“ Konstitutsiya - baxtimiz qomusimiz“
1-bosh
Mag’rur boshimni egib sizga tazim etaman
Ozod vatan bag’ringda yoshlik zavqin suraman
2-bosh:
Boshimizda keng osmon
Bo’lsin doim musoffo
Ona vatan hurlikda
Yagonasan sen tanho
1-bosh:
Assalomu alaykum hurmatli ustozlar mehribon ota-onalar
2-bosh
Assalumu alaykum maktabdosh do’stlaru qadrli opa-singillar aka-ukalar
1-bosh:
Sening bitik yo`ling kurashdir yiroq.
Bir bobing To‘maris ko‘targan chiroq,
Yozdi bir bobingni qon bilan Shiroq,
Ey, mening o‘zligim - g‘urur, nomusim,
Konstitutsiyam - oliy Qomusim.
2-bosh:
Sening manzilingni ko‘zlagan karvon,
G‘aznaviy, Temuriy, Boburiy davron,
U karvon boshida Navoiy sarbon,
Ey, mening o‘zligim — g‘urur, nomusim,
Konstitutsiyam — oliy Qomusim.
1-bosh
Dar haqiqat bugungi tantanali tadbirimiz KONSTITUTSIYA- batimiz qomusi deb ataladi
2-bosh
Boisi 8-dekabr kuni hammamiz uchun sevimli bo’lgan kostitutsiya kunini nishonlaymiz.shu munosabat bilan biz bugun sizlarga konstitutsiyamiz bo’limlari moddalari, xullas o’zb res ning konstittusiyasi haqida hikoya qilib bermoqchimiz.
1-bosh
Dunyoda dunyosi
Bordir bu yurtning,
Xumosi — Tug‘rosi
Bordir bu yurtning.
2-bosh
Har sahar yangragan
Ulug‘ Madhiyam,
Har satri hikmatga
To‘liq Madhiyam.
Eng go‘zal qo‘shig‘i
Ozod elimning,
Muqaddas Madhiyam,
Qutlug‘ Madhiyam!
O`zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi ijro etiladi.
2-bosh
Davramizni ochib berish uchun so’zni maktabimiz direktori …………………………ga beramiz
1-bosh
Kunduz – quyosh, tunlari
Nur sochar oy fonusim
Sening bilan chorog`on
Hayotim , bosh qomusim
2-bosh
Jajji qalbda orzular
Ushaladi sen sabab
Sening o`zing zo`r muallim
Sening o`zing zo`r maktab
1-bosh
Tabiiyki, har qanday davlatning obro‘-e’tibori Konstitutsiya hisoblanadi. Chunki u davlatni, millatni dunyoga tanituvchi bosh qonundir.
2-bosh
Hozirgi Konstitutsiyaning yozilishida bir necha bor amalda sinalgan, tarixiy va zamonaviy tajribalar va masalalar inobatga olinib, puxta va chuqur munozaralardan keyingina xalq muhokamasiga havola etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |