Konferensiyasi
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 52 va tekshiruvlardan o‗tish juda muhim. Chunki hozir eng asosiysi – bolaning umumiy salomatligini mustahkamlashdir. Birinchi oylardanoq chaqaloqning rivojlanishi o‗z tengdoshlarinikidan sezilarli darajada ortda qolayotgani seziladi. Turli sabablar ko‗ra, shu jumladan past tonus tufayli u tez charchab qoladi, kam uyg‗oq bo‗ladi, nigohini yaxshi fiksatsiya qilolmaydi. O‗yinchoqlarga bo‗lgan qiziqishi tez yo‗qoladi, hatto o‗z ota-onasiga ham unchalik e‘tibor qilmaydi. Bola buni ota-onasini yaxshi ko‗rmasligi uchun emas, balki o‗z his-tuyg‗ularini ifodalash imkoniyati hozircha unda juda cheklanganligi uchun qiladi. Harakatlar rivoji borasida ham ortda qoladi – bunday bolalar boshlarini o‗rtacha uchinchi oyga yaqin ushlay boshlashadi, 9-12 oylarda o‗tirishni, 1,5-2 yoshlarga yaqin esa yurishni o‗rgana boshlashadi. Organizm xuddi mudrayotganday va rivojlanishga unchalik intilmayotganday tuyuladi. Ammo aslida u o‗sishni xohlaydi va tashqaridan beriladigan ko‗makni kutadi. Albatta, rivojlanish borasida ortda qolishni butkul bartaraf etib bo‗lmasligini, chunki asosiy sabab, ya‘ni sindrom organizmda qolishini oldindan aytib qo‗yish kerak. Biroq bola bilan muntazam va maqsadli ravishda shug‗ullanilsa, u tezroq rivojlanib, unga tabiat tomonidan berilgan salohiyatni tezroq ro‗yobga chiqara boshlaydi. Aksincha, agar bola faollikdan cheklab qo‗yilsa, ota-ona undan ham kechroq rivojlanishga duch kelishi mumkin. Xo‗sh, bola uchun qanday sa‘y-harakatlar foydali bo‗lishi mumkin? Bu savolga eng yaxshisi farzandingizni tug‗ilganidanoq kuzatib borishi mumkin bo‗lgan shaxsiy defektolog javob bera oladi. Shuning uchun iloji boricha ertaroq shunday mutaxassisni izlang: mahalliy reabilitatsiya markazlari, tibbiy-ruhiy maslahatxonalarga murojaat qiling. Agar yaqin orada bunday muassasa bo‗lmasa, unda pediatr eng birinchi va asosiy maslahatchi vazifasini bajarishi kerak. U bolaning xastaligi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar asosida farzandingizga qanday uqalash to‗g‗ri kelishini, qanday jismoniy yuklama unga mosligini aniqlab beradi. Maxsus hamda oddiy sog‗lom bolalar uchun umumiy rivojlantiruvchi adabiyotlarni sotib olish bu boradagi ikkinchi qadamingiz bo‗ladi. Bola bilan kichkinalarga mo‗ljallangan oddiy dastur bo‗yicha shug‗ullanganda, tabiiyki uning ahvolini ham inobatga olish kerak. Defektologlar quyidagi tamoyilga asoslanishadi: bolaning funksiyalari uyg‗unlikda, ammo aniq muddatga bog‗lanmagan holda rivojlanishi kerak. Shuning uchun yutuqlar ortidan quvmang, bolaga keragidan ortiq aqliy va jismoniy mehnatni yuklasangiz, qadam-baqadam uni oldinga harakat qildirish o‗rniga, uning noroziligini keltirib chiqarishingiz mumkin. Buning natijasida biroz vaqtdan so‗ng shunchaki yaqinlashishga harakat ham unda affektiv javobni uyg‗otadigan bo‗ladi. Aksar hollarda bunday vaziyat shaharlik bolalarda yuz beradi, chunki katta shaharning tezkor maromida yashovchi ota-onalar sabrsiz bo‗lib, o‗z istak-xohishlari bilan bolaning imkoniyatlarini taqqoslashmaydi. Ko‗p hollarda esa, oddiy qishloq ayolining farzandi nazariy tomondan bilimdonroq bo‗lgan shaharlik ayolning bolasiga qaraganda yaxshiroq rivojlanadi. Bamaylixotir hayot tarzi, bola bilan sabr-toqatli muomala qilish, ma‘naviy oqillik kitoblardan olingan sxolastik bilimlarga qaraganda ko‗proq foyda keltiradi shekilli. Agar yaxshi natijaga erishishni istasangiz, o‗z farzandingizga nisbatan juda e‘tiborli bo‗lishingiz, u siz bilan muloqotga kirishishga tayyor bo‗lgan paytni, sizdan yordam kutayotgan vaqtni anglab yeta olishingiz kerak. Farzandingiz bilan doim birga, ammo biroz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling