Konstitutsiya o‘zi nima? Konstitutsiya


Download 16.61 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi16.61 Kb.
#1330619
Bog'liq
Konstitutsiya


Konstitutsiya o‘zi nima?
Konstitutsiya – davlatning Asosiy qonuni bo‘lib, shaxs, jamiyat va davlatning o‘zaro munosabatlarini tartibga soladi. Har qanday me’yoriy-huquqiy hujjat qonun, farmon, qaror yoki boshqa bo‘ladimi avvalambor Konstitutsiyaga asoslanadi. Konstitutsiyamizga kiritilayotgan normalarni 4 toifaga bo‘lish mumkin.
Birinchisi, huquqiy bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar.
Ikkinchisi, sohaviy qonunlarimizda mavjud ayrim normalar ham Konstitutsiyaviy mustahkamlanmoqda.
Uchinchisi, Konstitutsiyamizga ko‘plab konseptual yangi normalar kiritilmoqda.
To‘rtinchidan, Konstitutsiyamiz matniga lingvistik ekspertiza xulosasi asosida tahririy tuzatishlar kiritilmoqda.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada Birinchidan: har kim ishsizlikda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga egaligi mustahkamlanyapti. Pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy yordamning miqdorlari eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilmoqda.
Ikkinchidan: Yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasida O‘zbekiston – huquqiy davlat, deb belgilanmoqda.
Uchinchidan: milliy iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakatda investitsiyaviy muhitni yaxshilash hamda mulk himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan normalar kiritilmoqda.
Yagona shart – bu fuqarolar tomonidan o‘zini himoya qilishda qo‘llaniladigan usullar yoki choralarning qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan bo‘lishidir.
Yana bir muhim norma – agar shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emasligi kafolatlanmoqda.
Konstitutsiyada ilk marotaba yer xususiy mulk bo‘lishi mumkinligi nazarda tutilmoqda.
To‘rtinchidan, ochiqlik siyotsatini davom ettirish, faol fuqarolik jamiyatini shakllantirish va jamoatchilik nazorati institutini yanada rivojlantirishga qaratilgan normalar kiritilmoqda.
Xususan: milliy qonunchiligimizda birinchi marotaba fuqarolik jamiyati institutlarining tarkibi ochib berilmoqda hamda ular fuqarolik jamiyatining asosini tashkil etishi mustahkamlanmoqda;
davlat budjetini shakllantirish va uni ijro etish ustidan fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan jamoatchilik nazorati olib borilishi haqida yangi modda kiritilmoqda.
Beshinchidan, Konstitutsiyamiz loyihasida bugungi kunning eng dolzarb muammolardan biri – ekologiya masalalariga ham jiddiy e’tibor qaratilgan.
Oltinchidan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish va bugungi kun talablariga moslashtirish masalalari ham o‘rin olgan.
Konstitutsiya loyihasiga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyati organlarida hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga rahbarlik qilish amaliyoti tugatilib, kengashlarga hokimdan mustaqil bo‘lgan alohida Kengash raisi rahbarlik qilishi belgilanmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2023 yil 10 martdagi qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha referendum o‘tkazish belgilandi.
Referendum o‘zi nima?
Referendum O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishi hisoblanadi. Ya’ni Referendum xalq irodasining bevosita ifodasi hisoblanadi.
Qonun loyihasining asosiy tamoyili :
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ilgari amal qilib kelgan «davlat – jamiyat – inson» tamoyilini «inson – jamiyat – davlat» deb o‘zgartirish, ya’ni eng avvalo inson manfaatini har narsadan ustun qo‘yishni maqsad qilgan.
Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash – davlatning oliy maqsadi
Insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir.
Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi.
Insonning davlat organlari bilan munosabatlarda yuzaga keladigan noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinadi.
Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lmaydi.
Qonunchilik palatasi bilan Senatning birgalikdagi vakolatlari, har bir palataning alohida-alohida vakolatlari va mas’uliyat sohalari aniq belgilab berilmoqda. Jumladan, agar amaldagi Konstitutsiya bo‘yicha Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari 5 ta bo‘lsa, loyihaga asosan ularning soni 12 taga yetmoqda.
Senatning mutlaq vakolatlari ham amaldagi 14 tadan – 18 taga oshirilmoqda. Jumladan, hududiy manfaatlarni ifodalovchi organ sifatida Senatning mahalliy vakillik organlari faoliyatiga ko‘maklashish kabi muhim vakolati Bosh qomusimizda mustahkamlab qo‘yilmoqda.
Senat tarkibini ixchamlashtirish orqali uning faoliyat samaradorligini oshirish.
Shu maqsadda senatorlar soni amaldagi 100 tadan 65 taga o‘zgarmoqda. Bunda Senatni shakllantirishning amaldagi tartibi saqlanib qolinmoqda.
Konstiutsiyaga milliy valyutamizga bag‘ishlangan yangi modda kiritilib, unda O‘zbekiston Respublikasining pul birligi so‘m ekanligi, so‘m mamlakatning butun hududida yagona cheklanmagan qonuniy to‘lov vositasi ekanligi ko‘rsatilmoqda.
Download 16.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling