x≤h'fb bo’lganida b ni b'f ga almashtiriladi. (3.33) va (3.34) formulalarda: Rp – zo’riqtiriladigan armaturaning hisobiy qarshiligi; Rs va Rsc – zo’riqtirilmaydigan armaturaning cho’zilishdagi va siqilishdagi hisobiy qarshiliklari; σpc – siqilgan zonada joylashgan, hamda σrs=σpc1 – Rrc qabul qilinadigan zo’riqtirilgan armaturadagi kuchlanish; bu yerda σpc1 – barqarorlashgan oldindan zo’riqish (barcha yo’qotishlarni ayirib tashlab); Rpc – armaturada buzilish oldidan plastik deformatsiyalar oqibatida kuchlanishlar kamayishining kattaligi; Rb – betonning siqilishdagi hisobiy qarishiligi; M – hisobiy yuklardan sodir bo’lgan eguvchi momentlar. Qolgan belgilanishlar 3.13-rasmda ko’rsatilgan.
3.13-rasm. Oldindan zo’riqtirilgan to’sinning normal kesimini mustahkamlikka hisoblash uchun sxema
Rpc kattalik betonning buzilish oldidan b chegaraviy deformatsiyasidan kelib chiqib aniqlanishi mumkin:
(3.35)
bu yerda Еr – zo’riqtiriladigan armaturaning elastiklik moduli.
Normal kesimlarni hisoblashda, qoidaga ko’ra ξ=x/h0≤ξu amal qilinishi lozim. Elementning chegaraviy holati cho’zilgan armaturada Rp kuchlanishga erishilishi bilan bir vaqtning o’zida ro’y beradigan ξu ning qiymati QMQ 2.05.03-98 bo’yicha aniqlanadi.
Element o’qiga qiya kesimlarning mustahkamlik bo’yicha hisobi zo’riqtirilmagan armaturali to’sinlarning hisobidagidek o’tkaziladi. Qiya yoriqlar aro siqilgan beton bo’yicha mustahkamlik sharti (3.11) formula bo’yicha tekshiriladi.
Qiya kesimlarni ko’ndalang kuchlar ta’siriga hisobi (10.14-rasm) quyidagi formula bo’yicha bajariladi
(3.36)
bu yerda ΣRpωApisinα va ΣRrωArω – kesib o’tilayotgan barcha zo’riqtirilgan armatura chegaraviy zo’riqishlari proyeksiyalarining yig’indisi;
Do'stlaringiz bilan baham: |