Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”
Download 5.77 Mb.
|
Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”
Tomonlar rumbini hisoblash. Tomonlar rumbining qiymati va rumblar nomi topilgan direksion burchaklar qiymati asosida (13.1) jadvaldan aniqlanadi. Misolda 1=63°26' qiymati 90° dan kichik bo‘lganidan, rumb ham birinchi chorakda bo‘lib, nomi SHSHq (shimol-sharq), qiymati r=1=63°26' bo‘ladi va r1=SHSHq:63°26' kabi yoziladi. 2=125°33', ya’ni 90°<125°33'<180° bo‘lganidan chiziq ikkinchi chorakda bo‘lib, r2 nomi JSHq (janub-sharq), qiymati r2=180°—2=180°—125°33'=54°27; yoki r2=JSHq:54°27' kabi yoziladi va hokazo.
Ochiq poligon burchaklarini tenglash. Yo‘l, kanal kabi chizig‘iy inshootlarni s’yomka qilishda ochiq poligon (13.10-shakl) olinadi. YOpiq poligon o‘rtasidagi tafsilotni s’yomka qilishda o‘tkazilgan (14.8-shakldagi 2—8—7—6) diagonal yo‘l burchaklari ham ochiq poligon kabi tenglanadi. 13.10-shaklda ochiq poligonning yurishdagi o‘ng burchaklari o‘lchangan. Agar RA ni bosh tomon deb, uning direksion burchagini b, oxirgi EN tomon direksion burchagini o desak p=p-1+180°—p formulaga binoan quyidagilarni yozamiz: 1=b+180—1; 2=1+180—2; . . . . . . . . (14.5) o=p-1+180—p (13.5) ning chap va o‘ng tomonidagi, o‘xshash hadlarni edirsak chap tomonda o, o‘ng tomonda esa b+180°p— qoladi, ya’ni o=b+180°p— chiqadi. SHundan burchaklarning nazariy yig‘indisi n=b —o+180°p (13.6) bo‘ladi. Buning o‘lchangan qiymatlar yig‘indisidan (a) farqi ochiq poligon burchaklaridagi bog‘lanmaslik xatosi fa bo‘ladi: fa=a—(b —o)+180°p (13.7) 14.2-jadvalda 14.8-shakldagi poligonning 2 va 5 uchlarini tutashtirgan 2—7—8—5 diagonal yo‘l burchaklarini tenglash misol tariqasida ko‘rsatilgan. Bu erda bosh tomon sifatida yopiq poligonning 1—2 tomoni, oxirgi tomon sifatida esa 5—6 tomoni qabul qilingan. SHunga ko‘ra b = 1-2, o=5-6 bo‘ladi. O‘lchangan burchaklar yig‘indisi a=486°52'; nazariy yig‘indisi n=1-2—5-6+180°p. YOpiq poligon jadvali (14.2) dan ma’lumki, 1-2 =63°26'. 5-6=296°36', o‘lchangan burchaklar soni p=4. Bu qiymatlar (14.6) ga qo‘yilsa, fa=486°52'—63°26'—296°36'+(180°4)=486°52'—486°50'=+2' chiqadi. Diagonal yo‘lda nazariy xato bo‘lishi kerak. O‘rniga qo‘ysak, chiqadi, amaliy xato +2' nazariy xatodan kichik shunga ko‘ra +2' ni 2 va 7 burchaklarga —1 dan tarqatib tuzatilgan burchaklar hisoblanadi. Direksion va rumb burchaklar tenglangan ichki burchaklar bo‘yicha yuqorida bayon etilgan yopiq poligondagi kabi hisoblanadi. Plan chizish usullari. Poligon tomonlarining direksion va rumb burchaklari aniqlangach, tomonlar uzunligi va rumblari bo‘yicha poligon planini chizish mumkin. Plan asosan ikki usul bilan chiziladi. 1. Poligon tomonlarining uzunligi va rumblari bo‘yicha (bu usul rumb bo‘yicha plan chizish deyiladi); 2. Poligon burchak uchlarining koordinatalari bo‘yicha (bu usul koordinatalar bo‘yicha plan chizish deyiladi). Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling