«Konfessiya» so‘zi (lotincha «confessio») o‘zbek tiliga aynan tarjima qilinganda
Download 96.05 Kb. Pdf ko'rish
|
«Konfessiya» so‘zi (lotincha «confessio») o‘zbek tiliga aynan ta
Dinshunoslik 8mavzu «Konfessiya» so‘zi (lotincha – «confessio») o‘zbek tiliga aynan tarjima qilinganda «e’tiqod qilish», degan ma’noni anglatadi. Umuman olganda, diniy konfessiya deganda muayyan diniy ta’limot doirasida shakllangan va o‘ziga xos xususiyatlarga ega e’tiqod va ushbu e’tiqodga ergashuvchilar jamoasi tushuniladi. Bir din doirasida yuzaga kelgan bo‘lsa-da, aqidalar borasida farqlanadigan jamoalar ham diniy konfessiyalar jumlasiga kiradi. Shuni inobatga olgan holda, mutaxassislar hozirgi kunda dunyoda taxminan 1000 dan ortiq diniy konfessiyalar mavjud, deb hisoblaydilar. Islom dinida bunday holat kuzatilmaydi. Hech qaysi mamlakatda hanafiy mazhabi alohida, boshqa mazhablar alohida konfessiya sifatida ro‘yxatdan o‘tmaydi. Masalan, O‘zbekistonda ham bir necha shia jamoalari bo‘lishiga qaramay, ular o‘zlarini alohida diniy konfessiya hisoblamaydilar. Din jamiyat hayotining tarkibiy qismi sifatida kishilarning ijtimoiylashuviga, ularning turmush tarzini tashkil etish va tartibga solishga xizmat qiluvchi me’yoriy omillardan biri bo‘lib kelgan. Dinning bunday roli uning tarixan shakllangan o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Chunki, din, birinchidan, umuminsoniy axloq me’yorlarini o‘ziga singdirib olib, ularni hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan; ikkinchidan, odamlarning bahamjihat yashashiga ko‘maklashgan; uchinchidan, odamlarda ishonch hissini mustahkamlagan hamda hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni yengib o‘tishlarida kuch bag‘ishlagan; to‘rtinchidan, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan-avlodga yetkazishga yordam bergan va shu yo‘l bilan madaniyat rivojiga katta ta’sir ko ‘rsatgan. Bugungi kunda dinga bo‘lgan qiziqishning kuchayib borishi globallashuv jarayonlarining o‘ziga xos in’ikosi deyish mumkin. Zero, globallashuv dunyoni bir butun va yaxlit qila borishi bilan bir qatorda, uning hosilasi sifatida alohida olingan millat va jamiyatlar darajasida o‘z-o‘zini anglashga bo‘lgan intilishning chuqurlashuviga ham zamin yaratmoqda. Bu jarayonlar o‘z navbatida inson ma’naviyatining uzviy qismi bo‘lgan dinning mohiyatini tushunish, uning inson va jamiyat hayotidagi o‘rnini anglashga bo‘lgan e’tiborning kuchayishini keltirib chiqarmoqda. Shu bilan birga, dinga bo‘lgan qiziqishning kuchayishi bugungi kunda kishilik jamiyati oldida turgan muammolar, insonning ularni hal qilish yo‘llari haqidagi o‘y-izlanishlari, dunyoviy va diniy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlagan holda bugungi kunning og‘ir va murakkab savollariga to‘laqonli javob topishga intilishi bilan bog‘liq ekanini ham alohida qayd etish lozim. Mutaxassislar ma’lumotlariga ko‘ra, XX asrning ikkinchi yarmida xristianlik, buddaviylik, islom va boshqa dinlar doirasida yuzlab sektalar paydo bo‘lgan. Bu shunday jarayonlar kelajakda davom etishi mumkinligini taxmin qilish imkonini beradi.
Yangi diniy harakatlar (YADH) deganda odatda XX asrning 70-yillarida Yevropa va AQSHda tarqalgan noan’anaviy diniy guruhlar va oqimlar nazarda tutiladi. Tadqiqotchilar bunga an’anaviy dinlardagi inqiroz davri sabab bo‘lganligini ta’kidlaydilar. YADH liderlari jamiyat kayfiyatidagi o‘zgarishlarni, bu «o‘tkinchi dunyo»ning nuqsonlarini fosh qilib, o‘zlarini «xaloskor», yuksak axloqli «haqiqatgo‘y» sifatida ko‘rsatdilar. YADH to‘riga ko‘proq yoshlar ilinadilar. Odatda YADH qat’iy ta’limotga ega bo‘lmagan tashkilot bo‘lib, uning faoliyati lider roli bilan belgilanadi. Liderlar an’anaviy diniy qadriyatlarga qarshi tashviqot ishlarini olib boradilar. Diniy hayot maxsus ishlab chiqilgan tartib qoida va nizomlar orqali amalga oshiriladi. YADHning ba’zilari dunyoning turli burchaklarida o‘z bo‘linmalariga ega bo ‘lgan, biznes bilan shug‘ullanuvchi yirik xalqaro korporatsiyalarga aylangan. YADH meditatsiya amaliyotini keng qo‘llaydilar, tashkiliy jihatdan piramida shaklida boshqariladi. Ularning aksariyati noqonuniy faoliyat yurituvchi, kriminal tashkilotlardir (Masalan, «Aum Sinrikyo» (Yaponiya), «Quyosh ehromi» (Fransiya va Kanada) va b.). Diniy ta’limotlarni buzib talqin qiluvchi harakatlarga: protestantlarning «ikkilamchi» birlashmalari – «Yahve shohidlari» («Svideteli Iyegovo»), «Oxirgi kun avliyolari Iso Masih cherkovi» (mormonlar), «Masih cherkovi» (Boston harakati); soxta xristian harakatlar – «Mun birlashtirish cherkovi», «Vissarion oxirgi Ahdi cherkovi», «Oq birodarlar»; sayentologik kultlar – «Xristian ilmi», «Ron Xabbard sayentologiya markazi», «Kloneyd», «Oq ekologlar» harakati; neo- va kvazioriyentalistik maktablar va kultlar – «Tirik axloq»(Agni yoga), «Krishnani anglash jamiyati», «Transsendental meditatsiya», «Aum-Sinrikyo», «Saxadja-yoga» va b.); Yangi majusiy tashkilotlar va kultlar – «Runvira» ukrain milliy e’tiqodi cherkovi, Rossiya jarangli kedrlari, Omsk «qadimgi diniy e’tiqodiga qaytish kulti» va boshqalar kiradi.
«Sekta» so‘zi, eng umumiy ma’noda, muayyan diniy, siyosiy yoki falsafiy qarashlarga ergashuvchilar guruhini anglatadi. «Diniy sekta» deganda ma’lum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo‘lmagan holda din bayrog‘i ostida faoliyat ko‘rsatadigan guruhlar tushuniladi. Bugungi kunda har ikkala yo‘nalishga mansub bo‘lgan ko‘plab sektalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Mutaxassislar ularning sonini taxminan 5000 atrofida, deb ko ‘rsatadilar. Dunyo miqyosida jamiyat xavfsizligi va mamlakat barqarorligiga xavf to‘g‘dirayotgan destruktiv va totalitar diniy tashkilotlar haqida gap ketganda avvalo “Xalqaro Krishnani anglash jamiyati” (MOSK) yodga keladi. Sekta asoschisi xind ruxoniysi Abxay Charan De (1896-1977), 1947 yil “Veda” bilimdoni sifatida, “Bxaktivedanta” (sanskritcha — “sodiqlik”, “fidokorona xizmat”) unvoniga keyinroq sanskrit tilidan ingliz tiliga “Bxagavadgita” (“Xudo qo‘shiqlari”) ni tafsirlarini tarjima qilish orqali Svami (“Aql va hissiyotlar egasi”) nomiga sazovar bo‘ladi. Abxay Charan De keyinchalik o‘zini Shri Shrimad Svami Bxaktivedanta Shrila Prabxubada deb ataydi. O ‘z sektasi g‘oyalarini Hindistonda targ‘ib etishga harakat qiladi, ammo u erdagi kuchli raqobat tufayli o‘z maqsadiga etisha olmaydi. Natijada, o‘z omadini sinab ko‘rish maqsadida 1965 yilda sekta rahbari A.Ch.Bxaktivedanta Svami AQShga ko‘chib o‘tdi va “Xalqaro Krishnani anglash jamiyati” ga asos soldi. Bu erda u Krishna ta’limotini G‘arbda targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratadi. A.Ch.Bxaktivedanta krishnaizm ta’limotini yoyish maqsadida sekta g‘oyalarini o‘zida aks etuvchi “Xudoga qaytish” — jurnalini tashkil etdi. U diniy e’tiqodga berilgach o‘z oilasidan voz kechib, Sanyasin (ya’ni o‘zini xudoga bag‘ishlash) yo‘lini tanlagan. Prabxubada G‘arbda o‘z ta’limoti orqali Xindiston hayotini tashqi tomonini tatbiq etishga harakat qilgan. Ayniqsa, “G‘arb-ko‘r (ruxiy)”, “Sharq — oqsoq (ya’ni iqtisodiy tomondan kambag‘al)” va ularning o‘zaro birikishi orqali kamolatga erishish mumkin degan g‘oyani ilgari suradi. Vaxolanki, ko‘r va oqsoqni kamolat timsoli sifatida atash mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. “Xalqaro krishnani anglash jamiyati” fundamentalistik xarakterdagi yangi sekta hisoblanadi. Mazkur sekta a’zolari Krishnani anglashda avvalo, insonlar bxakta-yoga mashg‘ulotlari orqali ruhni poklashga erishish mumkinligini ta’kidlashadi. Shu o‘rinda, karishnachilar ta’limotida o‘zining moddiy ehtiyojlaridan voz kechish targ‘ib qilinadi, go‘sht, tuxum, baliq, spritli ichimliklarni iste’mol qilish taqiqlanadi. Mazkur oqim a’zolari inson aqlini poklash, o‘z fikrini tashqi dunyodan xolos etishda, butun muhabbatini xudoga izhor etish orqali ibodatxonalarda meditatsiya- diniy marosimlarni kun davomida bajarishadi. Hozirda krishnachilar missionerlik faoliyatini amalga oshirishda quyidagi jihatlarga asosiy e’tibor qaratishadi: -ibodat kiyimlarida yurib, aholi yashaydigan gavjum joylarda o‘zlarining g‘oyalari aks ettirilgan diniy adabiyotlarini tarqatish; — qariyalar va mehribonlik uylari hamda davolash maskanlarida fuqarolarga o‘zlarini “beg‘araz” yordamlarini taqdim etish; — o‘z mol mulklarini tashkilot hisobiga xayr-ehson qilishni va bu orqali tashkilot doirasida ruxoniylik martabasiga ko‘tarilishni rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Sharqona destruktiv diniy tashkilotlardan yana biri 1952 yilda AQShning Kaliforniya shtatida Maxarishi Maxesh Yogi tomonidan asos solingan “Transsendental meditatsiya” (TM) tashkilotidir. Uning asl ismi Maxesh Prasad Varma bo‘lib, u 1911 yilda soliq xizmatchisi oilasida dunyoga kelgan. 1942 yilda Allohobod universitetining muxandislik fakultetini tugatgan. Bir qancha vaqt zavodda ishlab keyinchalik Xindiston Respublikasining birinchi prezidenti Radjendra Pasadaning sevimli gurusi hisoblangan Svami Baraxmananda Sarasvati Maxarijaga (gurudev) shogirdlikka tushadi. TM rivoyatlariga ko‘ra, Maxarishi Ximolay tog‘ining g‘orlarida 2 yil davomida yangi meditatsiya usulini kashf qilgan. Maxarishi o‘z usulini Xindistonda keng miqyosda targ‘ib etishga harakat qilgan. Ammo kuchli raqobat tufayli maqsadiga erisha olmagan. SHu tariqa Maxarishi o‘z faoliyatini yoyish maqsadida Kaliforniyaga boradi. Maxarishi u erda “Bitlz” guruxi a’zosi Jorj Xarrison bilan yaqindan tanishadi. Mazkur uchrashuv kelajakda TMni keng miqyosda faoliyat ko‘rsatishga va
Maxarishini juda mashxur bo‘lishiga zamin yaratadi. Ayniqsa, uning meditatsiya usullari ancha qimmat bo‘lib, uni oddiy talaba yoki chilangar sotib ololmas edi. O‘z navbatida, Maxarishi tomonidan “Xalqaro talabalar meditatsiya jamiyati” tashkilotini tuzilishi G‘arbda yoshlarni sharqqa bo‘lgan qiziqishini orttirdi. Maxarishi TMni din emas, balki “ilmiy” va “psixologik” usul ekanligini ta’kidlaydi. Hususan, Maxarishi go ‘yoki talabalarga pullik meditatsiya qilish orqali yaxshi baho olishni, yaxshi ish topishni va’da qilardi. Ammo meditatsiya jarayonida ruxiy tomon inobatga olinmas edi. Bir necha yil o‘tib TMda o‘qituvchilar soni 6000 taga tashkil etib u yiliga 20 mln AQSHdollari miqdorida daromad keltira boshlagan. Dinlararo bag'rikenglik deb, xilma-xil din va mazhab egalarining bir-birining e'tiqodini o'zaro hurmat qilib, tushunib, yagona zamin, yagona vatanda, olijanob g'oya va niyatlar yo'lida hamkor va hamjihat bo'lib yashashiga aytiladi. Bugungi kunda dinlararo bag'rikenglikka erishish uchun ular o'rtasida madaniy muloqot, ezgulik yo'lidagi hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilmoqda. Ayniqsa, keyingi asrda insoniyat boshiga tushgan xatarlar — yadro urushi xavfi, ekologik halokatlar, terrorchilik va diniy ekstremizm kabi ofat-balolar dinlarni ezgulik, barcha insonlar uchun yagona bo'lgan sayyoramizni saqlab qolish yo'lida birlashish va hamkorlik qilishga undamoqda. Barcha dinlarning mohiyatini ezgulik, do'stlik va birodarlik, mehr-shafqat kabi tushunchalar tashkil qiladi. Aynan ana shu tushunchalar turli din vakillarini muloqotga, hamkorlikka da'vat etadigan umumiy zamin bo’lib xizmat qiladi. Bugungi kunda bashariyat bu haqiqatni tobora chuqurroq anglamoqda. Diniy bag'rikenglik g'oyasi muayyan jamiyatda, butun dunyoda turli din va mazhabga e'tiqod qiladigan xalqlar, odamlar o'rtasida do'stona aloqalarni o'rnatish, ularning kuchi va iste'dodini bunyodkorlik ishlariga safarbar etishga xizmat qiladi. Tinchlik va barqarorlikning muhim sharti bo'lgan bu g'oya bugungi kunda nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a'zolarining hamkorligini ham nazarda tutadi, hamjihatlikka erishishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Jamiyat – bu odamlar birlashuvining barcha shakllari va ularning o’zaro aloqalari va o’zaro ta’sirlalarining barcha usullari majmuidir. Jamiyat paydo bo’lgan beri din eng muhim ijtimoiy omillardan biri hisoblanadi. Dinning ijtimoiy fenomen sifatida talqin qilinishi, uning jamiyat hayotidagi real vazifalarini bajarishi hamda muayyan talablarga javob berishni anglatadi. Din ijtimoiy fenomen sifatida obyektiv omil sanalib, tashqi va majburiy tarzda kishilarga har qanday jamoatchilik instituti sifatida ta’sir o’tkazadi. Dinning jamiyatda bajaradigan bir qancha funksiyalar mavjud. Ba’zi mualliflar fikriga ko’ra dinning muhim funksiyalardan biri bu boshqaruv-nazorat funksiyadir1. Din ham jamoatchilik ongining boshqa shakli sifatida kishilar xulq-atvoriga ta’sir ko’rsatadi. Din mazkur funksiyani muayyan qadriyat va me’yorlar tizimini yaratish asosida amalga oshiradi. Kishilar xulq-atvori boshqaruviga odat va an’analarni shakllantiruvchi diniy ibodatlar ham ta’sir ko’rsatadi. U ma’naviy va axloqiy qadriyat, marosim va udumlar tizimini o’z me’yoriga moslashtirib boradi. Boshqaruv-nazorat funksiyasining hayotiyligi muqarrardir. Mavjud funksiya doirasida asrlar davomida diniy axloq asoslari yaratilgan. Download 96.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling