Konlarda quduqlarni ishlatish texnikasi va texnologiyasi
Download 147.14 Kb.
|
3-Amaliy mashg\'ulot Konlarda quduqlarini ishlatish texnikasi va texnologiyasi.
Mavzu: Konlarda quduqlarni ishlatish texnikasi va texnologiyasi Konlarda quduqlarni konini ishlatish neftni yer bag'ridan yuqoriga ko'tarib chiqish bilan bog'liq quyidagi tadbirlar natijasida amalga oshiriladi 1. Konni quduqlar yordamida burg'ulash; 2. Qatlam energiyasi balansini boshqarish quduqlarni tegishli joylashtirish va ularning ishlash rejimini belgilash hamda, quduqqa nisbatan neft yoki gaz harakatini boshqarish; 3. Neftni tubdan yuzaga ko'tarish. Neft va gaz harakati jarayonini boshqarish bo'yicha tadbirlar majmui konning ishlatish tizimini belgilaydi. Har bir uyumni ishlatish tizimi to'g'risidagi tushuncha dastavval mahsulot olinadigan quduqlarning maydon bo'ylab joylashish sxemasiga bog'liq. Bu sxema asosan neftlilik konturining siljishi yoki siljimasligi va qatlam energiyasining manbalariga bog'liq. Chunonchi, siljiydigan neftlilik konturi sharoitida (suv bosimi va bosim usullari) quduqlar suv-neft yoki gaz-neft tutash yuzasiga parallel shaklda qatorlar bo'ylab joylashtiriladi. (7.1-rasm). Bu sharoitda bir vaqtning o'zida uchta qatorni baravariga ishlatish maqsadga muvofiq Katta o'lchovli uyumlarda uchtadan ko'proq qatorlar joylashtirilgan bo'lsa, to'rtinchi qator birinchi qator quduqlarini to'la suv yoki gaz bosgandan so'ng beshinchi qator ikkinchi qator quduqlarini to'la suv yoki gaz bosgandan so'ng va h.k. ishga tushiriladi . Shuni ham ta'kidlash kerakki, uyumning markaziy qismi uzoq vaqt konservatsiyada bo'lmasligini ta'minlash maqsadida ba'zan kontur ichiga suv haydash uyushtiriladi. Siljimaydigan konturli uyumlarda quduqlar maydon bo'ylab yoppasiga to'r joylashtiriladi. shaklida (kvadrat yoki uchburchaksimon) Quduqlar orasidagi va qatorlar orasidagi masofa geologik- texnikaviy va iqtisodiy mulohazalarni hisobga olib belgilanadi. Uyumni ishlatish tizimi shuningdek quduqlar va qatorlarning ishga tushirilish ketma-ketligini ham belgilaydi. Ishlatish tizimi zarur hollarda va mavjud shart-sharoitda qatlam bosimni saqlab turish tadbirlarini ham belgilaydi. Ko'p qatlamli konlarda ishlatish tizimi qatlamlarning ishga tushirish ketma-ketligi (tartibini) ham mo'ljallaydi. Qatlamlarni yuqoridan pastga qarab birin-ketin yoki pastdan yuqoriga qarab ishga tushirish va kombinatsiyalashgan tizimlar mavjud. Kombinatsiyalashgan tizimda eng katta zaxira mujassamlashgan bazisli qatlam birinchi navbatda ishga tushirilib, keyin zahirasiga mos ravishda boshqa qatlamlarni ishlatish tartibi mo’ljallanadi. Ishlatishning oqilona tizimi Odatda uyumni ishlatish tizimi bir necha variantda hisoblab ko'riladi. Bu variantlar uyumdagi quduqlar soni va ularning ishga tushish ketma-ketligi, ishlash rejimi, qatlam bosimini saqlash usulining qo'llanilishi va ishlatishning iqtisodiy ko'rsatkichlari bilan bir-biridan farq qiladi. Variant ko'rsatkichlari o'zaro taqqoslanib, uyumni ishlatishning oqilona tizimi tanlanadiki, bu tizim quyidagi omillar bilan belgilanadi: 1. Quduqlar orasida o'zaro eng past ta'sir darajada. Yer osti gidravlikasi qonunlaridan ma'lumki, quduqlar orasidagi masofa kengaygan sari, ularning o'zaro ta'sirl pasayadi va quduq tubi bosimlari tengligi sharoitida ulardan olinadigan mahsulot miqdori oshadi. Bunda har bir quduqni burg'ulashga va jihozlashga ketgan mablag' tez qoplanadi. Lekin quduqlar orasidagi masofa kattalashsa jami quduqlar soni va ulardan olinadigan mahsulot miqdori kamayadi, uyumni ishlatish muddati uzayadi. Shuningdek, kollektorlarning turlilik sharoitida neftning ancha qismi uyumda qolib ketadi. 2. Yuqori neft beraolishlik koeffitsenti. Yuqori neft beraolishlik koeffitsiyenti butun qatlam bo'yicha siqib chiqarish jarayonini bajarish, ya'ni suv-neft va gaz-neft tutash yuzalari barcha qatlamchalar orqali o'tishi natijasida olinishi mumkin.Past o'tkazuvchanli qatlamlarda neft harakatini ta'minlash uchun suyuqlik harakatining katta tezligini va yuqori bosim gradientini ta'minlash kerak. Demak, yuqori neft beraolishlik koeffitsiyenti siqib chiqarish rejimi (usul)lariga xosdir. Qatlamning tabiy energiyasi yetarli bo'lmagan hollarda sun'iy suv bosimi yoki gaz bosimi usulini qo'llashga to'g'ri keladi.Turliligi yuqori qatlamlarda neft beraolishlik quduqlar Joylashishining zichliliga ham bog'liq. Konni ishlatish loyihasida quduqlarni zich joylashtirish olinishi mumkin bo'lgan zaxiraning oshishiga olib kelish varlanti ham ko'riladi. 3. Neftning minimal tannarxi. Loyihalashtiriladigan har bir ishla- tish tizimining hamma variantlari uchun kapital va ekspluatatsion sarf-harajatlar hisoblanib neftning tannarxi aniqlanadi. Eng past tannarxli variant iqtisodiy jihatdan oqilona hisoblanadi. Neft konlarini ishlatish muammosi neft va uning mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojiga qarab davlat masshtabida hal qilinadi. Davlat rejasi neft qazib olishning istiqboli va uni qayta ishlash masalalarini hisobga olgan holda tuziladi. Shuning uchun konni oqilona ishlatish tizimini tanlash kompleks ravishda hal qilinadi. Yuqori neft beraolishlik koeffitsiyentini va xalq xo'jaligi rejasini minimal harajat bilan ta'minlovchi tadbir oqilona tizimga mos keladi. Kon ishini loyihalashtirishning shunday varianti to'planishi kerakki bu variant yuqorida quyilgan talablarga javob bersin. Ishlatishning oqilona tizimi quyidagi ketma-ketlikda bajariladi: a) boshlang'ich geologik-fizikaviy ma'lumotlarni yig'ish; b) gidrodinamik hisoblashlar natijasida u yoki bu tizim uchun ishlatishning texnologik ko'rsatkichlarini hisoblash; d) ishlatishining har xil variantlari uchun iqtisodiy samaradorlikni hisoblash; e) geologik-texnikaviy va iqtisodiy ko'rsatkichlarini taqqoslab Ishlatishning oqilona variantini tanlash. Download 147.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling