Konstitusiyaga o’zgartirish kiritish tartibi Reja


Konstitutsi­yaga o’zgartirish kiritish bo'lgan masalalar


Download 66.82 Kb.
bet4/4
Sana30.04.2023
Hajmi66.82 Kb.
#1407352
1   2   3   4
Bog'liq
Konstitusiya

Konstitutsi­yaga o’zgartirish kiritish bo'lgan masalalar
Konstitutsi­yani hamma bilishi kerak bo'lgan masalalar: Birinchidan, Konstitutsi­yaning mazmun-mohiyatini bilish. Kon­stitutsiyamiz mustaqillik mahsuli bo'lib, unga xalqimiz ruhiyati, axloqi, ma'naviyati, irodasi, orzuistaklari singdirilgan. Konstitutsiyani ishlab chiqish va qabul qilishda xalqning chetda turmasdan faol ishtirok etishi uning xalqchil, insonparvar bo'lishini va hech qanday xatoliklarga yul qo'ymasligini nazarda tutmoq joizdir. Konstitutsiya xalq ijodkorligi, dunyoqarashi, bilimi mahsulidir. Shun­ingdek, mustaqillik g'oyalarining aks etishi Konstitutsiya mazmunmohiyatini boyitadi. Ikkinchidan, Konstitutsiyaning awalgi konstitutsiyalardan farqini bilish. Bu konstitutsiyaning mazmunmohiyatini yanada chuqurroq bilishga olib keladi. Bunda, eng asosiysi, amal­dagi Konstitutsiyamiz awalgi Konstitut­siyalardan o'zida inson manfaatlarini ustun qo'yishi bilan farq qilib, bunda demokratik, huquqiy davlatlarga xos ko'ppartiyaviylik, hokimiyat bo'linishi prinsipi, fikrlar xilmaxilligi, o'zini o'zi boshqaruv, davlat organlari va mansabdor shaxslarning fuqarolar va jamiyat oldidagi mas'ulligi, bozor munosabatlari prinsiplari va g'oyalari mustahkamlangan. Uchinchidan, Konstitutsiyaning ahamiyatini bilish zarur. Konstitutsiya, konstitutsiyaviy davlat tuzumini o'rnatib, unga mos hokimiyat tizimi va ularni amalga oshiruvchi davlat or­ganlari tizimini belgilar ekan, bu eng awalo, inson manfaati uchun qilinganligini anglash zarur. Konstitutsiya fuqarolarni har qanday tazyiq, adolatsizlik, zo'ravonlikdan saqlab qoluvchi vosita, shuning uchun bunday salbiy holatlarning oldini oladigan Konstitutsiyadagi barcha qoida va normalarni bilish darkor. Konstitutsiya boshqa qonunlar uchun asos bo'lishini, boshqa qonunlar esa Konstitutsiyaga zid bo'lmasligini bilib olish zarur. Shunda qandaydir sabab bilan boshqa qonunlarda fuqarolar manfaati buzilsa, unga Konstitutsiya ro'kach qilinishi va buzilgan huquq tiklanishi mumkin. Shuningdek, Konstitut­siya tinchlikosoyishtalikni saqlashda ham katta ahamiyatga ega bo'lib, bu osoyishtalikni ta'minlovchi normalarni albatta bilish kerak. To'rtinchidan, Kon­stitutsiyaning asosiy tamoyillari va xususiyatlarini bilish zarur. Konstitutsi­yaning tamoyil va xususiyatlari uning demokratik, insonparvar xususiyatini ko'rsatuvchi asosiy belgilardir. Konsti­tutsiya prinsiplari hisoblanuvchi davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, qonuniylik, Konstitutsiya va qonunning us­tunligi, demokratizm, inson manfaatlarining ustuvorligini bilish zarur. Bularni bilish orqali mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o'rni, davlatning jamiyatdagi o'rni va, eng muhimi, fu­qarolarning jamiyatdagi o'z o'rnini bilish imkoniyati tug'iladi. Hokimiyatning bir danbir manbai xalq ekanligi, malakali, to'g'ri va samarali amalga oshirishi uchun hokimiyat davlatga ishonib topshirilganligi, hokimiyatni amalga oshirish uchun davlat tomonidan sharoitlar yaratib berilishi haqida ham tasawur hosil bo'ladi. Ana shu prinsiplarga to'la amal qilgandagina bosh maqsad insonning oliy qadriyat dara­jasiga ko'tarilishi bilib olinadi. Beshinchidan va bu eng asosiysi, inson o'zining huquqiy holatini aniq bilishi uchun Konstitutsiyada belgilangan huquq va erkinliklarni, ularning kafolatlarini hamda burchlarini o'rganishi zarur. Buning natijasida fuqarolar o'z ijtimoiyshaxsiy hayotini, o'zining qon­uniy manfaatlarini himoya qilishni, huquq, erkinliklari buzilgan taqdirda ularni tiklash uchun qanday harakat qilishni, davlatdan, uning tuzilmalaridan, mansabdor shaxslardan nima talab qilishni bilib oladilar. Konstitutsi­yaviy huquq va erkinliklarni yaxshi bilish, inson huquqlarining boshqa xujjatlar bilan kamsitilishiga to'sqinlik qiladi. Huquq va erkinliklarni bilish belgilangan huquqlarni konstitutsiyada belgilangan qoidalardan tashqari hech qanday asosda va tartibda cheklash mumkin emasligi haqida fuqarolarga tushuncha beradi. Konstitutsiyaviy kafolatlarni yaxshi bilish huquq va erkinliklar kuchli vositalar orqali ta'minlanishi haqida tasawur hosil qiladi va har bir fuqaroda davlatga, kelajakka ishonch hosil bo'ladi. Shaxsiy huquq va erkinliklarni bilish fu­qarolarga ornomusi, qadrqimmati, daxlsizligi, erkinligini ro'yobga chiqarishga, siyosiy huquqlarni bilish siyosiy hayotda, davlat boshqaruv ishlarida samarali, ongli ishtirok etish, iqtisodiy huquqlarni bilish turmushini to'g'ri tashkil qilish, farovonlikka erishishda yordam beradi. Konstitutsiyada o'rnatilgan burchlarni bilish ba'zi harakatlarni sodir etishdan tiyilish, ba'zi harakatlarni albatta ongli ravishda amalga oshirishga olib keladi. Natijada, har bir fuqaro jamiyatdagi o'z o'rnini aniq biladi va taqdiri birinchi navbatda o'ziga bog'liqligini his qiladi, bu esa Konstitutsiyani muqaddas deb qarashga olib keladi. Oltinchidan, Kon­stitutsiyaviy tuzum, uning asoslarini, davlat shakli va boshqaruv shaklini, hokimiyatni amalga oshiruvchi organlar tizimi va ularning faoliyatini bilish kerak. Konstitutsiyaning bu ma­salalar haqidagi normalarini bilish, fuqarolarning dunyoqarashini kengaytirib, davlatga, uning tomonidan o'rnatilgan tartiblarga, hokimiyat or­ganlari tizimiga hurmat hissini vujudga keltiradi. Ular haqida aniq tasavvurga ega bo'lish davlat va jamiyat ishlarida ongli, faol ishtirok etishni, davlat tuzilmalari, mansabdor shaxslar faoliyati ustidan nazorat qilishda ishti­rok etishini ta'minlaydi. Shaxslar o'z huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta'minlanishini; mansabdor shaxslar, deputatlar o'z vakolatlari haqidagi normalarni chu­qurroq o'rganishi va bilishi zarurdir.


Xulosa
Xulosa qilib aytganda, konstitusiyamizning ahamiyati va mohiyatini, hayotimizdagi o’rni va ta’sirini, qadr-qimmatini yanada chuqurroq anglab bormoqdamiz. Konstitusiya har bir mamlakatning suvereniteti, milliy davlatchiligi rivoji, fuqarolarning hayoti, jamiyatdagi o’rni va turmush tarzini belgilab beradigan asosiy qonundir. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ishlab chiqilgan va qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi xalqimizning inson huquqlariga va davlat suvereniteti g’oyalariga sodiqligini ifoda etib, milliy davlatchiligimiz rivoji, demokratiya va ijtimoiy adolat, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalariga asoslangan, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishning mustahkam yo’lini belgilab berdi. Mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining asosiy yo’li aniq ifodalab berilgan bu qomusiy hujjatda davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo’linishi eng muhim tamoyil sifatida belgilangan. Inson huquq va erkinliklari Konstitusiyamizda muhrlab qo’yilganligi mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, adolatli fuqarolik jamiyati barpo etishning bosh omili bo’lib xizmat qilmoqda. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, bugun jamiyatimizda qanday yutuq va marralarga erishayotgan bo’lsak, bularning poydevorida Konstitusiyamiz — buyuk hayotimiz qomusi turibdi. Bu esa, o’z navbatida, Bosh Qomusimiz xalqimizning ruhiyati, ma’naviyati va orzu-intilishlariga hamohang tarzda yaratilganining amaldagi yaqqol ifodasidir. Mustaqillik yillarida hayotning hamma jabhalarida — el-yurtimiz tinch¬ligi, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, huquqiy demokratik davlat barpo etish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida qaror toptirish, jamiyatni demokratlashtirish va mamlakatimizni modernizasiya qilish borasida qanday ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan bo’lsak, barchasining zamirida Konstitusiyamizda kafolatlangan huquqlar, g’oyalar, prinsiplar mujassam ekanini bugun har bir yurtdoshimiz chuqur his etmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov Konstitusiyani „xalqchil qomus“ deb ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, suveren respublikamiz Konstitusiyasi — inson va fuqaro huquqlarining demokratik xartiyasi bo’lib, u huquqiy va insonparvar davlatni shakllantirishning strategik dasturi vazifasini o’tab kelmoqda. Konstitusiya — davlatimiz mustaqilligining huquqiy zamini, xalq xohish-irodasining oliy ifodasi sifatida maydonga chiqdi. U eng taraqqiy topgan, rivojlangan davlatlarning konstitusiyaviy tajribalariga tayanish bilan birga, tarixda sinalgan umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni o’zida mujassam etgan hujjat ekanini namoyon etmoqda. Konstitusiya o’zbek davlatchiligini zamonaviy, ma’rifiy asosda qayta tiklash, tinch-totuv yashash va tinchlikni barcha choralar bilan mustahkamlash, demokratiyani chuqurlashtirish, inson huquqlari va davlat suvereniteti g’oyalariga sodiq qolish, adolatli huquqiy davlat barpo etish, fuqarolar tinchligi va milliy hamjihatlikni ta’minlash kabi vazifalarga mas’ul va kafolat bo’lib hisoblanadi. Zotan, Yurtboshimiz ta’kidlab aytganidek: „Bizning Konstitusiyamiz umuminsoniy — tenglik, erkinlik, birodarlik, xalqlar va millatlararo do’stlik, mamlakat va dunyo barqarorligi kabi eng ulug’ g’oyalarga xizmat qiladi“. Bu esa aynan xalqimiz asrlar osha ardoqlab kelayotgan eng ezgu fazilatlar — tinchlik-totuvlik, o’zaro hamkorlik, kattaga hurmat, kichikka izzat, jamoaning fikriga bo’ysunish, oila muqaddasligi va boshqa ko’plab qadriyatlarining Bosh Qomusimizda aks ettirilgan huquqiy ifodasi ekanining yana bir isbotidir. 
Adabiyotlar ro’yxati



  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992 yil

  2. Huquqshunoslik. T., SPIUL. 2002 yil.

  3. Islomov Z. Davlat va huquq: umumnazariy masalalari. T. «Adolat» 2000 yil.

  4. Xolmo’minov K.T. O’zbekistonda huquqiy davlat kurish.




Download 66.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling