Konsepsiyasi


Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana22.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1109559
1   2   3   4   5
Bog'liq
madaniyat-sohasida-integratsion-ta-lim-klasteri-konsepsiyasi

Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar 
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions 
Кластер педагогического образования: проблемы и решения 
Chirchik, Uzbekistan 1650 International Conference 
hamda hududiy madaniyat muassasalariga metodik yordam ko„rsatishni nazarda 
tutuvchi institutsional tuzilma hisoblanadi. 
Madaniyat sohasida integratsion ta'lim klasterining asosiy vazifasi madaniyat 
sohasida samarali vorisiylikni ta‟minlash va yoshlarni madaniyat sohasiga bo„lgan 
qiziqishlarni rag„batlantirib borish, madaniyat sohasidagi ixtisoslashtirilgan 
maktab, oliy ta‟lim muassasasalari pedagoglarini kasbiy tayyorgarligini 
amaliyotga tayangan holda va manfaatdor sub‟yektlar bilan samarali aloqasini 
intensiv ta‟minlagan holda olib borish, bo„lajak madaniyat muassasalari 
mutaxassislarini innovatsion tajribaga ega bo„lgan amaliyotlar bazasida tayyorlash 
muhitini yaratish, yosh mutaxassislarning kasbiy ko„nikmalarni egallash davrini 
qisqartirish, talabalarni bugungi jadal rivojlanish jarayonlarida bevosita ishtirok 
etishini ta‟minlash, pedagogik ta‟limda yangi avlod o„quv, o„quv-metodik, ilmiy 
adabiyotlar, vositalar va didaktik materiallar majmuasini yaratish, shuningdek, 
yaratilgan adabiyotlarni turlari bo„yicha ekspertizadan o„tkazish, madaniyat 
sohasidagi oliy ta‟lim muassasalari ilmiy salohiyatini oshirish, madaniyat ta‟limini 
rivojlantirishning 
dolzarb 
masalalari 
atrofida 
intellektual 
resurslarni 
integrasiyalash, ta‟lim, fan va amaliyotning turli shakl va turlarini izlab topish va 
ta‟limga tatbiq etish, madaniyat sohasida tarbiyaviy faoliyat uzviyligini 
ta‟minlovchi mexanizmlarni takomillashtirish, madaniyat muassasalarining 
hamkorlikdagi faoliyati, jumladan ta‟lim bilan aloqadorlik, bog„liqlik va 
hamkorlik zaruriyatini ilmiy asoslashdir.
Madaniyat sohasida integratsion ta'lim klasteri to‟rt muhitni o‟z ichiga oladi. 
Birinchi 
muhit 
bu 
madaniyatda 
vorisiylik: 
madaniyat 
sohasida 
samarali vorisiylikni ta‟minlash va yoshlarni madaniyat sohasiga bo„lgan 
qiziqishlarni rag„batlantirib borishni qamrab oladi. 
Ikkinchi muhit bu madaniyat sohasida sifatli integratsion ta'lim muhiti bo‟lib,
madaniyat sohasidagi ixtisoslashtirilgan maktab, oliy ta‟lim muassasasalari 
pedagoglarini kasbiy tayyorgarligini amaliyotga tayangan holda va manfaatdor 
subyektlar bilan samarali aloqasini intensiv ta‟minlagan holda olib borish, bo„lajak 
madaniyat muassasalari mutaxassislarini innovatsion tajribaga ega bo„lgan 
amaliyotlar bazasida tayyorlash muhitini yaratish, yosh mutaxassislarning kasbiy 
ko„nikmalarni egallash davrini qisqartirishni qamrab oladi.
Uchinchi muhit bu o‟quv adabiyotlari yangi avlodini yaratish muhiti bo‟lib, 
bu pedagogik ta‟limda yangi avlod o„quv, o„quv-metodik, ilmiy adabiyotlar
vositalar va didaktik materiallar majmuasini yaratish, shuningdek, yaratilgan 
adabiyotlarni turlari bo„yicha ekspertizadan o„tkazishni qamrab oladi. 



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling