Konstitutsiya-fuqarolarning huquqlari hamda erkinliklarini himoya qilishning kafilidir
Download 29.52 Kb.
|
Xurramov Eldorbek
KONSTITUTSIYA-FUQAROLARNING HUQUQLARI HAMDA ERKINLIKLARINI HIMOYA QILISHNING KAFILIDIR O`qituvchi: Inomjonov Zaxiriddin Zafarjon o`g`li Talaba: Xurramov Eldorbek SHodi o‘g’li Andijon qishloq xo`jaligi va agrotexnologiyalar instituti Inson huquqlarini himoya qilish har bir davlatning asosiy me’zoni hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida inson huquq va erkinliklari ta‘minlanganligi va kafolatlarini O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiyasida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Inson huquq va erkinliklari Konstitutsiyamizning 30 dan ortiq moddalarida o‘z ifodasini topgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat inson huquqlari bo‘yicha bir qator majburiyatlar olgan bo‘lib, ularga xususan davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshirishi, davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’ul ekanliklari, O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlashi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratishi, O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlashi kabilarni misol qilib keltirish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining X bobi “Inson huquq va erkinliklarining kafolatlari” deb nomlangan bo‘lib, ushbu bo`lim 43-46 moddalarni o‘z ichiga oladi. “Davlat fuqarolarning Konstitutsioya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta‘minlaydi.”1 Davlat huquq va erkinliklarni ta‘minlash bilan bir qatorda ularni himoya qilishni ham o‘z zimmasiga oladi. Har bir shaxs vakolatli davlat organlariga, muassalariga va xalq vakillariga murojaat qilish huquqiga ega. Shuni ta‘kidlash joizki, davlatimizda inson huquq va erkinliklarini ta‘minlash va himoya qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qabulxonalari ham mavjud bo‘lib, qabulxona xalqimizga kamchiliklarsiz xizmat ko‘rsatib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev nafaqat inson huquqlari himoya qilish balki yoshlarni ham himoya qilish choralarini ko`rmoqdaayni davrda insoniyat tarixidagi eng ko‘p yoshlar qatlami bilan yashayotganimizni inobatga olgan holda BMTning 72 sessiyasida nutq so`zlar ekan yoshlarning soni ikki milliarddan ortib qolgani, xalqaro terrorizm va esktremizm shiddat bilan o‘sib borayotgan bir paytda yoshlarga himoya zarurligini muhim omillar sifatida ko‘rsatdi. Hamda “Yoshlar huquqlari to‘g‘risida”gi BMT konvensiyasini qabul qilishni taklif qildi.2 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 44-moddasida “Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakati ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi” deb belgilab qo`yilgan. Huquqiy davlatda inson huquqlariga rioya etilishini kafolatlovchi ko‘pgina usullar mavjud bo‘ladi. Ular orasida alohida o‘rin sud himoyasiga tegishlidir. Bu himoya shaklidan har bir odam foydalanishi mumkin. Buning uchun sudga sud muhokamasi uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi ariza bilan murojaat qilish kifoyadir . O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati boshqa hokimiyatlardan va har qanday davlat organlari, siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. Mamlakatimiz bosib o‘tgan so‘nggi yillarga nazar tashlasak, amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining asosiy maqsadi insonning huquq va erkinliklarini har tamonlama taʼminlash va kafolatlash ekaniga amin bo‘lamiz. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan yili qabul qilingan 70 dan ortiq qonunlarda ham inson huquqlari ustuvorlik kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasida hamma jinsi, irqi, millati, tili dinga bo‘lgan munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi va boshqa holatlardan qat‘iy nazar hamma teng huquqli hisoblanadi. Shu bilan birgalikda imtiyozlar ham mavjud bo‘lib, ular ijtimoiy adolat prinsplariga mos bo‘lishi shart. Yurtimizda voyaga yetmaganlar, yolg‘iz keksalar mehnatga layoqatsizlarning huquqlari muhofaza qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida alohida modda ajratilganligi e‘tiborga sazovardir. Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasida xotin qizlar va erklar teng huquqli hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida inson huquq va erkinliklarini ta‘minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) insituti 1995-yilda, O‘zbekiston Respublikasi Vazilar Mahkamasining Inson huuqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi 1996-yil 31-oktabrda tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi inson huquq va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha nafaqat o‘zining ichki organlari, boshqa bir qator xalqaro tashkilotlarga a‘zo bo‘lgan va xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilgan. O‘zbekiston Respublikasi BMT Bosh Assambleyasining 217 A (III) ko‘rsatmasi orqali qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt,” “Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt” va inson huquqlariga oid boshqa hujjatlarning teng huquqli a‘zosi hisoblanadi. Mamlakatimizning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga aʼzo bo‘lgani ham davlatimiz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni astoydil bajarish va inson huquqlarini global miqyosda himoya qilishga qatʼiy bel bog‘laganidan dalolatdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Joriy yilning 22 fevral kuni BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqida “Qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha milliy preventiv mexanizmni joriy etish doirasida biz odamning qadr-qimmatini yerga uradigan, insoniylikka zid bo‘lgan qiynoqlarning har qanday ko‘rinishiga bundan buyon ham mutlaqo yo‘l qo‘ymaymiz. Bunday jinoyatlar qachon sodir etilganidan qatʼi nazar, ular uchun jazo muqarrardir” deb taʼkidladilar. Ushbu so‘zlar esa, O‘zbekiston inson huquqlarini kafolatlash yo‘lida komillik sari dadillik bilan ildamlayotganini bildiradi. Hozirgi hunda yurtimizda inson huquqlari va erkinliklari oliy qadriyat ekanligini hisobga olgan holda, huquq va erkinliklarning himoyasiga oid turli xil islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda va bu xalqimiz manfaatlari xizmat qilib kelmoqda. Inson huquq va erkinliklarini ta`minlash uchun quyidagilarni tavsiya qilaman. Jamiyatda yuz berayotgan turli ko`ngilsiz holatlar hususan yoshlarning spirtli ichimlik iste’mol qilishini oldini olish uchun bolalarnong ota-onalariga yoki vasiyligidagi shaxsga jazo qo‘llash hamda mahsulot sotgan hodimga kata miqdorda jarima jazosini qo`llash Maktablarda o`quvchilarning axloqsiz harakatlari hamda dars jarayoniga halaqit berishlarini oldini olish uchun dars jarayoniga ota-onalarini kuzatuvchi sifatida ishtirok etishga chaqirish buni ta’minlashni maktab psixologi zimmasiga yuklash. Bola tarbiyani yoshlikdan olishini inobatga olgan holda bog`cha, yasli hamda uy bog`chalarda huquqiy bilim berishga mo`ljallangan to`garaklarni tashkil etish ularni moliyaviy ta’minotini davlat budjeti hisobidan qoplash. Yuqoridagilarni tashkil etish orqali jamiyatda huquqbuzarlik oldi olinadi hamda aholining huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyati ortadi. Bu esa davlatimiz tomonidan barpo etilayotgan fuqarolik jamiyatini barpo etilishini oz bo`lsada ta’minlaydi. 1 Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi T.2020y 2 www.lex.uz 2019 Download 29.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling