Xalqaro tajribaga asosan, inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha makroiqtisodiy sharoitlar mavjudligini va kompleks
chora-tadbirlar amalga oshirilishini talab qiladi:
pul-kredit siyosatini yuritish, ya’ni transmission mexanizm samaradorligini oshirish;
valyuta bozori faoliyatini yanada liberallashtirish va takomillashtirish;
pul-kredit siyosatining mavjud instrumentlarini takomillashtirish va yangi zamonaviy bozor instrumentlarini joriy etish;
banklararo pul bozori faoliyatining shaffofligini oshirish va rivojlantirish;
makroiqtisodiy prognozlash va tahlil qilish salohiyatini mustahkamlash;
pul-kredit siyosatining pirovard maqsadi va qo‘llaniladigan instrumentlar to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida pul-kredit
siyosatining aniqligi va shaffofligini oshirish;
kommunikatsion siyosatni takomillashtirish;
Markaziy bankning institutsional bazasini rivojlantirish;
moliya bozorini, shu jumladan, davlat qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish;
makroiqtisodiy siyosatni samarali muvofiqlashtirish;
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tarkibiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish.
Umuman olganda, inflyatsion targetlashga o‘tish pul-kredit siyosatining barcha asosiy yo‘nalishlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirishni
talab qiladi. Ushbu konsepsiyada nazarda tutilgan tadbirlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi bozor mexanizmlari va instrumentlari asosida pul-
kredit siyosati samaradorligini oshirish bo‘yicha strategik vazifalar bajarilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Pul-kredit siyosatini amalga oshirish va rivojlantirish bo‘yicha ushbu Konsepsiya o‘z ichiga 2018-2021 yillar uchun mo‘ljallangan chora-tadbirlar “yo‘l
xaritasi”ni qamrab oladi.
Mazkur yo‘l xaritasini ishlab chiqishda asosiy e’tibor inflyatsion targetlashning mexanizm va tamoyillarini o‘rta muddatli istiqbolda samarali joriy qilish
uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha choralarni amalga oshirishga qaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |