Konferensiyasi
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 99 olishiga ehtiyojlidir. Bunday psixologik quvatlanish bolaga ijobiy ta‘sir etibgina qolmay balki unda mustaxkam va barqaror asab tizimini yaratadi. Bu muloxazalardan ma‘lum bo‘ladiki oilda er-xotinning tinch-totuv yashashi, turli muammolarni bahamjixat engib o‘tishi, ishonch, xurmati asosida bolada ijobiy ijtimoyillashuv imkoniyatlari vujudga keladi. Aksincha oilada er-xotin munosabatlarida ziddiyatlar va nizolar mavjud ekan, ayniqsa bu ziddiyatlar bola ko‘z o‘ngida sodir bo‘lganda bola ruhiyatida keskin o‘zgarishlar vujudga keladi. Er-xotin munosabatlarining nizoli tus olishi, bu nizolarning doimiy davom etishi ayniqsa, alamzada ota va onaning bola shaxsiga e‘tiborsizlik, hamda agressiv munosabatda bo‘lishini inobatga olgan holda shuni aytish kerakki majoziy o‘xshatkanda bola agressiv kayfiyatlarning ba‘zasiga aylanib qoladi. Xar qanday baza ham bir kun to‘lib toshgandek bolaning qalbi ham sterstlar natijasida bir kun qo‘zg‘oladi.Bunday holatda psixik affekt xodisasi ro‘y beradi. Psixik affekt xolati bolalarda turli salbiy holatlarni keltirib chiqaradi. Bular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: -bola ongi va nutqida fiziologik o‘zgarishlar ( nutqiy, ongdagi sifat buzilishi va zo‘riqishi); -xulqdagi salbiy o‘zgarishlar ( jaxldorlik, tushkunlik, jizzakilik, odam ovilik); -sharoitni o‘zgartirish va ijtimoyillashuv jarayonini yangilashga urinish ( uydan bezish, ko‘chadan najot qidirish, xulqidan og‘ishgan bolalar guruhiga qo‘shilish); -o‘smir va o‘spirin yoshida suitsit holatlarining kelib chiqishi; -nafratini izohlash uchun ta‘limdan voz kechish; -maktabda qator tartibsizliklar keltirib chiqarish; Yuqoridagi salbiy holatlarni kelib chiqishini oldini olish uchun eng avvalo oilaviy er- xotin munosabatlarni yaxshilash zarurdir. Sotsiologik tadqiqotlar asosida shuni aytish mumkinki ko‘pgiha bolalarning jinoyat olamiga kirib ketishi, ota-onadan va oiladan qochib ketish xolatlari aynan oilada notinchlik xukumronligi, muttasil ota-onalari tomonidan xo‗rlanadigan, shaxsi e‘tirov etilmagan bolalar tashkil etganligini ko‘rishimiz mumkin. Oila qanchalik inoq, uyushgan va mustahkam bo‘lsa, uning ijtimoyillashtiruvchi ta‘siri ham shunchalik ijobiy va samarali bo‘ladi. Bunday oilada o‘zining qadriyatlaridan tashqari, jamiyatning qadriyatlari, qonun-qoidalar va normalar hurmat qilinadi, bola boshidan jamiyatdagi xulq-odob normalari va o‘zligini anglash tamoyillarini asosida tarbiyalanadi. Bu ijtimoyillashuvning ahamiyati shundaki, farzand maktabgacha tarbiya muassasasida ham, keyinchalik maktab, kollej yoki litseyda o‘qiganda ham tartibli, intizomli, aytilgan vazifa, berilgan topshiriqlarni mas‘uliyat bilan vijdonan bajaradigan bo‘lib, bolalar jamiyatida hamisha o‘zining o‘rniga ega bo‘la oladi. Bizningcha oilada ijobiy er-xotin munosabatlarini shakllantirish, ularni pedagogik va psixologik madaniyatini shakllantirish oila psixologiyasining oldidagi asosiy vazifalardan biridir. Bu vazifaga ko‘ra oilaning psixologik va pedagogik savodxonligi xarakatga keltirish asosida oliadagi muammo va nizolarni xal etish zarur. Buning uchun nizolarning bolaga salbiy ta‘sir qilmastligi uchun ota –onalardan quyidagi xolatlardan saqlanishlari tavsiya etiladi: -bola oldida xech qachon aytishmaslik; -bolaga bir-birlarini kamchiliklarini aytmastlik; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling