Konflikt haqida umumiy tushuncha. Konfliktning mazmuni va mohiyat. Konfliktning turlari


Suhbat uchun qulay, tinch va to’g’ri joy tanlash


Download 61.66 Kb.
bet13/18
Sana17.06.2023
Hajmi61.66 Kb.
#1519863
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Konflikt haqida umumiy tushuncha. Konfliktning mazmuni va mohiya (1)

Suhbat uchun qulay, tinch va to’g’ri joy tanlash. Muammoni tanaffus paytidagi tor koridorda, darsga ikki minut vaqt qolgan paytda, shovqin orasida, bola yig’lab turganida, opponentingiz ishga shoshilayotgan vaqtda, u bemor bo’lganida.... hal etish mushkil. Hamsuhbatingiz va o’zingiz tinch, hyech kim halaqit bermaydigan, ikkalangiz boshqa joyga shoshilmay, bafurja suhbat quradigan joy borligiga amin bo’ling. Suhbat uchun qulay joy bo’lsagina, tomonlar orasidagi muloqot uchun sharoit yaratilgan bo’ladi.



Hamsuhbatingizning gaplarini bo’lmang. Sizning uzluksiz so’zlashingizni diqqat bilan eshitish mushkul. Shu bois, hamsuhbatingizga ham so’zlash imkonini bering va uning so’zlarini bo’lmay, sabr – qanoat bilan tinglang. Bizning tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, 30 sekundlik jimlik hali hyech kimning joniga tahdid solmagan. 5-10 minutlik jimlik ham hali hyech kim o’limga olib kelmagan. Tinchlaning, 10 minut birovni eshitib, muammoni hal etish, uni har 5 minutda bo’lib, oxir oqibat hyech narsaga ega bo’lmaslikdan afzaldir. Siz tomoningizdan ko’rsatilgan sukut bilan eshitish – opponentingizga yo’naltirilgan “Sening so’zlaring men uchun muhimdir” degan axborotni o’zida jamlaydi.


11-mavzu: Agressiya va zo’ravonlik
Reja:

  1. Konfliktdagi agressiya va zo’ravonlik

  2. G’azab bizni “o’ldiradimi?”

  3. Ayollarga nisbatan qo’llaniladigan oilaviy zo’ravonlik



Konfliktdagi agressiya va zo’ravonlik
Konflikt vaziyatlarda ko’rincha agressiya va zo’ravonlik uchrab turadi. Agressiya va zo’ravonlikni konflikt yechimi sifatida qo’llash hollari mavjud. Ba’zilar tahdid qilish, shantaj, zo’ravonlikka o’tish orqali ziddiyat yechish mumkin deb hisoblaydi. Ammo bu noto’g’ri qarash. Zo’ravonlik konflikt yechimi bo’la olmaydi, u konfliktni zo’ravonlik va agressiyaga to’qnash keltirish degani xolos. Konfliktni zo’ravonlikdan olib chiqib ketish va uni gumanistik talablar asosida muammoga qaratish, natijada muammoni yechish – konflikt yechimi degani bo’ladi. Zo’ravonlik o’z kuchini muammoga qaratmagani, shu bilan birga, insonlar hayotiga havf tug’dirgani sababli konfliktning yechimi bo’la olmaydi. Aslida, zo’ravonlik konfliktni juda ham chuqurlashtirib yuboradi. Zo’ravonlik tomonlarni hyech vaqt bir biriga yaqinlashtirmaydi, balki uzoqlashtiradi xolos.

Download 61.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling