Konimex tuman kasb-hunar maktabi "tasdiqlayman"
Download 0.59 Mb.
|
Rastr grafikasi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-mavzu
- Tasvirlarga raqamli ishlov berishning qo’llanilish sohalari va yechiladigan masalalari .
- Adobe Photoshop –da qanday qilib daraxtni chizish mumkin.
mavzu: O‘chirg‘ich
\£& O’chirgich - Eraser (lastik) - [E] - asosiy qatlamda rasm o’chirish. Shift tugma yordamida sichqonchani bosib nuqtalarni bir-biri bilan bog’lash ham mumkin. Ш Orqa rangni o’chirgichi - Background Eraser (lastik fona) - [E] - faqat orqa rangni o’chirish. Шл Sehrli o’chirgich - Magic Eraser (volshebnbiy lastik) - [E] - o’xshash rangli sohalarni o’chirish. Xususiyatlar satrida quydagilar faol bo’ladi: O’chirgich holatlarini tanlash - mo’yqalam (Paintbrush - kist), aerograf (Airbrush - aerograf), qalam (Pensil - karandash), blok (Block - blok). Blok holatida sichqoncha kursori 16x16 piksel kvadrat ko’rinishida bo’ladi. Blok kattaligi hech o’zgarmaydi, shuning uchun rasmni 1600% masshtabida ko’rganimizda ushbu blok rasmning 1 piksel kattaliga teng bo’ladi. Tolerance sezuvchanligi - rang o’chirishda sezuvchanligini o’zgartirish Protect Foreground Color oldingi rang o’chirilishidan himoyalanish. O’chirish yo’li (Limits) - faqat cheklangan soha ichida, (Discontiguous) bir xil rangli, (Contiguous) mo’yqalam o’rtasidagi rangli, (Find Edges) o’xshash rangli chegaralari. Sampling O’chiriladigan rang tanlash holatini o’zgartirish. Anti-Aliased Chegaralarni yoyilishi - o’chiriladigan soha chegaralar holatini o’zgartirish. Use All Layers optciyaci sehrli o’chirgich tasiri hamma qatlamlarga tegishli yoki faqat asosiy bo’lgan qatlamga tegishligini ta'minlaydi Opacity o’chirish darajasini o’zgartirish 10-mavzu: Tasvirlarning sinflari va o’zlashtirish turlari .Tasvirlarni qayta ishlash jarayonlari Adobe Photoshop ayniqsa jurnalistlarning, rassomlarning ijodiy imkoniyatlarini to ‘la amalga oshirishlarida yordam beradi. Jurnalistika va bevosita matbuot yoki nashriyot sohasiga aloqador bo‘lgan shaxslarning mazkur dastur bilan ishlashni bilishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratib beradi. Adobe Photoshop grafik muharriri juda murakkab dasturdir. Foydalanuvchilar uning asosiy imkoniyatlaridangina foydalanadilar, xolos. Optsiyalar panelida Brush mo'yqalamni tanlash strelkasi ustiga bosing (2.10- rasm). Har bir piktogramma ustidagi raqamlar mo‘yqalamning qalinligini piksellarda ko‘rsatadi. Agar siz istalgan molyqalam ustiga olib borsangiz, shu mo‘yqalamning qalinligi va turi haqida m a’lumot chiqadi. Boshqa turdagi mo'yqalamlarni tanlash uchun yuqorida keltirilib o ‘tilgan mo‘yqalamlar kutubxonasini yuklash kerak. Mo'yqalam panelini yopish uchun paneldan tashqaridagi ekranning istalgan joyiga bosing va avtomatik tarzida panel yopiladi. Mode (Режим смешивания) bo‘limini tanlang hamda Opacity (Непрозрачность) bo‘limini foiz ko‘rsatkichida Brush (Кисть) uskunasi uchun tanlang. Agar ko‘rsatilgan qism parametri 100% ni tashkil qilsa, mo‘yqalam shtrLxi pastki piksellarni mutloq qoplaydi. Photoshop 7.0 dasturida faqat yangi tasvir yaratish imkoniyatlari bilan cheklanib qolmay, balki boshqaruvni soddalashtirish ham e’tiborga olingan.Mavjud boMgan mo4yqalamni o'zgartirish. Photoshop dasturiga qo'shimcha sifatida mo‘yqalamlar bazasi ham beriladi va siz u yerdan istalgan m o‘yqalamni tanlab, uni xohishingizga ko'ra o‘zgartirishingiz mumkin. Optsiyalar panclidan Brushes (Кисть) tugmasiga bosing, undagi menyudan Brush Tip Shape bo'limini tanlang. Diameter (Диаметр) effektni kerakli joygacha cho'zing yoki mo‘yqalam diametirini kiriting (1 dan 999 pikselgacha). Mo'yqalam izi shaffofsizligini belgilovchi Hardness (Жесткость) koeffitsientini tanlang yoki uni ham foiz miqdorda kiriting (0-100% gacha). Mo'yqalam qoldirgan izlari oralig‘ini Spacing (Интервал) orqali belgilang (0—99%). Foiz miqdori oshirilgan sari shtrixlar orasidagi masofa kattalashib boradi. Shuningdek, bu vazifani kursor yoki mo'yqalam ham bajarishi mumkin. Buning uchun Spacing(Интервал) tugmasidan bayroqchani olib tashlashning o ‘zi kifoya. Qanchalik kursorni tez harakatlantirsangiz shuncha oraliq katta- lashadi va aksincha. Ko'pgina standart o'rnatilgan mo'yqalamlar uchun asosan Spacing va D iam eter bo'limlarini o'zgartirish mumkin. Mo'yqalam izini doira yoki boshqa ellips ko'rinishlarini belgilash uchun Angle (Угол) bo'limidan (-180° dan +180° gacha) qiymatlarni ko'rsating yoki ekranning chap tarafidagi rasmdagi strelkani xohishga ko'ra joylashtiring. Mo'yqalamni tiniqlashtirish uchun Roundness (Округлость) (0—100%) parametrlarini bering. Foiz miqdori ortgani sari nuqta izi tiniqlashadi. Photoshop 7.0 dasturi yordamida siz bir qancha standart mo‘yqalamlar yoki o ‘zingiz o ‘lchamlari va ko‘rinishini kiritgan holda juda qiziqarli rassomchilik ishlarini amalga oshirishingiz mumkin. Rasmlar bilan ishlash uchun dasturning yangi versiyalari o‘ta qiziqarli bo'lgan rasmlarni yaratish imkonini beradi. Photoshop 7.0 dasturida standart va avvaldan foydalanuvchi kiritgan rasmlarni nusxalab unga sayqal berish, shu bilan birga tasvirga nam va qumq mo'yqalam usullarida bezak berish mumkin. Mo'yqalam paketiga barg va 0‘tlarning tasvirini yaratadigan maxsus effekt mo‘yqalamlari kiritildi. 11-mavzu: Tasvirlarga raqamli ishlov berishning qo’llanilish sohalari va yechiladigan masalalari . Yangi mo'yqalamni yaratish Brush (molyqalam) menyusidan New Brush (Yangi m o‘yqalam) buyrugMni tanlang. Mavjud mo'yqalamni o'zgartirish (Изменение существующей кисти) bo'limidan 2 dan 8 gacha bo'lgan buyruqlami tanlang. Create New Brush (Yangi mo'yqalamni yaratish) bo'limiga bir marta bosing va kerakli o'lchamlarni bering. Agar siz ushbu tayyor mo'yqalamni saqlasb qolmoqchi bo'lsangiz, uning nomini kiriting va OK tugmasini bosing. Saqlangan mo'yqalam piktogrammasi tanlash panelining oxirida joylashadi. Tasvirdan iborat bo'lgan mo'yqalamni yaratish uchun quyidagi ketma-ketlik bajariladi: Rectangular Marquee (Прямоугольная область) uskunasi ni faollashtirish uchun klaviaturadan M tugmasini yoki S hift+ M tugmalarini bosing. Rectangular Marquee (Прямоугольная область) uskunasi ni faollashtirish uchun klaviaturadan M tugmasini yoki S hift+ M tugmalarini bosing. Berilgan figuralar joylashgan oq fondagi tasvirning chegarasini belgilang (maksimum 1000x1000 pikselgacha). Edit > Define Brush (Pravka > Определение кисти) buyrug'ini tanlang. Yuqorida aytib o'tilgandek, ushbu yangi mo'yqalam nomini kiriting va OK tugmasini bosing. Bu mo'yqalamdan Brush (Кисть) menyusi bilan ishlayotganda foydalanish mumkin. Paydo bo'luvchi mo'yqalam o'lchamlarini. Spacing (Интерва.ч) tugmasidan shtrix-lar orasidagi masofani aniqlashtiring (1—999%). Belgilangan hududni qaytib o'z holiga keltirish uchun Ctrl+D tugmalarini birgalikda bosing. qolmoqchi bo'lsangiz, uning nomini kiriting va OK tugmasini bosing. Saqlangan mo'yqalam piktogrammasi tanlash panelining oxirida joylashadi. Tasvirdan iborat bo'lgan mo'yqalamni yaratish uchun quyidagi ketma-ketlik bajariladi: Mo ‘yqalam ni о ‘chirish Mo'yqalam tanlash panelini oching. Birinchi usul: Alt tugmasini bosib turib, o'chirmoqchi bo'lgan mo'yqalamni belgilang. Bu harakatni orqaga qaytarish (отменить) mumkin emas. Ikkinchi usul: keraksiz bo'lgan mo'yqalamni ko'rsating va Delete Brush (Mo'yqalamni o'chirish) buyrug'ini tanlang. Background Eraser va Magic Eraser uskunalarining ishlatilishi. M agic Eraser menyusi «sichqoncha» tugmasi bilan o'chirish imkonini beradi. U siz ko'rsatgan rangga yaqin bo'lgan piksellarni o'chiradi. Buning aksini esa Paint Bucket (Ведро с краской) uskunasi bajaradi. Agar siz shaffofsizlikni 100%dan pastrogkini tanlagan bo‘lsangiz, unda Magic Eraser uskunasi orqali kerakli joylarni shaffof ko‘rinishga keltirishingiz mumkin. Background Eraser uskunasi bu fondagi keraksiz joylarni o'chiradi yoki kerakli ranga bo'yaydi. Bu uskunaning ustunligi shundaki, u bilan aralash fonlarni yakdil holatga va o ‘chirilayotgan maydonni yoki chegaralarning hamohangligini nazorat qiladi. Qatlamlarning qismlarini tozalash Xohlagan qatlamni tanlang. Eraser (O'chirgich) uskunasi yordamida qatlamdagi keraksiz joylarni o'chirmoqchi bo'lsangiz, unda Lock transparent pixels (Зафиксировать прозрачные точки) bo'limiga bayroqchani o'mating. Shunda o'chirilayotgan qatlam undan oldingi qatlamning foniga ega bo'ladi. Agar Locktransparent pixels (Зафиксировать прозрачные точки) bo'limidagi bayroqcha olib tashlansa, unda o'chirilgan qism shaffof holatga o'tadi. Eraser (O'chirgich) uskunasini E tugmasi yoki S h ift+ E tugmalarini birga bosib ishga tushiring. Optsiyalar panelidan Brush (Кисть) bo'limiga kiring va kerakli bo'lgan mo'yqalamni tanlang. Mode (Режим) bo'limidan kerakli rejimni tanlang: u yerda Brush (Кисть), Pencil (Карандаш) yoki Block ( Б л о к ) т tanlang. Ho'l bo'yoqni akslantiruvchi Brush (Кисть) effektini tanlang. Opacity parametrlarini ko'rsating. 12-mavzu: Adobe Photoshop –da qanday qilib daraxtni chizish mumkin. s Gradient rang berish - Gradient (gradient) - [G] - gradient yoki bitta rangdan boshqasiga o’tish rangi bilan tanlangan sohani to’ldirish. m Orqa rang berish - Paint Bucket (kovsh) - [G] - belgilangan sohani bitta rang yoki naqsh (tayyor va biz yaratgan) bilan to’ldirish. Xususiyatlar satrida quydagilar faol bo’ladi: Gradient Editor gradient rangli holatlarini o’zgartirish Gradient turlari: chiziqli (Linear Gradient), radial (Radial gradient), burchakli (Angular gradient), oyna aksli (Reflected gradient), rombli (Diamond gradient) Revers gradientda birinchi va ikkinchi ranglarni o’rni bilan almashtirish Dither gradient rang bilan to’ldirilishda chiziqlar ko’rinishini o’chirish Transparency rangsiz sohaga ruxsat berish belgisi. Rang bilan to’ldirilish turini tanlash rang-Foreground yoki naqsh- Pattern Pattern to’ldirilish naqshini tanlash Mode rang bilan to’ldirilish holatini o’zgartirish Opacity rang bilan to’ldirilgan sohaning ko’rinmaslik darajasini o’zgartirish Tolerance Sezuvchanligi (dopusk) - rang bilan to’ldirilishda chegaralarga sezuvchanligini o’zgartirish Anti-Aliased Chegaralarni yoyilishi - rang bilan to’ldiriladigan soha chegaralari holatini o’zgartirish. Contiguous - faqat chegaralangan sohani rang bilan to’ldirish Use All Layers optciyaci rang bilan to’ldirilishda hamma qatlamlarda soha chegaralarini aniqlashni ta'minlaydi Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling