Konchilik korxonasining yillik ishlab chiqarish quvvatini aniqlash
Download 35.46 Kb.
|
1-amaliy ish.
1-amaliy ish. KONCHILIK KORXONASINING YILLIK ISHLAB CHIQARISH QUVVATINI ANIQLASH. 1.1 QAZIB OLISH ISHLARINING CHUQURLASHISH TEZLIGI BO’YICHA HISOBLASH Konchilik korxonasining yillik ishlab chiqarish quvvatini aniqlash ko‘plab va murakkab savollarga javob topishni talab etadi. Qabul qilingan ishlab chiqarish quvvati konchilik korxonasining quyidagi barcha asosiy elementlariga ta’sir ko‘rsatadi: ochuvchi va tayyorlovchi kon lahimi ko‘ndalang kesimi yuzasining o‘lchamlariga, asosiy kon uskunalarining quvvatini va turini tanlashga, xo‘jalik va texnik inshoatlarning o‘lchamlariga va vazifasiga, ma’muriy va maishiy binolar majmuiga, foydali qazilmani tashish usuli va tashish qurulmasining unumdorligiga, yordamchi sexlarning ko‘lami va vazifasiga, boyitish fabrikasining ishlab chiqarish quvvatiga va boshqalar. Yillik unumdorlik - bu konchilik korxonasining asosiy parametri bo‘lib, uni qazib olish jarayonida o‘zgartirish ko‘plab katta qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Yillik ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga kamdan-kam holatlarda konchilik korxonasini qayta rekonstruksiya qilmasdan erishiladi. Konchilik korxonasini rekonstruksiya qilish konchilik korxonasining ko‘plab xo‘jalik elementlarini o‘zgartirishni talab etadi. Konchilik korxonasida rekonstruksiya vaqtida katta miqdordagi qo‘shimcha xarajatlar ajratilishi, qazib olish ko‘rsatkichining pasayishi bazida umuman qazish ishlari to‘xtatilishi kuzatiladi. Konchilik korxonasining yillik ishlab chiqarish unumdorligi quyidagi geologik, kon-texnik va iqtisodiy omillarini hisobga olib, ma’lum rejalar asosida o‘rnatiladi: kondagi o‘rganilgan ruda zaxirasi va kelajakda uning ko‘rsatkichlarini oshirish imkoniyatlari. rudnik yoki konchilik korxonasini qurish maqsadida zaruriy kapital ajratmalar. Konchilik korxonasining yillik ishlab chiqarish quvvati uning ishlash muddati bilan bevosita bog‘liq holda quyidagi formula bilan aniqlanadi: Bunda: B – foydali qazilmaning balans zaxirasi, t: η – foydali qazilmani qazib olish koeffitsienti: t – konchilik korxonasining xizmat muddati, yil: ρ – foydali qazilmaning sifatsizlanish koeffitsienti: Konchilik korxonasining yillik ishlab chiqarish quvvatini aniqlashning ikki xil usuli bo‘lib ular quyidagi ma’lumotlar bo‘yicha hisoblanadi. - konni qazib olishning o‘rtacha jadalligi ya’ni foydali qazilmani qazib olish ishlarining yillik chuqurlashish tezligi bo‘yicha. - qazib olish fronti (bloklar, qazib olish uchastkalari soni va ularning ish unumdorligi) bo‘yicha. Birinchi usul bo‘yicha konchilik korxonasining yillik ishlab chiqarish quvvati, foydali qazilmaning yotish burchagi 300 dan katta bo‘lgan konlarda qazib olish ishlarining yillik chuqurlashish tezligi orqali quyidagi formula bilan aniqlanadi. Bunda: – qazib olish ishlarining o‘rtacha yillik chuqurlashish tezligi, shaxta maydoni bo‘yicha m/yil; ruda maydonining o‘rtacha gorizontal yuzasi, m2; foydali qazilmaning o‘rtacha hajmiy og‘irligi t/m3; Ruda tanasining qalinligi va shaxta maydonining o‘lchamlari ortishi bilan qazib olish ishlarining yillik chuqurlashish tezligi kamayadi hamda qazib olinadigan qavatlar soni va ruda tanasining yotish burchagi ortishi bilan yillik chuqurlashish tezligi ortadi. Shaxta maydonining o‘lchamlari bo‘yicha tasnifi 1- jadvalda keltirilgan. 1-jadval.
Qazib olish ishlarining o‘rtacha yillik chuqurlashish tezligi quyidagi formula bilan aniqlanadi. Bunda: qazish ishlarining o‘rtacha yillik chuqurlashishi buning qiymati shaxta maydonining o‘lchamlariga va bir vaqtda qazib olinadigan qavatlar soniga bog‘liq holda qabul qilinadi, 2- jadval. 2-jadval.
mos holda ruda tanasining qalinligi va yotish burchagi bo‘yicha olinadigan koeffitsientlar. 3-jadval.
5>300> Download 35.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling