Konni qazish va yuklash ishlari Reja


Download 0.56 Mb.
Sana13.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1354302
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint

Konni qazish va yuklash ishlari

 

Reja:

1.Ochiq usulda qazib olish

2.Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olishning texnologik asoslari

3.Yopiq usulda qazib olish

4.Ruda konlarini yer osti usulida qazib chiqarish asoslari

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

 

Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olishning

Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olishning

texnologik asoslari

Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish ishlari bevosita yer yuzida turib amalga oshiriladi.Ochiq kon ishlari asosida foydali qazilma konlarini qazib olishni yanada rivojlantirish quyidagi yo‘nalishlar asosida amalga oshiriladi:

– mavjud va quriladigan yangi karyerlarning yillik ishlab chiqarish quvvatini 10–20 va undan ko‘p mln. tonnagacha oshirish;

– qoplama jinslarni qazib olingan bo‘shliqda cho‘michning hajmi 40–100 m3, strelasining uzunligi 100–150 m bo‘lgan draglaynlar orqali joylashtirish texnologiyasini kengaytirish;

Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazi olish sxemasi: a) gorizontal yoki qiyaroq foydali qazilmalarni qazish sxemasi: b) o‘ta qiya yoki tik joylashgan foydali qazilmalarni qazish sxemasi: 1 – kon ishlarining yil boshidagi holati, 2 – kon ishlarining yil oxiridagi holati, 3 – karyerning oxirgi chegarasi.

Konni ochiq usulda qazib olish uchun xizmat qiladigan ochiq kon laximlarining majmui karyer deyiladi.

Konni ochiq usulda qazib olish uchun xizmat qiladigan ochiq kon laximlarining majmui karyer deyiladi.

Bitta karyer orqali qazib olishga ajratilgan foydali qazilma koni yoki uning bir uchastkasi karyer maydoni deyiladi. Karyerning asosiy obyektlari uchun ajratilgan maydon – yer ajratmasi deyiladi va u karyer maydoniga nisabtan bir necha marta katta bo‘ladi

Karyer tepasi yer yuzi bilan chegaralanadi. Yon tomonlardan karyerni chegaralovchi pog‘onasimon tekisliklar karyer yonbag‘ri,karyerning chuqurligi bo‘yicha chegaralovchi tekislik – karyer asosi karyer yonbag‘rining yer yuzi bilan kesishish chizig‘i esa – ustki chegarasi deb ataladi.

Konlarni ochiq usulda qazib olish davri to‘rt bosqichga ajratiladi:

Konlarni ochiq usulda qazib olish davri to‘rt bosqichga ajratiladi:

1. karyer qurishga belgilangan yer ajratmasini tayyorlash.

2. karyerni qurish.

3. konni qazib olish.

4. konni tugatish.

Kon jinslarini qazishga tayyorlash ishlari navbatdagi jarayonlar –jinslar massivini qazib olish va yuklash, tashish, ag‘darmalar hosil qilish va qayta ishlov berish kabi jarayonlarni bajarish uchun texnik imkoniyatlar yaratish maqsadida amalga oshiriladi.

Jinslarni portlatib buzish usullari: a – ustquyma zaryad; b, d – shurf va shtolnya kamer zaryad; e – qozonsimon zaryad; f – skvajina zaryadi; 1 – zaryad; 2 – tiqin.

Bir cho‘michli ekskavatorlar: a – to‘g‘ri cho‘michli; b – teskari cho‘michli; d – draglayn.

Uzluksiz prinsipda ishlaydigan mashinalar (ko‘p cho‘michli zanjirli va rotorli ekskavatorlar) ishchi organi (cho‘michli, qirg‘ichli)halqasimon traektoriya bo‘yicha harakatlanishi tufayli kon jinslarini qazib olib yuklash ishlari uzluksizligini ta’minlaydi.Karyerda to‘g‘ri mexanik bir cho‘michli, teskari bir cho‘michli va draglaynlar keng qo‘llaniladi

Zanjirli va rotorli ekskavatorlar ko‘p cho‘michli ekskavatorlarning keng qo‘llaniladigan xillari hisoblanadi

Zanjirli (a) va rotorli (b) ekskavatorlar

Ko‘p cho‘michli va rotorli ekskavatorlar qo‘llanilganda karyerda bajariladigan qator jarayonlar – jinslarni massivdan qazib olish, transport qilish, ag‘darmaga tushirish kabi jarayonlarni tashkil qilish potok usulida amalga oshiriladi. Shu sababli bu ekskavatorlar yillik,quvvati katta bo‘lgan karyerlarda qo‘llaniladi.

Ruda konlarini ochish va tayyorlash. Ruda konlari yotqiziqlarini katta qismi gorizontga nisbatan o‘ta qiya (tik) yoki qiya holatda yer qobig‘iga joylashgan bo‘ladi. Bu konlarni yuqoridan pastga yo‘nalishda qazib olish ishlarini yengillatish maqsadida qavatlarga bo‘linadi. Odatda, qavatlarning vertikal balandligi 60–80 metrni tashkil qiladiф

Ruda yotqizig‘i cho‘ziqligi bo‘yicha qavatlar uzunligi 50–60 m bo‘lgan bloklarga ajratiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

Foydalanilgan adabiyotlar:

 

1. Yusupxodjayev A.A. Og‘ir rangli metallar metallurgiyasi. T.: ToshDTU. 2000. 120 b.

2. Xasanov A.S., Sanakulov K.S., Yusupxodjayev A.A. Rangli metallar metallurgiyasi. T.: «FAN». 2009. 375 b.

3.Уткин И. Н. Металлургия цветных металлов. М.:Металлургия. 2006 г. 486 с.

4. www. rudmet.ru

5.www. Ziyo-net.uz

6. www.mstu.edu.ru

7. www.AGMK.uz


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling