Konstitutsiya loyihasidagi moddalar soni amaldagi 128tadan 155taga, normalar soni 275tadan 434taga oshdi. Ya’ni asosiy qonunimiz matni qariyb 65 foizga ortdi va xalqimiz takliflari asosida yangilandi
Download 16 Kb.
|
Yangi konstitutsiya Furqatova U
Yangi taxrirdagi Konstitutsiya O`zbekiston jamiyatining evolutsion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo`lib, bu ish mamlakat, millat va xalq sifatida keying qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g`oyat ahamiyatli masala, adolatlijamiyat qurish yo`lidagi ulkan qadamdir. So`nggi olti yilda erishgan yutuqlarimizni, xususan, iqtisodiyot, inson huquqlari, odil sudlov, so`z va e`tiqod erkinligi, ijtimoiy himoya sohalaridagi yuzlab cheklovlarning olib tashlangani, naqd pul, valyuta, kredit masalalaridagi muammolar hal qilingani, qo`shnilarimiz bilan oramizdagi 25 yillik muzlar erigani va boshqa ijobiy harakatlar ortga qaytmasligining konstitutsiyaviy himoyasini ta’minlash zarur. Bu yutuqlar, huquq va erkinliklardan nafaqat hozirgi balki kelajak avlodlarimiz ham emin-erkin foydalanishi uchun, ularni albatta konstitutsiyada belgilab qoyish talab etilmoqda. Konstitutsiya loyihasidagi moddalar soni amaldagi 128tadan 155taga, normalar soni 275tadan 434taga oshdi.Ya’ni asosiy qonunimiz matni qariyb 65 foizga ortdi va xalqimiz takliflari asosida yangilandi. Ijtimoiy davlatga xos yondashuvlar ta’lim sohasiga oid ko’plab modda va normalarida ham o’z ifodasini topmoqda. Ta’lim va ilm fanga oid normalar salkam 2 barobarga oshmoqda. Yangi taxrirdagi konstitutsiyamizda e’tiborimni tortgan o’zgartirishlardan biri shu bo’ldiki, “Ta’lim olish huquqi va imkoniyati kengaytiriladi, o’qituvchilar konstitutsiyaviy maqomga ega bo’ladi.” Konstitutsiyada davlatning o’qituvchilar sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtiomoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o’sishi to’g’risida g’amxo’rlik qilish majburiyati kuchaytirilgan.Bu qoidalar mamlakatimizdagi 685 ming nafardan ortiq o`qituvchilarning professional o`sishi hamda ijtimoiy va moddiy qo`llab-quvvatlashi ularning jamiyatdagi ijtimoiy maqomi, obro`sini yanada oshirishga xizmat qiladi. Yangilanayotgan konstitutsiyamizda har bir modda barchaga tushunarli, aniq va lo’nda bayon etilgani va sinchiklab ishlab chiqilganligini ko’rishimiz mumkin.Bu o’zgarish va qo’shimchalar O’zbekitonni yanada barqaror rivojlantirish, turli tahdidlarga qarshi tura oladigan salohiyatini mustahkamlashga qaratilgandir.Belgilangan maqsad – raqobabardosh,zamonaviy, eng ilg’or davlatga aylanish,bu afsona emas,bu haqiqatga intilishimiz kerak. Biz qurayotgan jamiyatda inson omili muhim o’rin tutadi, bu esa inson manfaatlarining ustuvorligiga asoslanadi. Bularning barchasi yangi taxrirdagi konstitutsiyada jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlari inobatga olingani,Yangi O’zbekistonni qurish g’oyasi atrofida butun jamiyat jipslashgani,Bosh Qomusimiz tom ma’noda xalq Konstitutsiyasi bo’layotganidan dalolat beradi. Men o’quvchi sifatida shuni ayta olamanki, Yangi O’zbekistonning yangi konstitutsiyasi men uchun, barchamiz uchun porloq kelajak poydevori bo’ladi va hayotimizda yangi sahifa ochiladi. Download 16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling