Ko’ngillilik: bu ko’ngillilarning o’ziga nima beradi?


Download 15.86 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi15.86 Kb.
#1071030
Bog'liq
Ko\'ngillilik. Farmonova Mehrinoza Furqat qizi


Ko’ngillilik: bu ko’ngillilarning o’ziga nima beradi?
Frank Tayger ,,Yoqtirgan ishingni qilishing bu erkinlik. Qilayotgan ishingni yoqtirishing esa bu baxtdir’’ ,- degan edi. Ha, inson qachonki o’zi xohlagan ishi bilan mashg’ul bo’lsagina, haqiqiy baxtni his etadi. Mutaxassislarning fikricha, o’zining jismoniy va aqliy salohiyati bilan boshqalarga yordam bera olish hissi insonni eng ko’p baxtli qilarkan. Tadqiqotchilar garmonlar va miya faoliyatini o’lchash orqali bu ish insonga katta zavq bag’ishlashini ta’kidlab o’tganlar. Inson o’zidan ortib, boshqalarga yordam berishi qiyin ish, shuning uchun boshqalarga qancha yordam bersa o’zini shunchalik baxtli his qila boshlaydi.
Hozirgi kunda jamiyatimizda ko’ngillilar ( volontyorlar) jamoalari talaygina. Ular o’z vaqtlari va energiyalarini ijtimoiy sohalar va shu soha doirasidagi muammolarni hal qilishga sarflaydilar To’g’ri, yakdillik bilan tashkil qilingan bunday faoliyat jamiyat uchun sezilarli darajada manfaat keltirishi bilan birga, shu faoliayat bilan shug’ullanuvchi insonga ham juda foydalidir.
Avvalo, yuqorida aytib o’tganimdek, boshqalarga yordam berish hissi insonda ko’p energiya va zavq bag’ishlaydi. Aynan shu his ularni yanada oldinga intilishga, o’zlariga bo’lgan ishonchning mustahkamlanishiga, porloq kelajakka bo’lgan umid va shukronalik hissining yanada ortishiga yordam beradi. Jamiyatning bir bo’lagi sifatida shaxsiy o’zlik va g’urur tuyg’ulari shakllantiradi.
Shu bilan birga inson o’zidan boshqalarga e’tibor qaratsa, u har qanday asab tarangligidan xalos bo’ladi. Faqat o’zicha yashash va o’zidagi kamchiliklarni tinmau eslash kuchli stress va o’z o’zidan qoniqmaslik hissini olib keladi.
Shuningdek, bu faoliyat yangi do’stlar ottirishingizga yordam beradi. Ko’ngilli sifatida turli insonlarning bir-biriga o’xshamaydigan nuqtayi nazarlari orasida o’z ,, men’’ ingizni topish oson kechadi.Eng yaxshi tarafi, turli soha va millat vakillarida tashkil topgan bo’lib, ular bilan ishlash, muloqot qilish davomida inson dunyoqarashi kengayadi, o’z oldiga yanada katta maqsadlar qo’ya boshlaydi.
Ma’lumki, ko’ngillilik faqat ma’lum bir hudud bilangina chegaralangan holda bo’lmaydi. Masalan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, UNICEF singari xalqaro tashkilotlar o’z volontyorlariga dunyoning turli nuqtalaridagi odamlar bilan ishlash, boshqa qit’a va davlatlarda ko’ngilli bo’lib faoliyat yuritish, har xil davlatlarga sayohat qilish imkoniyatlarini beradi.
Bundan tashqari, volontyorlik qilish yangi sohalarda o’zini sinab ko’rish va o’zidagi yashirin iste’dodni aniqlash, hali o’zi bilmagan qirralarini ochishiga yordam beradi. Dunyoda ma’lum bir sohada volontyorlik qilish oqibatida o’z kasbini tashlab ,umrining oxirigacha o’sha volontyorlik faoliaytini davom ettirganlar ham uchraydi. Chunki ular zavqni o’z kasbilardan emas, o’sha faoliyatdan topganlar.
Tadqiqotchilarning fikricha, ko’ngillilar orasida hayotsevarlik kuchli bo’lib, ular oddiy odamlarga qaraganda uzoq umr ko’risharkan. Masalan, hech kimi yo’q qariyalar, yetimlar, beva qolgan ayollar o’zlari qiziqqan sohalarda ko’ngillilik faoliyatlarini olib borishlari natijasida yashashga bo’lgan qiziqishlari yana qaytgan, rangsizdek tuyulgan hayotlariga ushbu faoliyat yangicha ma’no- mazmun olib kirgan. Qaytadan o’z oldilariga maqsad qo’yishni boshlashgan.
Xullas, ko’ngillilik ko’plab imtiyoz va imkoniyatlar yaratishi bilan birga insonda o’z- o’ziga bo’lgan qoniqish hamda jamiyat orasida keraklilik tuyg’ularini shakllanishida muhim omillardan biridir.
Download 15.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling