Konstitutsiya xalq manfaatlarining kaliti


Download 9.58 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi9.58 Kb.
#1307866
Bog'liq
Konstitutsiya


Konstitutsiya - xalq manfaatlarining kaliti
Har qanday davlatning obro' - e'tibori uning konstitutsiyasi hisoblanadi. Zero, davlatni davlat millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan asosiy qonundir. Shu ma'noda xalqimizning irodasini, ruhuyatini, ijtimoiy onggi va madaniyatini ifoda etgan asosiy qonunimizni o'rganish, targ'ib etish va unga qat'iy rioya etish har bir fuqaroning muqaddas burchidir. Mana mustaqillika erishganimizga ham 27 yil bo'libdi. Mana shu 27 yil tarix uchun bir lahza, xolos. Shu qisqa davrda jonajon O'zbekiston mustaqil va suveren davlat sifatida shakllanib jahon hamjamiyatidan munosib o'rin egalladi, tom ma'noda ulkan taraqqiyot yo'lini bosib o'tdi. Ana shu mashaqqatli va sharafli yo'lda erishgan barcha yutuqlarimizni, eng avvalo, konstititsiyamiz bilan bog'lashimiz bejiz emas. Nega deganda asosiy qonunimiz xalqimiz uzoq yillar orzu qilgan milliy mustaqilligimiz va rivojlanish yo'limizni belgilab berdi. Bugun nimagaki erishgan bo'lsak mana shu konstitutsiyamiz tufayli erishdik. Konstitutsiyamiz insonni inson sifatida yashashini, erkin fikrlashini ta'minlovchi olamshumul hujjat hamdir. Konstitutsiya mustaqilligimizning eng katta yutug'idir. U shunchalar mukammal asarki, kishining barcha ehtiyojlariga unda javob bor. Unda nafaqat insonni balki, oddiy daraxt tabiat, muborak qadamjolarni asrash, muhofaza qilish tushunchalari ham yotadi. Konstitutsiya davlatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohalaridagi ustuvor maqsad va vazifalari jamiyat rivojlanishining strategik yo'nalishlari boshqaruvning adolatli va demokratik tamoyillari, inson huquq va erkinliklari kafolatlari, ma'naviy qadriyatlarimiz asoslarini mustahkamlab beradi. Aytishlaricha, Pifagorning shogirdi Ksenofildan bir kishi "Nima qilsam o'g'limni yaxshi tarbiylagan bo'laman" - deb so'raganida " O'g'lingni qonun ustuvor mamlakatda tug'ilishiga harakat qil", - deb javob bergan ekan.Ishonch bilan aytish kerakki, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo'lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, faravon yashashimizning qonuniy kafolati bo'lib kelmoqda. Konstitutsiya asosida mamalakatimizda milliy qonunchilik tizim, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllanadi. Bugungi kunda barcha jabhalarda keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bularning barchasi, eng avvalo, Bosh qomusimizning hayotbaxsh kuch- qudrati natijasidir. Oradan yillar, asrlar o'tadi, lekin xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi bo'lgan Konstitutsiya yangi-yangi avlodlar uchun hayot qomusi, davrning o'zi o'rtaga qo'yadigan dolzarb muommolarini yechish yo'lida mustahkam poydevor bo'lib xizmat qiladi.

Dilorom To'xtayeva Pedagogika fakulteti
BTSTI ta'lim yo'nalishi 2- kurs 203- guruhtalabasi.
Tel : +998 99- 900 65 15

Download 9.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling