Konstitutsiya farovon hayotimiz kafolati


Download 23.08 Kb.
bet2/2
Sana03.11.2021
Hajmi23.08 Kb.
#170390
1   2
Bog'liq
Konstitutsiya farovon hayotimiz kafolati

deydi Qodirbek Musayev. – Oliy yuridik kuchga ega. Nisbiy barqarorlik xususiyatiga ega. Joriy qonunchilik baza vazifasini o‘taydi. Alohida tartibda qabul qilinadi va o‘zgartiriladi. Bugungi kunga qadar Bosh qomusimizga 14 marotaba qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, mulkchilikning xilma-xil shakllari, bozor munosabatlariga o‘tish tamoyillari, xususiy mulkning davlat tomonidan ta’kidlangan. Hujjatda hurfikrlik, vijdon va diniy e’tiqod erkinligi masalalariga alohida o‘rin ajratilgan. Bosh qomusimizning har bir moddasi fuqarolarimizning taqdiriga daxldor bo‘lib, xalqimiz uchun hayot, taraqqiyot va adolat qomusiga aylandi. Konstitutsiya mamlakat taraqqiyoti, xalqimizning hayot yo‘lida adolat mezoni bo‘lib kelmoqda.

Konstitutsiya va qonun ustuvorligi ta’minlanishi bilan bevosita bog’liq. Zero, Konstitutsiya xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi sanaladi. U hech kimga qaram bo’lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolatidir. Konstitutsiya bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida mustahkam poydevor bo’lib xizmat qilmoqda.
         O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasidayoq: “...respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilib” degan qoidaning mustahkamlangani asosiy qonunimizning bevosita xalq farovonligini nazarda tutishini anglatadi.


Konstitutsiya xalqimiz manfaatlarini ifodalaydi va uning normalarini amalga oshirish puxta ishlab chiqilgan davlat yoki strategik dasturlar ishlab chiqish talabi qo’yadi.

Qomusimiz - nomusimiz. Bu fikr Asosiy qonunimiz Konstitutsiyaga daxldordir.

“Bugun hayotimizning o‘zi Konstitutsiyamizda ifodasini topgan eng asosiy maqsad – inson manfaatlarini har tomonlama ta’minlash masalasini dolzarb vazifa qilib qo‘ymoqda. Inson manfaatlarini ta’minlash uchun esa avvalo odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak” degan so‘zlari bilan yana bir bora o‘z isbotini topdi.

Albatta, inson manfaatlari ustuvor bo‘lgan yurtdagina yuksalish bo‘ladi, bunday davlat fuqarosi har tomonlama barkamol bo‘lib, vatan uchun, xalq uchun joni-jahonini fido qilishga doimo tayyor bo‘ladi.

Inson huquqlari muammosi bugungi kunda insoniyat oldida turayotgan eng dolzarb muammolardan biridir. Aynan inson huquqlarining ta’minlanganganlik darajasi bilan davlatning demokratik rivojlanganlik darajasi o‘lchanadi, inson huquqlari muayyan bir mamlakatda demokratik-huquqiy davlat barpo etish siyosatining o‘ziga xos barometridir. Zero, inson huquqlarini ta’minlash jamiyatning barcha jabhalardagi taraqqiyotning asosi, chunki inson huquqlari ta’minlangan jamiyatda raqobat muhiti paydo bo‘ladi hamda ijobiy o‘zgarishlar va yangilanishlar sur’atlari jaddalashadi hamda pirovardida demokratik huquqiy davlat qurish bo‘yicha strategik maqsadga erishiladi.

O‘tgan davr mobaynida Konstitutsiyamiz respublika mustaqilligining huquqiy poydevorini mustahkamlashda, barcha sohalardagi islohotlarni amalga oshirishda va xalqimiz farovonligini yuksaltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Shu bilan bir qatorda davr sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, mustaqilligimizning hamda insonlarning huquq va erkinliklari hamda manfaatlarining chinakam kafolatiga aylandi. Qomusimizda birinchi navbatda, shaxs manfaati davlat manfaatidan ustun g‘oyasiga asos solingan bo‘lib, inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida muhrlab qo‘yildi. Konstitutsiyamizda fuqarolarning tengligi, erkinligi va daxlsizligi, huquq va erkinliklarining oliy qadriyat ekanligi, har qanday qonunga xilof tajovuzlardan muhofaza qilinishi, qonunga asoslanmagan holda hibsga olinmasligi yoki qamoqda saqlanmasligi, qiynoqqa solinmasligi kabi eng muhim va muxtasar qoidalar qat’iy mustahkamlab qo‘yildi.

Konstitutsiyamizda belgilangan normalarga hamohang holda o‘tgan davrda inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning yaxlit tizimi yaratildi, inson huquqlari bo‘yicha ta’limning uzluksiz tizimi barpo etildi, inson huquqlarini ta’minlash bo‘yicha monitoring olib borish tizimi ishlab chiqildi, inson huquqlarini ta’minlashning nodavlat tizimi, fukarolik jamiyati institutlari faol rivojlantirildi hamda bu sohada samarali xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Konstitutsiyaviy-huquqiy taraqqiyotimizning yana bir muhim jihati – davlatimiz rivojlanishida insonparvarlik tamoyillari tobora mustahkamlanib, jinoiy jazolarni liberallashtirish, ijtimoiy adolat, jazoning muqarrarligini ta’minlashga erishish borasida salmoqli yutuqlarga erishganimizdir. Bu borada mamlakatimizda olib borilayotgan sud-huquq islohotlari inson huquqlarini ta’minlashning muhim kafolati sifatida namoyon bo‘ladi.

Xususan, O‘zbekiston Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda 2017 yil 21 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari hamda Harakatlar strategiyasi asosida 2017 yil 6 aprel va 31 mayda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. Mazkur qonunlar Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalarni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan prinsipial qoidalarni o‘zida mujassam etdi.

Yuqoridagi qonunlar asosida Konstitutsiyamizning 80, 81, 83, 93, 107, 108, 110, 111-moddalariga tegishli o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritildi. Konstitutsiyamizga kiritilgan mazkur o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudining fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ishi yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga birlashtirildi, Sudyalar oliy kengashiga konstitutsiyaviy maqom berildi, ma’muriy sudlar tashkil etildi hamda Konstitutsiyaviy sud vakolatlari sezilarli darajada kengaytirildi.

Xususan, sud tizimida iqtisodiy va ma’muriy sudlar tashkil etishni nazarda tutuvchi ushbu konstitutsiyaviy o‘zgartishlar mamlakatimizda olib borilayotgan ma’muriy, iqtisodiy, bozor islohotlarini sud-huquqiy jihatdan ta’minlash samaradorligini oshirishning, xususiy mulk huquqini, tadbirkorlik faoliyatini sudda ishonchli himoya qilishning muhim omiliga aylanadi. Jumladan, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolarni, davlat organlarining harakatlariga yoki harakatsizligiga, qarorlari ustidan fuqarolar, tadbirkorlik sub’ektlarining bergan murojaatlarini ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan turli darajadagi ma’muriy sudlarning tuzilishi jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy huquq va erkinliklarini, manfaatlarini sudda himoya qilish samaradorligini tubdan oshiradi.

Qonun me’yorlarida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirish, odil sudlovga erishish darajasini, sud ish yurituvining sifat va samaradorligini oshirish, nomzodlarni tanlash va sudyalar lavozimlariga tayinlash tizimini yanada takomillashtirish mustahkamlab qo‘yildi. Binobarin, bularning barchasi bugungi kunda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi.

O‘zbe¬kis¬tonning yangi taraqqiyot strategiyasida qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish bo‘yicha belgilangan vazifalar mohiyat-e’tibori bilan bu sohani butunlay yangi bosqichga olib chiqish, pirovardida inson huquq va manfaatlari himoyasini samarali ta’minlashga keng imkoniyatlar yaratdi.

Harakatlar strategiyasida aynan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlashga alohida urg‘u berilgani bejiz emas. Zero, odil sudlovni og‘ishmay amalga oshirishda, fuqarolar va yuridik shaxslar huquqlari bo‘yicha adolatli qaror qabul qilishda buning ahamiyati beqiyos.

Muxtasar aytganda, inson huquqlariga oid xalqaro prinsip va standartlarni o‘zida mujassam etgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalari va prinsiplari milliy qonunchilik negizini tashkil etdi hamda yurtimizda inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilishning barqaror huquqiy asoslarini yaratishda mustahkam poydevor bo‘ldi.



Bosh qomusimizning xalqchil va insonparvar moddalari zamirida hayotimizning har bir jabhasida kechayotgan islohotlar, yurtimizdagi bunyodkorlik va obodonchilik ishlari, yurtdoshlarimizning turmush farovonligining ortib borayotgani, fuqarolar va millatlararo totuvlikning ta’minlanishi, ijtimoiy-madaniy rivojlanish, ta’lim, ilm-fan sohalaridagi ulkan muvaffaqiyatlarimiz aks etib turibdi. Ayniqsa, Konstitutsiyamizda mustahkamlangan normalarning hayotga izchil tatbiq etilishi natijasida davlatimizda xalq hokimiyati, qonun ustuvorligi, fuqarolarning teng huquqligi va qonun oldida birdek javobgarligi, hokimiyatning sud, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlariga bo‘linishi kabi prinsiplar ta’minlanib, mamlakatimizni izchil taraqqiy ettirish hamda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilmoqda.
Download 23.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling