Konferensiyasi


Download 160 Kb.
Pdf ko'rish
bet200/360
Sana04.11.2023
Hajmi160 Kb.
#1745242
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   360
Bog'liq
37 respublika ilmiy onlayn

Annotatsiya: Ushbu maqolada bola ruhiyati, uning rivojlanish bosqichlari hamda bu 
davrlarda bola ruhiyatidagi o‗zgarishlar haqida fikr yuritiladi. 
Kalit so„zlar: psixologiya, bolalar psixologiyasi, sensor, effektli, motor, ideatorli 
davr, krizis, ichki sekretsiya bezlari, metamorfoz, parapubertal, ruhiyat, psixik jarayonlar, 
kasallik. 
Rivojlanib borayotgan jamiyatimizda sog‗lom avlodni, komil insonlarni voyaga 
yetkazish masalasiga katta e‘tibor berilmoqda. Istiqlol tufayli o‗z taraqqiyot yo‗lidan 
borayotgan respublikamiz yoshlarini yangicha ijtimoiy muhitga tayyorlash, davr ruhida 
tarbiyalash shu kunning dolzarb va ustuvor vazifalaridan biridir. Zero, 2000-yil Sog‗lom 
avlod yili, 2008-yil Yoshlar yili, 2010-yil Barkamol avlod yili, 2014-yil Sog‗lom bola yili 
deb nomlanishi ham bejizga emas, albatta. Hozirgi kunda respublikamizda amalga 
oshirilayotgan islohotlarning barchasi yoshlarning taqdiri, ularning ma‘naviy qiyofasiga
shaxsiy barkamolligini rivojlantirish va yuksaltirishga qaratilgan. 
Bizga ma‘lumki psixologiya fanining mavzu bahsi inson ruhiyati, uning namoyon 
bo‗lishi va rivojlanishini o‗rganuvchi sohadir. Shaxs muammosi psixologiyada markaziy 
o‗rinni egallaydi. Shaxsning shakllanishi jarayonida barcha psixik hodisalar yuzaga keladi 
va shaxs yaxlitligi ko‗rinishi sifatida qaraladi. Psixologiya insonlarga shaxs ichki dunyosi, 
ya‘ni yo‗nalganlik, xarakteri, qobiliyatining shakllanish sharoitlari haqida ma‘lumotlarni 
beradi. Psixologiya ongli sub‘ekt – insonning ichki dunyosini o‗rganadi. Insonni ruhiyatini 
to‗laroq tasavvur qilish uchun ruhiy jarayonlarning kechishi, ichki kechinmalarini (sezgilar, 
fikrlar, hissiyotlar) namoyon bo‗lish qobiliyatlarini tushunish lozim. 
XX asrga kelib, O‗zbekistonda ham boshqa fanlar qatori psixologiya fanining 
rivojlanishiga imkon tug‗ildi. Bolalar psixologiyasi sohasida ham katta ishlar amalga 
oshirildi. 1964-yili A.A. Asqarxo‗jayev, P.I. Leventuev, M. Vohidov, E. Chudnovskiyning 
―Bolalar psixologiyasining ocherklari‖ nomli qo‗llanmasi chop etildi. Bunda bolaning 
dunyoga kelgan kunidan boshlab to 17-18 yoshgacha bo‗lgan davrdagi anatomo-fiziologik 
xususiyatlari, psixologik xususiyatlari, bolalar shaxsining shakllanishi masalalari keng 
yoritib berildi [1. 473]. Bola ruhiyati psixologiya fanlari rivojlanganligiga qaramay, hozirgi 
XXI arda ham jumboqligicha qolmoqda, desak xato bo‗lmaydi. Chunki bola ruhiyati juda 
tez o‗zgarib turuvchi fenomen hisoblanadi. 
Bola ruhiyatining shakllanishini to‗rt bosqichga bo‗lishimiz mumkin. Ular: 
Birinchi bosqich – motor, bola yoshining birinchi yilida motor ko‗nikmalarni bilish 
bilan harakterlanadi. 
Ikkinchi bosqich – sensor, bir yoshdan uch yoshgacha davom etadi, harakatlar 
psixomotor harakterga ega, ya‘ni bilib harakat qiladi. Sensomotor rivojlanish barcha ruhiy 



Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling