Konchilik ishi va metallurgiya


Download 2.63 Mb.
bet183/237
Sana19.09.2023
Hajmi2.63 Mb.
#1681463
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   237
Bog'liq
соха икти лотин 2022

Diversifikatsiya – korxona faoliyatining yangi tarmoqlar va mahsulot (ish, xizmat) turi hisobiga kengayishi.
Dividend - aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismi, har yili soliqlarni to‘lash, ishlab chiqarishni kengaytirish, zahiralarni to‘ldirish, obligatsiyalar bo‘yicha foizlar to‘lash va direktorlarni mukofotlashdan so‘ng aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanadigan qismi.
Doimiy xarajatlar – ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar (amortizatsiya, ijara to‘lovi va h.k).
Jismoniy eskirish – mehnat vositalarining foydalanish va tabiiy ta’sir ostida moddiy jihatdan emirilishi. Ularning ma’naviy eskirishi ularning to‘liq jismoniy eskirishdan oldindanroq, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari yuqoriroq va tejamkor bo‘lgan yangi mashina va qurilmalar paydo bo‘lishi tufayli yuz beradi.
Zahiralarni boshqarish - tovar ishlab chiqaradigan operatsion tizimlarda va xizmat ko‘rsatish operatsiyalarida ma’lum miqdorda zahiralar mavjudligini boshqarish jarayoni. Zahiralarning 3 turi bo‘ladi: ehtiyot qism va materiallar zahirasi; tugallanmagan mahsulotlar zahirasi; tayyor mahsulot zahirasi.
Ijara - mulkni ma’lum bir haq to‘lash evaziga, vaqtinchalik foydalanishga berish to‘g‘risidagi shartnoma asosida yollash.
Ijtimoiy-ruhiy usul – asosiy maqsadi jamoalarda sog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhitni yaratishga qaratilgan boshqaruv usuli.
Iqtisodiy kibernetika – iqtisodiyotda boshqaruv jarayonlarni o‘rganish usullarining majmuasi, jumladan iqtisodiy-matematik uslublar majmuasi.
Iqtisodiy usul – boshqaruvda iqtisodiy manfaatlardan (masalan, foyda, soliq, foiz kabilardan) foydalanish usuli.
Ilmiy-texnik salohiyat– mamlakatdagi fan-texnika va muhandislik ishlarining rivojlanish darajasi, jamiyatning fan-texnika muammolarini hal qilish uchun mavjud resurs va imkoniyatlarining umumiy holati.
Investitsion siyosat – kapital qo‘yilmalarning eng ustivor yo‘nalishlarini tanlash, sarflangan har bir so‘mga mahsulot (ish, xizmat) o‘sishi va milliy daromadning eng yuqori ko‘rsatkichlariga erishish siyosati.

Download 2.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling