Konstitutsiya va qonunning ustunligi prinsipi
Download 21.72 Kb.
|
Konstitutsiya prinsipi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konstitutsiya va qonunning ustunligi prinsipi
Konstitutsiya prinsipi Reja: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ta’lim va tarbiya jarayonlarining asosiy qonun xujjati sifatida. Konstitutsiya va qonunning ustunligi prinsipi Konstitutsiya va qonunlar ustunligining ta’minlanishi huquqiy davlatning muhim belgilaridan biri bo‘lib, u O‘zbekistonda davlat-huquqiy qurilishining eng asosiy prinsipi hamdir. "Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi prinsipi shuni anglatadiki, - deydi Prezidentimiz I.A.Karimov, bunda barcha joriy qonunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida, unga muvofiq bo‘lishi talab etiladi". Ulug‘ bobokalonimiz Amir Temur aytganidek: "Qayerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo‘ladi". O‘zbekiston Konstitutsiyasida Konstitutsiya davlatimizning eng Asosiy Qonuni ekanligi, u boshqa barcha qonunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlardan yuqori turishi quyidagicha belgilangan: "O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar" (15-modda). O‘zbekistonda Konstitutsiya va qonunlar oldida hamma teng darajada masuliyatga ega bo‘lib, qonunlar ham o‘z navbatida barchaga barobardir. Konstitutsiyaning 15-moddasi ikkinchi qismida davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar, deb ko‘rsatilgan. Davlat, uning organlari, jamoat birlashmalari Konstitutsiya va tegishli maxsus qonunlar asosida tashkil qilinadi va faoliyat yuritadi. Ular Konstitutsiya va maxsus qonunlarda belgilangan vakolatlarnigina amalga oshiradilar. Mansabdor shaxslar va fuqarolar ham Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar. Yuqoridagilarning birontasi ham Konstitutsiya va qonunlardan tashqari ish ko‘rishga haqli emas. Zero, Konstitutsiya va qonunlardan chetlab o‘tish, ularning talablarini buzish g‘ayriqonuniy xatti-harakat hisoblanadi. Bunday harakatlar uchun esa maxsus qonunlarda tegishlicha javobgarliklar o‘rnatilgan, sanksiyalar belgilangan. Demokratik huquqiy davlatda Konstitutsiya va qonunlarga og‘ishmay amal qilish talabi bilan bir qatorda Konstitutsiyaning birorta qoidasi O‘zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emasligi ham o‘rnatilgan bo‘ladi. O‘zbekiston Konstitutsiyasining birorta qoidasi O‘zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas. Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas (16-modda). Download 21.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling