Konchilik sanoati va konchilik korxonalari


- rasm. Konlarni ochiq usulda qazish sxemasi


Download 11.07 Kb.
bet2/4
Sana31.01.2024
Hajmi11.07 Kb.
#1832135
1   2   3   4
Bog'liq
Konchilik sanoati va konchilik korxonalari-fayllar.org

1.2- rasm. Konlarni ochiq usulda qazish sxemasi:
1 — ekskavator; 2 —avtoag‘dargich; 3 — buldozer; 4 — burg‘ulash stanogi;
5 — gorizontlar; 6 — portlatilgan massa; 7 — foydali qazilma yotqizig‘i;
8skvajinalar; 9 — tushish transheyasi; 10 — qoplama jins ag‘darmasi.

Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib chiqarishning yer osti usuliga nisbatan qator afzalliklari va shu bilan birga kamchiliklari ham mavjud.


Asosiy afzalliklari:
— ishlab chiqarish jarayonlarini yuqori darajada mexanizat- siyalash va avtomatlashtirish imkoniyati mavjudligi tufayli, mehnat unumdorligi yuqori va kon qazish ishlari xarajatlari kam bo‘lishi ta’minlanadi;
— mehnat qilish sharoitlari qulay va nisbatan xavfsizroq bo‘ladi;
— korxona qurilishi uchun sarflanadigan solishtirma kapital mablag‘ (ishlab chiqarish quvvatining bir-birligiga keladigan kapital mablag‘i) kichik bo‘ladi;
— foydali qazilmani mumkin qadar ko‘proq qazib olish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Asosiy kamchiliklari:
— ayrim hollarda ochiq kon ishlarining ob-havoga bog‘liqligi;
— katta yer maydonlarining qishloq xo‘jalik oborotidan vaq- tincha chiqarilishi;
— yer qa’rida suv balansining buzilishi.
Foydali qazilmalarni qazib chiqarishning geotexnologik usuli yer yuzidan yoki kon lahimlaridan foydali qazilma yotqizig‘igacha skvajina o‘tib, u orqali foydali qazilmaga mexanik, fizik yoki kimyoviy ta’sir ko‘rsatish va uni harakatlanuvchi holatga keltirish, skvajinalar orqali esa yer yuziga chiqarib olishga asoslangan.
Hozirgi vaqtda konchilik amaliyotida oltingugurtni eritish, ko‘mimi yer ostida yonuvchi gazga aylantirish va rangli metallarga yer ostida bakteriya — kimyoviy ta’sir etib, tanlab eritishga asoslangan geotexnologik qazish usullari qo‘llanilmoqda. Biroq ularning hajmi juda kichik bo‘lsa-da, iqtisodiy va ekologik nuqtayi nazardan istiqbolli usullar hisoblanadi.
Foydali qazilmalarni skvajina usulida qazib chiqarish, asosan, neft va gaz konlarida, shuningdek, yer osti suvlarini qazishda keng qo‘llanadi.

Download 11.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling