib-qaytib qiladigan harakatini aylanma harakatga aylanti- ruvchi krivoship-shatun mexanizmidan, ishga tushirish uchun yor- damchi yuritmadan, yuritmani sovitish sistemasi, yoqilgi sigi- mi, armatura va boshqarish qurilmasidan tashkil topgan. Bu dvigatellarning nominal rejimi ular yoqilgi sarfining nisbiy qiy- matidan aniqlanadi. www.ziyouz.com kutubxonasi 117 Dvigatelning aylanish chastotasi ozining nominal qiymatidan oshganda uning oqida quvvat oshadi, aylanish chastotasi ozining nominal qiymatining 30 % teng bolganda, uning oqida quvvat nolgacha tushib ketadi, yuritma beqaror ishlaydi. ÄÂÑ yuritma- larining yuki meyoridan oshib ketsa ishlash qobiliyati pasayadi, bunda dvigatellarni yordamchi yuritma bilan ishga tushirish lozim. ÄÂÑ yuritmalarini past haroratlarda ishga tushirish qiyin, yuk meyoridan oshib ketsa uning tortish qobiliyati kamayadi, yon- ginga xavfli, chiqazadigan gazining organizmga tasiri yomon, shuningdek, tezlikni boshqarish imkoniyati chegaralangan. Download 30.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling