Konstitutsiya qonun ustuvorligining kafolati
Download 42.5 Kb.
|
Hamidov M Konstitutsiya - Qonun ustuvorligi kafolati.
KONSTITUTSIYA – QONUN USTUVORLIGINING KAFOLATI. ADU magistanti M.Hamidov Dunyo yaralibdiki, har bir yangi paydo bo’lgan davlat o’z qudratini, hududini, iqtisodini, qo’yingki, o’zining barcha imkoniyatlarini ko’targisi, kengaytirgisi keladi. Bu maqsadga kimdir qonli urushlar janglar bilan, yana kimdir o’zaro tinch aloqalar bilan erishadi. Lekin ko’pincha bu harakatlar zamirida oddiy mehnatkash aholining sa’y harakatlari yotadi. O’zbekiston ham mustaqillikka erishgandan so’ng o’z yo’lini tanlab oldi. O’zining imkoniyatlari, mehnatkash va sofdil xalqiga ishongan holda rivojlanish yo’lini tutdi va bu yo’ldan o’gishmay ketib bormoqda. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov olib borgan va dunyo tomonidan e’tirof etilgan bu siyosatning ijobiy natijalarni ko’p jabhalarda ko’rish mumkin. Kimdir bu yutuqlarni raqamlarda, yana kimdir qurilayotgan ko’rkam bino-imoratlarni ko’rsatib maqtanishni xush ko’radi. Ammo bundan ko’ra ko’proq bu yurtda o’sayotgan yosh avlodning shijoati, uyimizning farishtasi hisoblangan keksalarning yuzidagi shukr alomatlaridan ko’ramiz desak mubolag’a bolmaydi. Bularning barchasi, albatta Vatanimizning tinch-osoyishtaligidan dalolat. Bugungi dunyo manzarasida turli xil g’oyaviy mafkuraviy kurashlar tobora avj olib, ular har bir millatni xalqni o’z domiga tortib bormoqda. Bunday sharoitda bizning tinch hayotimizni buzib, bizdan o’z maqsadlarida foydalanishni niyat qilgan ba’zi kimsalar ham yurtimizda vijdonli halol o’zbek xalqini turli xil g’arazli ishlarga da’vat qilishga urinmoqdalar. Bunga albatta yetarli darajada asos bor.Chunki so’nggi yillarda O’zbekiston ko’rsatayotgan natijalar havas qilsa arzigulik. Jumladan keyingi 10 yildavomida mamlakatimiz iqtisodiyoti dunyoning yetakchi davlatlari qatorida barqaror sur’atlar bilan rivojlanmoqda. 2015 yilda ham yalpi ichki mahsulotimiz o’sishi 8 foizdan kam bo’lmaganligi, aholimizning real daromadlari 9,6 foizga, ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar 21,9 foiz oshishi buning yaqqol dalolatdir. Shvesariyada Jahon Iqtisodiy forumi – “World Economic Forum” iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan mamalakatlar reytingini e’lon qildi. Jahon bankining ”Global iqtisodiy taraqqiyot “ prognozi asosida tayyorlangan mazkur ma’lumotda 2014-yildan 2017-yilgacha bo’lgan davrda yillik o’sishi darajasi eng yuqori bo’lgan davlatlar orasida O’zbekiston 5-o’rinda qayd etildi.1 Dunyodagi eng tinch davlatlar orasida o’tkazilgan so’rovnomalarga ko’ra bizning diyorimiz 141 davlat orasida 2-orinni qayd etganligi esa barcha-barchani hayratga soladigan hodisa bo’ldi. Xo’sh o’ylab ko’raylik bularning barchasiga sabab nima? Teran fikrlovchi har qanday inson bularning hammasini sababini mamlakatda yaratilgan shart-sharoit, tinchlik-osoyishtalik va mehnatkash xalqning sa’y harakatlari olib kelishini tushunib yetadi. Bizning xalqimizga faqat tinchlik va omonlik kerak. Ana shundagina biz necha yillab “totalitar” tuzum tahdidi ostida har bir kunini tahlika bilan o’tkazgan buyuk ajdodlarimiz orzu qilgan hayotni qurish imkoniga ega bo’lamiz. O`zbek xalqi urushlardan, qaramlikdan, turli xil siyosiy “puch” mafkuralardan charchagan xalq. Har qanday ziddiyat, har qanday to’qnashuvni tinch yo’l muzokaralar bilan hal etish bugungi dolzarb masaladir. 2012-yil qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi qonunida tashqi siyosatda qat’iy pozitsiyamiz va yo’nalishlarni belgilab olindi. Bunda avvalo uzoq va yaqin qo’shnilarimiz bilan til topishib ular bilan o’zaro hamkor va hamjihat bo’lib yashash va eng muhimi har qanday harbiy bloklarga qo’shilmaslik hech qaysi davlat harbiy bazalarini joylashtirishga va harbiylarimizning chegaralarimiz tashqarisiga o’tib harbiy harakatlar olib borishiga yo’l qo’ymaslik tamoyillari barchaga ma’lum.2 Xalqimizda “Qo’shning tinch – sen tinch” degan maqol bor. Yon qo’shnimiz Afg’onistonda bo’layotgan janglar, izdan chiqqan siyosiy vaziyatni faqatgina tinch, siyosiy yo’l bilan hal qilish mumkin degan taklif ham davlatimiz tomonidan ma’qullanmoqda. Bugungi kunda barchaning nigohi qaratilgan Iroq va Suriyadagi voqealarni olaylik. U yerda o’ziga xos “Islom davlati” qurish niyatida bo’lgan yovuz kimsalarning qilayotgan ishlari: tinch aholini qatl qilish, diniy ulamolarni o’ldirish butunjahon dunyo yodgorliklari hisoblangan muqaddas obidalarni yakson qilish bularning barchasi muqaddas islom dinidan bexabar, savodsiz gumrohlarning qilmishidir. Bundan boxabar bo’lgan yurtimizdagi mavjud tinch siyosiy vaziyatni osuda hayotni qadriga yetsak, yurtboshimizga minnatdorchilik bildirsak har qancha arziydi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Biz nimani istaymiz – ona Vatanimizda tinchlik va omonlik bo’lishni istaymiz. Boshqalarga ham shuni tilaymiz”. “Faqatgina tinchlikni niyat qilish, orzu qilish emas, balki tinchlik, osuda hayot uchun, musaffo osmon uchun albatta baholi qudrat kurashishimiz darkor”3 deb ta’kidlagan edi. O’zbekiston kelajagi bu yoshlardir. Yoshlarni yaxshini yomondan, halolni xaromdan bir so’z bilan aytganda “oq”ni “qora”dan ajratadigan zukko, ma’nan va jismonan yetuk qilib voyaga yetkazish davlat siyosati darajasigacha ko’tarilgan. Bunda ulardagi “ma’naviy bo’shliq”ni sport, ilm-fan, madaniyat, san’at, hunarmandchilik sohalarini rivojlantirgan holda to’ldirib borish uchun muhit yaratildi. O’zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Ular ham O’zbekiston fuqarolari hisoblanib, mavjud yaratilgan shart-sharoitlardan keng foydalanib kelmoqda. Ular ichida turli din vakillari bo’lib, ularning o’z dinlariga e’tiqod qilishlari ham qonun bilan mustahkamlab qo’yilgan. Masalan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida ”Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo;l qo’yilmaydi.”4 deb ko’rsatib o’tilgan. 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan, 1998-yil 1-mayda o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilib yangi tahriri tasdiqlangan ”Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi Qonunda ham ushbu konstitusiyaviy qoida rivojlantirilgan. Mamlakatimizda qilinayotgan barcha islohotlarning barchasi o’zbek xalqi uchun. Bu islohotlarning natijasini har qadamda, sport sohasida jahon chempionlari, olimpiada sovrindorlari, o’zning yuksak iste’dodi bilan san’at dunyosini lol qoldirayotgan yoshlarimiz, iqtisodimizni rivojlantirish uchun asos bo’lgan ”o’zbek modeli” dunyoning rivojlangan davlatlari tomonidan e’tirof etilayotgani bularning barchasi tinchlikparvar siyosatimizning nishonasidir. Erishgan yutuqlarimiz son-sanoqsiz lekin biz bundanda yuksak marralarga erishishimiz, dunyo ahlini o’zimizning iqtisodiy, ma’naviy –madaniy jihatlarimiz bilan hayratda qoldirish uchun qudratimiz ham imkoniyatimiz ham aqlimiz ham shijoatimiz ham yetadi. Biz tug’ilgan yurtda jahonni hayratga solgan qanchadan-qancha qomusiy olimlar, ma’naviyat va ma’rifat timsoli bo’lgan yetuk ulamolar ona yurti uchun jon fido qilgan jasorat sohiblari tug’lib voyaga yetgan. Biz ularning avlodlarimiz . Ana shu insonlarning davomchisi bo’lgan o’zbek yoshlaridan dunyo xalqlari ota-bobolari kabi buyuk intelektual natijalarni kutishga haqli. Ko’zlagan barcha ezgu niyatlarimiz amalga oshishi uchun avvalo yurtda xotirjam, osuda hayot tarzi, bardavom va barqaror bo’lishi lozim. Bizga berilgan eng oliy ne’mat va eng bebaho boyligimiz bo’lgan tinchlik-osoyishtalikni ko’z qorachig’idek asrash, millatlar, dinlar va fuqarolar o’rtasodagi do’stlik va hamjihatlik o’zaro hurmat mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash, doimo ogoh bo’lib tinchlik uchun kurashish muhim ahamiyat kasb etishini chuqur anglashimiz kerak. Istiqlolimizni tinchligimizni biz uchun ochib berilgan imkoniyat eshiklarini asrab avaylash va qadriga yetish o’z qo’limizda ekanligini doimo esda tutib yashash har birimiz uchun sharafli burchdir. Mana shu burchni anglab yuksak maqsadlar uchun kurashib yashashni hech qachon yoddan chiqarmaylik. 1 I.A.Karimov “Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir”. – T.:”O’zbekiston” NMIU, 2015. 10-bet. 2 I.A.Karimov “Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir”. – T.:”O’zbekiston”NMIU, 2015. 274-bet 3 I.A.Karimov “Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir”. – T.:”O’zbekiston”, 2015. 279-280-bet 4 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – T.: “O’zbekiston” NMIU,2015 Download 42.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling