Konfedenlas ma'lumotlar pdf


IL Ma’lumotlarni konfidensial axborotlarga o'tkazish


Download 209.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana31.10.2023
Hajmi209.31 Kb.
#1736054
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
konfidensial ma\'lumotlar nizomi

IL Ma’lumotlarni konfidensial axborotlarga o'tkazish 
bo'yicha ishlarni amalga oshirish tartibi 
16. Konfidensial axborotlarni muhofazalashni tashkil etishning asosiy sharti - 
konfidensial axborotlardan bevosita xizmat doirasidagi vazifalar bo'yicha taalluqli 
bo'lmagan xodimlarning tanishishi, foydalanishi yoxud kirishni cheklashdan iboratdir. 


Bunda konfidensial axborotlarni tashkil etuvchi ma’lumotlar ro'yxati va hajmini ushbu 
axborotni qo'llash tartibini belgilash yo'li bilan bunday axborotdan erkin foydalanishni 
cheklash va unga rioya etilishi nazorat qilinishi shart. 
17. Konfidensial axborotlar ro'yxatini shakllantirish bo'yicha ishlarni tasfikil etish, 
tashkilot rahbariyati tomonidan amalga oshiriladi. Rahbar buyrug'i bilan kamida uch 
nafar malakali va vakolatli mutaxassisdan iborat komissiya tuziladi. 
Vazirlik tizimida turli xarakterga ega faoliyatni amalga oshiruvchi bo'linmalar 
mavjud bo'lgan holda, asosiy komissiyaga bo'ysunadigan bir nechta guruhlar tuzilishi 
mumkin. 
18. Komissiya konfidensial axborotlar tarkibiga kiritilishi mumkin bo'lgan 
ma'lumotlar doirasini aniqlash maqsadida Vazirlik tizimi faoliyatining barcha 
yo'nalishlarini tahlil etadi. Komissiya o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2011-yil 7-noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-
yil 8-iyuldagi "Milliy axborot resurslarini himoyalashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar 
to'g'risida” PQ-1572-son qarorini amalga oshirish bo'yicha choralar to'g'risida" 296-
sonli qarorining 2-ilovasiga asosan konfidensial axborotlar sirasiga kiritilgan 
ma'lumotlar ro'yxatiga asoslangan holda ish yuritadi. 
19. Komissiyaning faoliyati Vazirlik tizimining tahlil etilayotgan barcha 
yo'nalishlari bo'yicha axborotlarni konfidensial axborot hisoblanishi mumkin bo'lgan 
ma'lumotlardan, umumfoydalaniladigan yoki qonunchilik tomonidan oshkor etilishi 
cheklanmaydigan axborotlar turkumiga saralashdan iboratdir. 
20. Komissiya faoliyati tashkilotda qayta ishlanadigan, konfidensial axborotlarni 
tashkil etuvchi ma’lumotlar ro'yxatini shakllantirish bilan yakunlanadi. 
Komissiya ma'lumotlarni konfidensial axborotlar sirasiga kiritishda, qonunchilik 
talablari va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini, shuningdek, axborotdan 
foydalanishni cheklash, tashkilot faoliyati samaradorligiga jiddiy halaqit berishi 
mumkinligini hisobga olib ish yuritishi lozim. Iqtisodiy maqsadga muvofiqlik mezoni
birinchi navbatda, konfidensial axborotlarni tashkil etuvchi ma’lumotlarni 
muhofazalashga ketadigan xarajatlarni, ularning oshkor etilishi yoki yo'qotilishi 
oqibatida yetkaziladigan zarari miqdori nisbati darajasi bilan baholanishi orqali 
belgilanadi. 
21. Vazirlik tizimida qayta ishlanadigan konfidensial axborotlarni tashkil etuvchi 
ma’lumotlar ro'yxati rahbar buyrug'i bilan tasdiqlanadi va harakatga kiritiladi, 
konfidensial axborotlar bilan ishlaydigan xodimlarga faoliyatiga oid bevosita taalluqli 
qismi bo'yicha ijro uchun yetkaziladi. 


22. Konfidensial axborotlarni tashkil etuvchi ma'lumotlar ro'yxatiga qo'shimcha 
kiritish yoki uning tarkibini o'zgartirish hamda ma'lumotlar toifasini o'zgartirish faqat 
tashkilot rahbari ruxsati bilan o'rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. Ma'lumotlar tarkibi 
jiddiy ravishda o'zgartirilganda, konfidensial axborotlarni tashkil etuvchi ma'lumotlar 
ro'yxati qaytadan tuziladi. 

Download 209.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling